• Rivoyat Kelin bo‘luvchi qizga beriladigan o‘git
  • Bilimlarni tekshirish uchun savollar




    Download 5,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet51/97
    Sana12.06.2024
    Hajmi5,3 Mb.
    #262923
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   97
    Bog'liq
    Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B

    Bilimlarni tekshirish uchun savollar
    /. 
    Nikoh oldi omillari deyilganda nimani tushunasiz?
    2. Nikohga, oilaviy hayotga yetuklik nima? Uning
    qanday jihatlari farqlanadi?
    3. Nikoh yoshi nima? U qanday belgilanadi?
    4. Nikoh motivlari nima? Uning qanday turlari farq­
    lanadi?
    5. Nikohgacha tanishish shartlari va muddatining
    nikoh mustahkamligiga qanday ta ’siri bor?
    6. Bo ‘lajak er-xotinning tanishish shartlari va ularning
    nikoh mustahkamligidagi ahamiyati nimalardan iborat?
    7. Yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlari
    nikoh mustahkamligiga qanday ta ’sir qiladi?
    Rivoyat
    Kelin bo‘luvchi qizga beriladigan o‘git
    Bu hikoya juda mashhur, ibrat darsi beruvchi bir 
    hikoyadir. Aqlli qizlar onalari va kelin bo‘lguvchi qizlar 
    uchun ibratli hikoya:
    Bu hikoya shunday bir qiz haqida-ki, qabiladagi bar- 
    cha odamlar uning otasi amridadir. Bir rahbar, alloma
    114


    Otaning qizi. Onasi esa juda aqlli, oqila, hayotni yaxshi 
    bilgan ayoldir. U — boshliqning, rahbaming xotini. 
    Yaxshi oiladan chiqqan ona.
    Bu qiz shunday bir oila qiziki, boylik, maqom, 
    Shuhrat, rutba, mavqe ularda bor. Siz hozir qiziga onasi 
    tarafidan berilgan 12 o'gitning hikoyasini o ‘qiysiz. 
    Yozish bizdan, o£qib ibrat olish sizdan, xalqqa ta’sir 
    ctish Janobi haqdandir.
    Mashhur rivoyatga ko‘ra Horisning qizi Asmo kelin 
    bo‘lib kuyov uyiga — xojasining uyiga ketadigan kun onasi 
    Umoma tomonidan unga shunday nasihat berilgan:
    «Bolajonim, sevikli qizim, meni yaxshilab tingla. 
    Nasihat har kimga lozimdir. 0 ‘git hammaga zarurdir. 
    Nasihat — bilmaganga o ‘rgatadi, bilganni esga soladi». 
    Nasihat tinglab yurganlar dunyoda m as’ud va baxtiyor 
    bo£lurlar.
    Sevikli qizim! Agar bir qiz ona va otasining kam- 
    bag'alligi uchun erga berilishi kerak bo‘lsaydi, sen hech 
    zamon uzatilmagan bo‘lar eding. Chunki otang juda ba- 
    davlat, katta shuhrat, maqom va e’tibor sohibidir. Sen 
    shunday bir odam qizisan!..»
    Lekin hayot boshqachadir. Alloh bizlami yaratgan va 
    biz uchun hayot qonunlarini bergan. Har bir yoshdagi 
    inson Alloh bergan qonunga ko‘ra 
    hayotga qadam 
    qo'yadigan vaqti kelganda har bir qiz bir xojaga, har bir 
    xoja bir ayolga muhtoj bo‘ladi. Erkaklar xotinlar uchun, 
    xotinlar esa erkaklar uchun yaratilgandir. Ya’ni bir xotin 
    bir erkak bilan, bir erkak esa bir xotin bilan do‘st, mah- 
    bub va mahbuba bo£lib oila qurmoqlikka muhtoj shakl- 
    da yaratilgandir.
    Shu sababli sen, qizim, tug£ilib o £sgan va voyaga 
    yetgan uyingdan, yayrab-yashnab yurgan yeringdan 
    chiqib, o£zing bilmaydigan bir uyga borasan. Shunga 
    qadar o£zing yaxshi bilmagan inson uyiga, o£z uying 
    bo£ladigan uyga borasan.
    Ey, mening jigarporam, suyukli qizim, ko£zimning 
    nuri, bolajonim! Senga shularni aytaman. Sen ul zotga 
    (eringga) shunday xizmat qilki, ul ham senga qul bo£lsin! 
    Sen unga yer bo£lki, u senga osmon bo£lsin! Sen xojang — 
    eringga bir uy bo£l, ul senga ustun bo£lsin!
    Sevikli qizim! Endi sen meni diqqat bilan tingla! 
    Senga b a’zi bir m e’zonlarni aytib o £taman. Ularga
    115


