VII b o b
Oilada shaxslararo munosabatlar va muloqot
H ar qanday jam iyatning madaniy
darajasi va m a ’naviy barkamolligi
ayollarga bo'lgan munosabat bilan
belgilanadi.
I s l o m K A R I M O V
Oilada muloqot
Odamlar o‘rtasidagi muloqot va uning umumiy qo-
nuniyatlari odam turmush tarzining barcha jabhalarida
boshqa odamlar bilan bo‘ladigan o ‘zaro munosabatning
eng muhim shartlaridan hisoblanadi. Odamning aqli,
irodasi, hissiy madaniyati, tarbiyalanganligi, nazokati va
shu kabilarning barchasi muloqot tufayli shakllangan
xislatlardir. Shu bilan birga uyqusizlik, bosh og‘rig‘i,
nevrozlar, insultlar, infarktlar va boshqa turli kasalliklar,
shuningdek, ichkilikka, giyohvand moddalarga ruju
qo'yish, hatto o ‘z joniga qasd qilish kabilar ham shu
muloqotning natijasidir. Rivoyatlarda aytilishicha, dono
Ezop o‘z xo'jayinining: «Menga awal, dunyodagi eng
mazali, shirin taomni keltir va undan so‘ng aksincha
eng bemaza, yaramas taomni keltir», — deb buyurgani-
da, u har ikkala safar ham qaynatilgan tilni keltirgan
ekan. Demak, til, muloqot inson hayotida undan qan
day foydalanish, uni qanday ishlatish, qanday tashkil
qilishga qarab, uning uchun eng aziz, eng qadrli bo'lishi
yoki aksincha eng fojiaU bo'lishi ham mumkin.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida odamlar
kundalik muloqotining tezlashuvi, aholi zichligining or-
tib borishi, odamlar turm ush tarzining jadallashuvi,
ularning ruhiy zo‘riqish va ta ’sirlanuvchanligining
kuchayib borishi kabi holatlar bugungi kunda muloqot
madaniyatining yuqori darajada bo‘lishini taqazo etadi.
Muloqot madaniyati.
M uloaot madanivatiga.
bi
ll!
rinchidan,
o‘z-o‘zini bilish va boshqa odamlarni tushu-
na ohsh qobiliyati, ya’ni ularning psixologik xususiyat-
larini to ‘g‘ri baholay olish,
ikkinchidan,
ularning xulqi
va holatlariga nisbatan mos (adekvat) munosabat bildira
olish,
uchinchidan,
har bir odamga nisbatan uning
shaxsining individual xususiyatlariga eng m a’qul keladi-
gan muloqot shakli, usuli va uslublarini tanlay bilish ki
radi. Muloqot madaniyatini oshirish uchun odamda ilk
yoshlikdan boshlab, boshqa odamlarga hurm at va
samimiyat bilan munosabatda bo’lishni, ularga ham-
dardlik, insonparvarlik, mehribonlik qilish qobiliyatlari-
ni shakllantirib borish kerak bo’ladi.
M uloqot, eng aw alo, odamni odam tom onidan
idrok qilishidan boshlanadi, unda dastlabki o’zaro ba-
holash amalga oshadi, dastlabki hissiy-intellektual
munosabatlar shakllanadi va shundan so’ng tegishli mu
loqot shakli amalga oshiriladi. Bu jarayonda odam
haqidagi m a’lumot, idrok etilayotgan odamning hayotiy
tajribasi, u yoki bu munosabat shaklini yoqtirishi yoki
yoqtirmasligini yuzaga keltiradigan bevosita emotsional
munosabatlar muhim rol o ’ynaydi.
M uloqotda buyruq ohangining ustunligi, do’q-
po’pisa ohangida keskin shaklda muomalada bo’lish,
suhbatdosh nomiga tez-tez bildirilib turiladigan e’tiroz-
lar, uning xatti-harakati va fikrlaridan norozilikni ifo-
dalash, yo’l bermaslik va tajovuzkorlikni namoyon qi
lish, oilada o ’zaro raqobat (yoki hukmronlik-bo’ysinuv-
chanlik) munosabatlarini yuzaga keltiradi. Befarqlik,
e’tiborsizlik, qo’pollik, bemehrlik, behurmatlik kabilar
oiladagi samimiy
muloqotga putur yetkazadi. Agar
aksariyat hollarda iltimoslardan, maslahatlardan, o ’zaro
kelishuvli savol javoblardan, o’z niyat-istaklarini, xatti-
harakatlarini xotirjamlik bilan bayon qilish usulidan foy-
dalanilsa, agar oilada o ’zaro yordam, o’zaro tushunish,
tur-birlariga yon berish odat bo’lsa, unda bunday
oilalarda do ’stona munosabatlar o ’rnatiladi, oilaviy
hayot uchun eng maqbul bo‘Igan psixologik muhit
yuzaga keladi.
Odamlar o’rtasida bir-birlarini tushunishning yetish-
masligi ko’pincha muloqotdagi to ’siq, shaxslararo
munosabatlarning buzilishi sababi bo’lib hisoblanadi.
Bizlar boshqa odamlar bilan bo’ladigan o’zaro muno-
123
sabatlarimizda nima uchundir,
o‘zimizning fikr-
o ‘ylarimiz, niyatlarimiz suhbatdoshimizga ayon deb
hisoblaymiz. Bundan tashqari, hamma odamlar ham
bolaligidan boshqa odamlaming emotsional holatlarini
his qilish, ularni ko'rish, ular bilan hisoblashish, ulami
tushunishga intilishga o‘rgatilavermaydi. Shuning uchun
ham ko'pchilik holatlarda hatto bir-biriga eng yaqin,
bir-biriga zid manfaatlarga ega bo‘lmagan odamlar ham
hayotda bir-biriga noxushliklarni yetkazishi mumkin.
Albatta, bu ishlarni ular bir-birlariga yomonlik, yovuzlik
qilish niyatida, yoki o‘zlari yovuz odamlar bo‘lganliklari
uchun emas, balki, shunchaki bir-birini tushunmagan-
liklari, «nima qilayotganliklarini bilmaganliklari» uchun
sodir etadilar. Shunga o ‘xshash holatlar odamlarning
o‘zaro munosabatlari, muloqotlarida o ‘ziga xos to ‘siq
vazifasini bajaradi.
124
|