|
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariBog'liq Oila psihologiyasi. Shoumarov G.BOilaviy munosabatlar
Yosh oilalarda er-xotin munosabatlari o ‘ziga xos
hududiy, etnik, jinsiy, yosh va individual psixologik
xususiyatlarga ega bo‘lgan er-xotin munosabatlari shakl-
lanishining eng nozik va hal qiluvchi shakli hisoblanadi.
U yoki bu yosh oilaga xos bo‘lgan er-xotin munosabat
lari boshqa bir er-xotinga mos kelmasligi mumkin.
Chunki yosh oilani yuzaga keltirgan er-xotinlar turli xil
shaxslararo munosabatlar tizimi, turlicha taomilga ega
bo'lgan oilalarda tarbiyalangan, shaxs sifatida shakllan-
gan individlardan tashkil topadi. Lekin shunga qaramas-
dan, maxsus psixologik tadqiqotlarda va ulardan olingan
natijalar asosida yozilgan ilmiy psixologik adabiyotlarda
yosh oilalarda er-xotin munosabatlarining shakllanishi
va rivojlanishining umumiy mexanizmlariga oid tegishli
m a’lumotlar keltirib o ‘tilgan.
Umuman, yosh oilalarda er-xotin munosabatlarining
qay tarzda rivojlanishi, awalo, shu yosh oilaning yuzaga
kelishiga asos bo‘lgan nikoh oldi omillarining xarakteri-
ga, shu oilalaming yuzaga kelish shart-sharoitlari bilan
uzviy bog‘liqdir. Bular haqida oldingi mavzuda qisman
to'xtalib o‘tdik.
Albatta, yosh oila yuzaga kelar ekan, ular bir-birlarini
sevib turmush qurishganmi, qarindosh urug‘chilik, ta-
nish-bilishchilik, sovchilik, hisob tufaylimi yoki stereoVip
bo‘yichami, qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, nikohning
ilk kunlarida ularning bir-birlariga nisbatan bo‘lgan o ‘zaro
munosabatlarida, er-xotin o ‘rtasidagi shaxslararo muno-
sabatlarda emotsional ko'tarinkilik, hissiy rang-baranglik
darajasi yuqori bo'ladi. Bir-birlarini m a’lum bir muddat
sevishib oila qurgan juftlarda bunday emotsional
ko‘tarinkilik darajasi nihoyatda yuqori bo‘ladi. Chunki
ular bir necha yil kutib, intilib yashagan, visol damlariga
nihoyat yetishgan bo‘ladilar. Bunday jufltlar nikohi boshi-
126
|
| |