Oilaga yangi tushgan kelinlaming ko'pchiligi
yuzaga
keladigan ba’zi
qiyinchiliklami osonlik bilan yengib,
kelinlik vazifalarini ko‘ngildagiday eplab ketadilar,
qaynonalarini ro ‘zg‘or tashvishlaridan xalos qiladilar,
tezda ularning mehriga sazovor bo'ladilar. Qaynonalar
ham bunday kelinni «qizim» deb bag‘rilariga
oladilar,
bilmaganini o‘rgatadilar, qiynalganida yordam beradilar,
hayotiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadilar. Ularga uy-ro‘zg‘or ish-
larida va bolalar tarbiyasida yaqin ko'makdoshga ay-
lanadilar. Biroq hayotda qaynona-kelin orasida turli
to ‘qnashuvlar ham sodir bo‘lib turadi. Gap qaynona-ke
lin o‘rtasida borar ekan, shuni aytib o‘tishimiz lozimki,
bu masala
azal-azaldan odamlarning, insoniyatning
atoqli namoyondalarining diqqat e’tiborida bo‘lib kelgan
muammolardan biridir. Jumladan,
XIX asming ikkinchi
yarmida yashab ijod etgan sharq mutafakkirlaridan biri
Ahmad Donish o ’zining «Navodir ul vaqoe» («Nodir
voqealar») nomli kitobida qaynona kelin-nizolari haqida
yozar ekan shunday deydi: «Qaynona-kelin nizolari
bundan oldingi oilalarda ham bo‘lgan, hozir ham bor va
bundan keyin ham bo‘ladi. Ular doimo urishaveradilar.
Ular
nima uchun urishadilar?
Chunki ular
nima
uchun urishishayotganliklarini o‘zlari ham bilmaydilar.
Shuning uchun urushadilar». Demak, bu o ‘rinda
qaynona-kelin nizolari, sabablarini aniqlash, ularni bar-
taraf etish alohida ahamiyatga
molik masala ekanligi
ko‘rinib turibdi. Bunday kelishmovchiliklami keltirib
chiqaruvchi sabablardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz:
1.
Ba’zi qizlarda nikohgacha oilaviy hayotga,
qaynonaga, qaynona-kelin munosabatlariga nisbatan
salbiy tasaw ur shakllangan bo‘ladi. Ayniqsa,
yoshlar
qaynonani oldindan faqat salbiy qiyofa sifatida tasawur
qiladilar. Keyin esa oila qurib, tasawuridagi emas, bal-
ki hayotdagi qaynona bilan yashay boshlaydilar.
Oqibatda ular o ‘z tasawuridagi qaynonaga xos bo‘lgan
kamchilik va illatlarni
hayotdagi qaynonadan axtara
boshlaydilar. Borini-ku topishlari aniq, hatto yo‘g‘ini
ham topishga harakat qiladilar. Chunki tasawurlari
ularni aldaganini tan olishni istamaydilar.
Hayotda kamchiliksiz odam bo'lgan emas, bo‘lmay-