biyasining buzilishi va shu kabi qator ko‘ngilsizliklar-
ning aksariyati shu 3-toifa oilalariga to ‘g‘ri keladi.
Shuning uchun ham nafaqat yoshlarimiz — balki faoli-
yati bevosita nikoh-oila muammolari bilan bog‘liq
bo‘lgan
mutasaddi xodimlar, mahalla, hokimiyat vakil-
lari, katta yoshdagilar ham hozirgi zamon oilasining ijti-
moiy psixologik xususiyatlari, er-xotin nizolari, oilaviy
nizolar psixologiyasi haqida tegishli m a’lumotlarga ega
bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir. Yoshlarimiz esa er-
xotin nizolarini jiddiy, ayanchli
oqibatlarga olib kelu-
vchi: ajratuvchi, «men» xarakteridagi, «chegaralanma-
gan» turlaridan ogoh bo‘lishi, o ‘z hayotlarida shu toifa
nizolarning yuzaga keltirmaslik, ularning oldini olish va
bartaraf etish borasida zarur bo‘lgan bilim va m a’lumot
larga ega bo‘lishlari lozim.
155
Bunday kelishmovchiliklar uchun zamin bo‘lib qu-
yidagilar xizmat qiladi.
1. Dunyoqarashlar orasidagi mavjud farqning hisob-
ga olinmasligi.
2. Yoshlaming bo‘sh vaqtini mustaqil tashkil etishi,
do£stlar
tanlashdagi mustaqilligi, hissiyot sohasidagi
mustaqilligi, modaga, bugungi kun talabiga mos kiyi-
nishi, kasb tanlashdagi mustaqilligi, umr yo'ldoshi tan-
lashda mustaqillik uchun ota-onalari bilan b a’zan
kurash olib borishning xush kelmasligi.
3. Ota-onalarning ichkilikka ruju qo‘yishi yoki or-
nomusni yig'ishtirib qo'yib, buzuqchilik qilishi.
4. Ba’zi bolalarning mehnat qilishga o'rgatilmagan-
ligi va buning oqibatida yengil-elpi hayot kechirishga
o'rganib qolishi;
5. Ayrim yoshlarning farzandlik burchini unutib
qo‘yishi va hokazo.
6.
Ota-onalarning
psixologik-pedagogik
bilim
saviyalari yetarli darajada emasligi natijasida yuzaga ke-
ladigan kelishmovchiliklar.
Ota-onalar va bolalar
munosabatiga oid yuqoridagi
kabi kamchiliklar natijasida oiladan halovat yo‘qoladi,
o‘rtaga sovuqchilik tushadi. Farzandlik burchini bajar-
maslik u yoqda tursin, hatto, ichib kelib, ota-onasiga
qo‘l ko‘taradigan farzandlar, ota-onasini sharmanda qi-
layotgan suyuqoyoq fahshparastlar borligiga nima dey-
siz?
Ba’zi ota-onalar bolalarda 3, 6, 13, 14
yoshlarda
muqarrar ravishda bo‘lib o ‘tadigan krizislarni bilmaydi-
lar. Bu yosh bosqichlarida bola ruhiyatida yangi
psixologik qo'shilmalar yuzaga keladi. Bu esa ularning
kattalar, jumladan, ota-onalar bilan bo‘lgan munosabat-
larida ko‘zga tashlanadi. Buni sezmagan ba’zi ota-ona
lar «bolam nihoyatda qaysar, quloqsiz bo'lib qoldi», deb
o‘ylaydilar va shikoyat qilishga tushadilar. Bunga qarshi
o‘zlaricha chora-tadbirlar belgilashlari natijasida ota-
ona va bola bir-birlarini tushunolmay qoladilar.
Bolaning ota-onadan bezish hollari kuzatiladi.