    yaxshi e ’tibor bergin. Ular hech qachon yodingdan 
    ko'tarilmasin. Ulardan vaqti kelganda foydalanasan.
    Bu aytganlarimga amal qilsang, ering bilan go‘zal 
    hayot kechirasizlar, m a’sud, baxtiyor va saodatli tur­
    mush qurasizlar. Bizlar ham (har ikki oila — bizning 
    ham, eringning oilasi ham) huzur-halovatda, baxtiyor 
    bo‘lamiz. Aks holda (ya’ni aytganlarimga amal qil- 
    masang), ikkala oilada ham huzur-halovat bo'lmaydi. 
    Sen o‘zing bir jahannamda yashaydigan bo‘lasan.
    Qizim! Endi senga aytadigan 10 o'gitimga quloq sol! 
    Bulami doimo yodingda tut:
    1. Qanoat sohibasi bo‘l. 0 ‘z holingga shukr qil. Ya’ni 
    ering uyga nimaiki olib kelsa, u xoh yeydigan, xoh kiyadi- 
    gan narsa bo'lsin xushfe’llik bilan, go‘zal odob bilan qab- 
    ul qilib ol! Eringga tashakkur aytib, xushnudlik ko‘rsat. 
    Zero baxtli hayot kechirmoqning yo‘li o‘z holiga shukr et- 
    moqlikdir. Holiga shukr etmagan, o ‘z nafsini tiymagan 
    kishida ko‘ngil huzuri, qalb rohati bo'lmaydi!
    2. Eringga itoat qil, qil degan ishini qil, qilma degani- 
    ni qilma! Ya’ni ering bilan suhbatlashganda, muloqotda 
    bo‘lganda, itoatli bo'lishingni, uning so‘zlarini odob bilan 
    tinglab, ado etishingni sening so'zlashib, quloq solishing- 
    dan tushunib oladigan bo'lsin. Shunda Alloh Taolo sen- 
    dan xushnud va uyingiz saodat nuridan porloq bo'ladi.
    3. Eringning ko'zi tushadigan joylarga yaxshi e’tibor 
    ber! Ya’ni uying ichini, tashqarisini nihoyatda toza tut. 
    Shunday qilki, xojangning ko'ziga bir chirkin yer 
    ko'rinmasin.
    4. Ust-boshingni toza tut. Ering faqat xush bo'yni 
    sezsin, dimog'iga yomon hid kelmasin. Chunki yomon 
    hidlar ering ko‘z o'ngida sening obro'yingni tushuradi. 
    Sendan irganishiga sabab bo'ladi. Shuni yaxshi bilgilki, 
    tozalik va zaiflik eng yaxshi narsalardir, inson ko'ziga 
    xush ko'rinish shular bilandir.
    5. Ovqatni vaqtida tayyorla. Ya’ni ovqatlanish vaqti­
    ni hech qachon kechiktirma. Ering qachon ovqatlanish- 
    ga o'rgangan bo'lsa, o'sha paytga ovqatni tayyorlagin. U 
    kelishi bilan darhol dasturxon sol. Shuni yaxshi bilgilki, 
    ochlik insonning tez jahlini keltiradi.
    6. Uyqu vaqtini, uyg'onish paytini yaxshi bilib ol! 
    Ya’ni uning qachon uyquga yotish payti bo'lsa, o'rnini 
    tayyorlab qo'y. Zero, uyqusizlik insonni xafaqon etadi.
    И6


    Asablari buzuq, xafaqon odamlaming ehtirosi, muhab- 
    batini sekin-sekin so‘ndiradi.
    7. Xojangning moli va ashyosiga juda e’tiborli bo‘l! 
    Ya’ni xojangning mol-dunyosi senikidir. Eming mol- 
    dunyosini isrof etmaslik, ish bilish va qadriga yetish de- 
    makdir.
    8. Eringning qarindoshi va yaqinlariga hurm at 
    ko‘rsat! Ya’ni xojangning qarindoshlari va yaqinlariga 
    hurmat — xojangning e’tiborini qozonmoq demakdir. 
    Ularni hurmat qilish, xojani hurmat qilish demakdir. Bu 
    esa qadr va e ’tibor qozonmoqdir.
    9. Eringning sirini boshqalarga aytma! Ya’ni eringning 
    ba’zi sirlarini bilgan vaqtingda, ehtiyot b o lib , uni saqla, 
    birovlarga aytib yurma. Agar aytib qo‘ysang, ishonchini 
    yo‘qotasan. Bunda tuzayotgan oilangiz buziladi.
    10. Eringning dinga to ‘g‘ri keladigan barcha 
    buyruqlarini ado qil! Ya’ni xojangning dinga uyg‘un 
    bo’lgan buyruqlarini bajarishda tanbal bolm a. Hech qa- 
    chon unga nisbatan itoatsiz bir harakat bo‘lmasin. Agar 
    shunday bir harakat bo‘lsa, senga kin saqlab, oxiri 
    dushman bo‘ladi. U senga dushmanlik yo‘lini tutsa, Sen 
    zarar ko‘rasan va qo‘lingdan hech narsa kelmaydi.
    Shuni yaxshi bilib olginki, xojang xafa bo'lganda, sen 
    nash’ali, xursand bo’lishdan, u xursand bo ‘lganda, sen 
    xafa ko‘rinishdan juda ehtiyot bo'lgin. Chunki uning xafa 
    bo‘lganida sening xursand ko‘rinishing, uning quvonchli 
    bo‘lgan vaqtlarida, sening g’amgin bo‘lishing, unga ham- 
    dard boMmaslik kabi bir qusurni o‘rtaga tushiradi. Bu esa 
    fahmsiz va tarbiyasi yomon odamlarga munosib ishdir.
    Bu sen kabi yuksak bir tarbiya ko‘rgan, aqlli va oqila 
    xotinlarga munosib emas.
    Bolajonim! Eringga qanchalik ko‘p sevgi va hurmat 
    ko‘rsatsang, o ‘zing shunchalik muhabbat va hurmatga 
    erishasan. Aytganlarini qanday bajarsang, so’zlarini 
    tinglasang shu darajada muhabbat va hurmatga sazovor 
    bo’lasan.
    Farzandim! Shuni yaxshi bilgilki, bu o ‘gitlarimni 
    o ‘miga qo‘yib bajarib, keragichalik amal qilib, o ‘zing- 
    ning shaxsiy istak va orzularingga erishishing uchun, 
    ering ham o ‘z istaklariga erishish kerakdir. Ering-xo- 
    jangning istaklarini o ‘zingning orzu-istaklaring, deb bil- 
    sang, u holda, bu o'gitlarimga amal qilgan bo'lasan!»
    117



    Download 5,3 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   97




    Download 5,3 Mb.
    Pdf ko'rish