Biriktiruvchi nizolarning
yuzaga kelishiga asos
bo‘lgan
muammolar va ularning hal qilinishi ham
erning, ham xotinning, butun oilaning manfaatlariga
qaratilgan bo‘ladi. Agar ular hal etilsa, buning oqibati-
da oilaning umumiy manfaatlariga oid muammolar o‘z
yechimni topadi. Bunday nizolarga oiladagi tartib, inti-
zom, ozodalik, oila byudjetini yuritish, saranjomlik, te-
jamkorlik, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, bola tar-
biyasi va boshqa shu kabi toifadagi nizolar misol bo‘la
oladi. Ular, asosan, er-xotin o ‘rtasidagina yuzaga kela
di, ularning ishtirokchilari ham faqat er-xotinlaming
o‘zlarigina hisoblanadilar.
149
N I Z O D A N K E Y I N G I V A Z I Y A T
1 - ch i z m a. Er-xotin munosabatlarida nizolaming rivoj-
lanishyuli.
150
Bunday nizolaming muvaffaqiyatli hal etilishida er-
xotinlarning bir-birlarini yanada yaqinroq bilib, tushu-
nib, bir-birlarining salbiy va ijobiy xususiyatlarini
o ‘rganib borish, bir-birlariga moslashish, muammolami
hal etish borasida hamkorlik qilish kabi oilaviy hayot
mustahkamligini ta ’minlashga xizmat qiluvchi jarayon-
lar amalga oshadi. Boshqacha qilib aytganda, bunday
nizolar: «Er-xotinning urushi — doka ro‘molning qu-
rishi» kabi nizolar toifasiga kiradi. «Doka ro'molning
qurishi» er-xotin o ‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantiradi.
Ajratuvchi nizolarda ulaming yuzaga kelishiga asos
bo‘lgan muammo
va uning yechimi er-xotinlardan
binning manfaatiga qaratilgan bo‘ladi. Bunday nizo
larda bir tom on manfaatining hal etilishi ko‘pincha,
ikkinchi tomon manfaatining boy berilishi
hisobiga
amalga oshadi. Masalan, eming yoki xotinning shaxsan
o ‘zi uchun biron nima xarid qilishi, eming yoki xotin
ning ishi tufayli, o‘zbek oilasi uchun xarakterli bo‘lgan
nizolardan boMmish
er yoki xotinning
qarindosh
urugMari bilan bo ‘ladigan munosabatlar tufayli yuzaga
keladigan nizolar shular jumlasiga kiradi. Bunday nizo
laming hal qilinishi, ya’ni bir tom on manfaatlarining
qondirilishi ko‘pchilik holatlarda ikkinchi tomon m an
faatlarining boy berilishi hisobiga amalga oshadi.
Bunday vaziyatlarda manfaati boy berilgan tomonda
norozilik, e’tiroz saqlanib qoladi va bu keyinchalik yana
kuchayib nav-batdagi nizoni yuzaga kelishiga asos bo‘lib
xizmat qilishi mumkin. Ajratuvchi nizolarda, nizo hal
etilgani bilan, nizoli vaziyat saqlanib qolaveradi.
Shuningdek, ajratuvchi nizolar, ulami yuzaga keltir-
gan sabablar bevosita er-xotinlarning o ‘zaro munosabat-
lari doirasidan tashqaridagi omillarga ham bog‘liq boMa-
di. Ulaming sababchilari va ishtirokchilari ham ba’zan
er-xotindan tashqari uchinchi odam boMishi mumkin,
ulaming hal etilishi ham er-xotinlarning o‘zlarigagina
emas, balki shu uchinchi (boshqa) odamga
bog Mi q
boMadi. Bulaming oqibatida nizolaming yanada kucha-
yishi, sonining ortishi kuzatiladi
Ajratuvchi nizolar, aksariyat hollarda «chegaralan-
magan» nizolar boMib, o‘z xarakteri, ishtirokchilari, hal
etilishi va oqibatlariga ko‘ra er-xotin munosabatlari
doirasidan chetga chiqadi. Bunday er-xotin nizolariga
151
oilaning boshqa a’zolari: qaynona, qaynsingil, ovsinlar
va boshqalar ham aralashadi.
Ijtimoiy psixologiyada gap, so‘z, nizo haqidagi
m a’lumot bir og‘izdan chiqib, kishilarning keng
tomoniga qarab harakatlana boshlaydi. Uning ko‘lami
m a’lumot manbaidan uzoqlashib, undan xabardor
bo‘lgan va unga jalb etilgan ishtirokchilar soni ortib
borgan sari kengayib boraveradi.
Er yoki xotin bir-birlari bilan urishib qoiganlaridan
so‘ng bu haqda uchinchi bir odamga gapiradigan bo‘lsa,
imkon qadar shu nizoda o ‘zini aybsiz, haq qilib ko‘rsa-
tishga, shu uchunchi odamni uning manfaatlarini hi-
moya qilishiga og‘dirib olish maqsadida bir yoqlama
gapiradi. Bunda sub’ekt foydalanadigan gap-so‘zlar,
ohang, imo-ishora, mimika, urg‘u va boshqalar deyarli
barcha verbal va noverbal vositalar ro‘y berib o‘tgan
hodisa (nizo-janjal)ning asl holatiga qaraganda bo‘rt-
tiribroq idrok etilishini ta’minlaydi. Nizo haqida qan-
chalik ko‘p odamga gapirib beraverilgan sayin u
ayanchli tus olgan holda avj olib boraveradi va oqibatda
fojeali natijalarga ham olib kelishi mumkin
Shunday ekan, oilaviy hayotda ro‘y berishi mumkin
bo‘lgan nizolarga birdek salbiy jihatdan qarayverish ham,
yoki ularni birdek oqlash ham maqsadga muvofiq emas.
