dedi er.
* * *
Darg‘azab xotin kech kelgan eriga:
— Uyga tonggi soat to'rtda kirib kelsangiz! Bu ishingizga
biron nima deyishga so‘z topolmayman!
Er yengil tortib:
— Xudoga shukur...
* * *
— Y o ‘q! Bunaqa er bilan yashab b o ‘lmaydi!
— Unday b o ‘lsa ajrash.
— B ekorlam i aytibsan! U m ening hayotim ni barbod
qilsa-yu, yana m en uni baxtiyor qilarkanmanmi?
* * *
Bozorda sotuvchi:
— C hem obildan kelgan olmalar bor. Olib qoling! — deb
qichqiribdi.
Etib kelayotgan y o ‘lovchi:
— Bu olm alam i kim ham olardi, axir ular zaharlangan-
dir, — deb e ’tiroz bildirsa, sotuvchi:
— Olishadi, kim qaynonasi, kim qaynotasi, kim xotini
uchun...
* * *
— Bu uyda o ‘zi kim xo'jayin?! — baqirdi bor ovozi
bilan er.
— Men! — dag‘al javob berdi xotini. — N im a edi?
— Y o ‘q, h ech narsa, ham m asi joyida, shunchaki
so'radim- q o ‘ydimda...
145
VIII b o b
Oilaviy nizolar.
Ajralish, uning sabab va oqibatlari
Er-xotin nizolari
Oilaviy nizolarning eng xarakterlilaridan biri bu er
va xotin o ‘rtasidagi nizolardir. Xo‘sh, eng ezgu niyat-
lar bilan, bir-birlarini sevib oila qurgan yoshlar nega
oila qurishgandan keyin ularning o‘zaro munosabatlari-
da nizo-janjallar ro ‘y beradi? U lar nima uchun
urushadilar? Umuman er-xotinlik hayotida nizolarsiz,
urush, janjallarsiz ham yashasa bo‘ladimi? Bu
kabi
savollarni yana ko‘p davom ettirish mumkin.
Xalqimizda bir gap bor: Oshsiz uy bo‘lishi mumkin,
lekin nizosiz uy bo‘lmaydi. Faqat, nizoning nizodan
farqi bor. Bu haqda quyida batafsil to‘xtalib o ‘tamiz.
Haqiqatdan ham, ilk bolalikdanoq ko‘p!ab ertaklar
eshitib, keyinchalik o ‘zlari ham ularni turli kitoblardan
o‘qib o'sgan yoshlar o ‘zlarining bo'lajak oilaviy hayotlarini
adekvat tasaw ur eta olishlari mushkul. Chunki ertaklarda
ham, kinofilmlarda ham qahramonlar bir-birlariga yetish-
gunlariga qadar ne-ne mashaqqatlarni, zahmatlarni bosh-
laridan kechirib, bu yo‘lda duch kelgan qora kuchlarni
yengib, oxir-oqibatda visolga erishadilar, elu yurtga «qirq
kecha-yu, qirq kunduzlab to‘y berib, murod maqsadlariga
erishadilar». Deyarli barcha ertaklar, filmlar, ayniqsa
bizning yoshlarimiz, qizlarimiz sevib tomosha qiladigan
hind filmlari, aksariyat hollarda shu tariqa yakunlanadi.
Bunga sizlar ham ko‘p martalab guvoh bo‘lgansizlar.
Bundan tashqari, aksariyat muvaffaqiyatli oilalarda
tarbiya topgan yigit-qizlar o ‘z ota-onasi oilasini, ularning
turm ush tarzini, bir-birlarga nisbatan boMgan o ‘zaro
munosabatlarini va qator shu kabilami o ‘zlarining bo'la-
jak oilaviy hayotlari uchun ideal deb olishadi va ular ham
oila qurishganlaridan so‘ng o ‘g‘il bolalar xuddi o ‘z
otasidek va qizlarimiz o‘z onalaridek «ota», «опа», «er»,
146
«xotin» bo‘lishni orzu qiladilar. Chunki ular o ‘z ota-ona-
lari misolida, bir-birlariga nisbatan salbiy munosabatda
bo‘luvchi, bir-birlari bilan nizolashib turuvchi er-xotin-
lami ko‘rmaganlar. Mabodo bunday vaziyatlar va nizolar
yuzaga kelib qolgudek bo‘lsa ham, ularning ota-onalari bu
holatni farzandlariga sezdirmaslikka harakat qiladilar.
Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari orqali namu-
naviy ahil, baxtli oilalar haqida berib boriladigan materi-
allarda ham aksariyat hollarda er-xotinlik munosabatlari-
ni bir yoqlama, faqat yaxshi tom ondan ko‘rsatish
an ’analari mavjud. Bularning hammasi yoshlarda oilaviy
hayot haqida bir yoqlama ijobiy tasawurlaming shaklla-
nishiga asos bo‘ladi.
Shunday ertakmonand tasawurlar, orzular og‘ushida
oila qurgan yoshlar, o‘zlarining oilaviy hayotlarida dast
labki muammolarga duch kelishlari bilanoq, ularning
oilaviy hayotlari o ‘zlari kutganlaridek bo‘lmayotganligi,
turm ush o ‘rtog‘ini tanlashda «xato qilganligi», ular
oldingi (to ‘ydan oldingi) holatiga nisbatan m a’lum
darajada, albatta, «salbiy» tomonga o‘zgarib qolganligi
kabilarni «tushuna» boshlaydilar. Shuningdek, yosh
oilada er-xotinlarning o ‘zaro munosabatlari rivojla-
nishining o‘ziga xos qonuniyatlari, ayniqsa, yosh o ‘zbek
oilasida uning etnik, hududiy xususiyatlaridan kelib
chiqqan holda yosh kelin va kuyovning yangi ijtimoiy
sharoitlarga moslashishi jarayoni bilan bogliq qiyinchi-
liklar er-xotin munosabatlarida nizoli vaziyatlar va nizo-
lam i yuzaga keltirishi mumkin.
Afsuski, bunday jarayonlar deyarli har bir oila uchun
muqarrar b o ig a n va aksariyat yoshlar oila qurish
arafasida o ‘z nikohlaridan kutmagan jarayonlardir.
Xo‘sh, bu jarayonlar, ya’ni er-xotin nizolari kerakmi?
Ular er-xotinning o‘zaro munosabatlariga qay darajada
ta ’sir etadi? 0 ‘tmish donishmandaridan biri haqli ravish
da er-xotin nizolarini garmdoriga qiyoslagan ekan.
Garm dori achchiq, lekin u meyorda bo‘lsa ishtahani
ochadi, meyoridan ortib ketsa, og‘iz, lab, tilni kuydirishi,
noxush hissiyotlarni yuzaga keltirishi mumkin. Nizoli
vaziyatlar har qanday oilada u yoki bu darajada yuzaga ke
ladi. Oila qanday bo‘lishidan qat’iy nazar nizolardan m ut
laqo holi (himoyalangan, kafolatlangan) bo‘la olmaydi.
Chunki oiladagi shaxslararo munosabatlar odatda nizosiz
147
boMmaydi. Bu nizolar ma’lum daraja-da er-xotin muno-
sabatlarini rivojlantiruvchi katalizator vazifasini o ‘taydi.
Lekin nizoning nizodan farqi bor. Ular kelib chiqishi,
tashqi ifodalanishi, takrorlanib turish tezligi (soni) va ni-
hoyat oqibatlariga ko‘ra bir-birlaridan farqlanadi. Biror-
bir maxsus m e’zon yo‘qki, shunga asosan nizolaming qay-
talanishi, kuchi, darajasi va boshqa m a’lumotlari (ko‘rsat-
kichlarijni aniq belgilab berish (olish) mumkin bo‘lsa edi.
Bunda hamma narsa sub’ektning o ‘ziga, uning shaxsiy,
psixologik xususiyatlariga, yoshiga, jinsiga, uning qo‘yi-
lishiga, nizoning qanday idrok qilinishi va boshqa omil-
larga bogliq bo‘ladi.