Yoshlarimiz oilaviy hayotda ro‘y beradigan biriktiruvchi
nizolarga tayyor boiishlari, ularning biriktiruvchilik, er-
xotinni bir-birlariga moslashuvlariga, ularning o ‘zaro
munosabatlarining rivojlanishini ta ’minlovchi, ularning
har ikkalovining ham, ya’ni «biz»ning manfaatiga qaratil-
gan nizolarning biriktiruvchanlik imkoniyatlaridan
samarali foydalanishga, ularni salbiy oqibatlarga olib ke-
luvchi nizolarga aylantirib yubormaslikka o‘rganishlari
lozim. Albatta, ajratuvchi, «men» xarakteridagi, «chega-
ralanmagan» nizolarning oldini olish, uning oqibatlaridan
voqif bo‘lishlari ham maqsadga muvofiq.
1-chizmada ko‘rinib turganidek, er-xotinning o‘zaro
munosabatlarida yuzaga keladigan konstruktiv nizolar
aksariyat hollarda er-xotin o ‘rtasida yuzaga kelishi
mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklarning hal etilishi,
ularning o ‘rtasida hamkorlikning yuzaga kelishi va oxir-
oqibat er-xotin munosabatlarining mustahkamlanishiga
ofib boradi.
152
Destruktiv nizolarda yuqorida aytib ohganimizdek,
bir nizoning hal etilishi (ya’ni er-xotinlardan birining
manfaatining qondirilishi) navbatdagi nizoning yuzaga
kelishiga asos yaratar ekan, o ‘z navbatida bunday
«men» xarakteridagi, «chegaralanmagan» nizolar tufayli
er-xotin munosabatlarida nizolar «eskolatsiyasi» shakl-
lanib qoladi va oilaviy hayot er-xotin uchun «uzluksiz
jang maydoni»ga aylanib qoladi. Bunday nizoli muhit
nafaqat shu oiladagi er-xotinning ruhiy olamiga, ular-
ning asabi, sog‘lig‘i, ijtimoiy holatigagina emas, balki
shu oilalarda dunyoga kelib shunday m uhitda tar-
biyalanayotgan farzandlarning ruhiy olamiga ham jid-
diy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday oilalarda hukm surgan ni
zoli vaziyat, doimiy janjallar mehr-oqibatsizlik, o‘z aso-
ratini faqat shu oilalarning o ‘zidagina qoldirmay, balki
shu oila farzandlari tomonidan tuzilajak keyingi avlod
oilalariga ham olib o‘tishi mumkin.
Er-xotin munosabatlarida
nizolarning rivojlanish
yo‘li tasviri berilgan 1-chizmadan ko‘rinib turibdiki,
yangi yuzaga kelgan oilalarda er-xotin munosabatlari-
ning u yoki bu tarzda rivojlanishi oqibatida shartli ra-
vishda to ‘rt xil oilalar shakllanib boradi. Bular: o‘zaro
munosabatlari mustahkamlangan oilalar; munosabatlari
vaqtincha mustahkamlangan oilalar; yangi nizolar yuza
ga kelib va takrorlanib turadigan (nizoli) oilalar; va ni-
hoyat, munosabatlar uzil-kesil buzilib ajralishib ketgan
oilalar.
Bularning orasida eng maqbuli — 1-toifa oilalar.
Yoshlarimizning har biri shunday mustahkam oila qurish-
ga intilishlari lozim. 2-toifa oilalar munosabatlari vaqtin
cha mustahkamlangan oilalar. Bunday oilalarda bo‘lib
o ‘tgan nizolardan so‘ng er-xotinlar o ‘z vaqtida bo ‘lib
o ‘tgan nizolar, ziddiyatlardan to ‘g‘ri xulosa chiqarishib,
o ‘z xatolarini vaqtida anglab yetib, bir-birlarini tushunish-
ga harakat qilsalar, ularda ham o‘zaro hamkorlik yuzaga
kelishi mumkin. Agarda qulay shart-sharoitlar yuzaga kel-
masa, er-xotinlar o‘z xatolarini tushunib yetish va ularni
tuzatish borasida yetarlicha bilim, tajribaga ega
boim asalar, yoki bu xatolarni bartaraf qilishni xohla-
masalar, shuningdek, ularning katta yoshdagi qarindosh-
urug‘lari, yaqinlari o‘zlarining boy hayotiy tajribalaridan
kelib chiqqan holda, yoshlarga umumiy yo‘l-yo‘riqlar,
153
maslahatlar bermasalar, va aksincha yosh oila hayotiga
noo‘rin aralashgudek bo‘lsalar (afsuski, bunday holatlar
o ‘zbek oilalarida tez-tez uchrab turadi), bunday hollarda
vaqtinchalik erishilgan zo‘riqishlarning pasayishi keyin-
chalik yana yangi nizolarning yuzaga kelishi bilan avj olib
ketishi mumkin.
Uchinchi toifa oilalar nizodan keyingi vaziyat xarak-
teriga ko‘ra:
|