M a’lumki, bir-birlariga aynan o ‘xshash, mos ikki
odamning bo‘lishi mumkin emas, chunki shaxs va uning
individualligi takrorlanmasdir. Shunday ekan, ikki va un
dan ortiq shaxsdan (individ)dan tashkil topgan oila ham
ikki, uch karra takrorlanmasdir. Bir oila uchun meyorida
bo‘lgan shaxslararo munosabatlar tizimi, ikkinchi bir oila-
ga mutloqo mos kelmasligi, yoki biron bir oila uchun u
qadar ahamiyatga ega bo‘lmagan nizo va uning sababi
boshqa oila a ’zolarining o ‘zaro munosabatlarida jiddiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin va hokazo.
Shunday ekan, jamiki oilalarga xos bo‘lgan nizolar
va ulaming sabablarini yagona bir o ‘lcham yoki xarak-
teristika bilan ko‘rsatib berish masalasi ham mantiqqa
to ‘g‘ri kelmaydigan ishdir. Lekin turli toifadagi oilalami
o ‘rganish, ular a ’zolarining o ‘zaro munosabatlarini
taqqoslash va shu kabilar asosida ayrim nisbiy xulo-
salarga, mulohazalarga kelish mumkinki, shu nisbiylik-
dan har bir odam o‘zi uchun nisbatan «tegishli» xulo-
salar chiqarib olishi lozim bo'ladi. Shuning uchun, biz
quyida oilaviy munosabatlar, oiladagi nizolar haqida fikr
yuritar ekanmiz, ularning barcha oilalarga mutlaq te
gishli bo‘lishligini (ekanligini) da’vo qilolmaymiz.
Quyidagilar ham bizning nisbiy mulohazalarimizdir.
Oilada yuzaga kelish ehtimoli bo'lgan nizo-janjal-
larning sabablarini aniqlash va ularning oldini olish
masalalarini ijobiy hal qilish uchun birinchi navbatda
ularning kimlar o‘rtasida yuz berayotganligini farqlab
olish maqsadga muvofiqdir. Oilaviy nizolarda kimlar
ishtirok etayotganiga ko‘ra ularni quyidagicha asosiy
turlarga ajratish mumkin:
148
• er-xotin o‘rtasidagi nizolar;
• qaynona-kelin o‘rtasidagi nizolar;
• qaynona-kuyov o‘rtasidagi nizolar;
• ovsinlar o‘rtasidagi nizolar;
• ota-onalar va farzandlar o ‘rtasidagi nizolar.
Albatta, bu ro ‘yxatni yanada davom ettiraverish
mumkin, lekin hozircha shu yuqorida keltirilganlar bi-
langina kifoyalanib, oilaviy hayotda ro‘y berish ehtimoli
nisbatan yuqori bo ‘lgan nizolarning eng asosiysi
bo‘lmish er-xotin o‘rtasidagi nizolarning ayrim xususi-
yatlarini ко‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Umuman, oilada er-xotin o‘rtasidagi nizolarning
yuzaga kelishi va rivojlanishi taxminan 1-chuzmada
keltirilgan sxemadagidek bo'lishi mumkin.
Birinchi chizm adan ko‘rinib turibdiki, har qanday
oilada er-xotinning o‘zaro munosabatlarida nizoli vazi-
yatlarning yuzaga kelishi muqarrar. Lekin shu nizolarning
xarakteri, ularning oqibatlariga ko‘ra turli oilalar va
ulardagi oilaviy munosabatlar bir-birlaridan farqlanadi.
Shunday ekan, biz dastawal muvaffaqiyatli va muvaf-
faqiyatsiz oilalarda ro‘y beradigan nizolarni ko‘rib chiqay-
lik. Rasmda ko‘rinib turganidek muvaffaqiyatli oilalardagi
nizolar biriktiruvchi va muvaffaqiyatsiz oilalardagi nizolar
esa ajratuvchi xarakterga ega. Shuning uchun ham
psixologik adabiyotlarda nizolar shartli ravishda «kon-
struktiv» («biriktiruvchi») va «destruktiv» («ajratuvchi»)
nizolarga farqlanadi. Ular, o‘zlarining yuzaga kelishiga
asos bo‘lgan muammolar, bu muammolaming hal etilishi,
kechishi, ishtirokchilari, oqibatlari va boshqalarning
xarakteriga ko‘ra bir-birlaridan farqlanadi.
|