B ilim larn i tek sh irish uchun sa v o lla r
1. Oilaviy nizolar yaxshimi yoki yomonmi?
2. Oilaviy nizolar qanday turlarga farqlanadi?
3. Er-xotin nizolarining xususiyatlari nimalardan ibo-
rat?
4. Biriktiruvchi va ajratuvchi nizolar qanday nizolar?
5. Er-xotin munosabatlarida nizolar qanday rivojlanadi?
6. Chegaralangan va chegaralamagan nizolar qanday
nizolar?
7.
Nizolar eskolatsiyasi nima?
8. Ota-onalar va farzandlar о
‘rtasidagi nizolar qanday
xarakterda bo‘ladi?
172
9. Qaynona-kelin o ‘rtasidagi nizolar qanday yuzaga
keladi va ularning sababi nima?
10. Qaynona-kuyov nizolari qanday xususiyatlarga ega?
11. Ajralish va uning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari
nimalardan iborat?
12. Qanday sabablarga k o ‘ra oilalar buziladi?
13. Ajralish qanday oqibatlarga ega?
14. Ajralishning oldini olish va ajralish yuzasidan ni-
malarga amal qilishimiz zarur?
Rivoyatlar
0 ‘rta yoshdagi bir xoja tarbiyalagan yosh xonim.
Bir vaqtlar Uskudorda istiqomat qiluvchi o‘rta yoshlardagi
bir zot birinchi xotini vafot etgach, yosh xonimga uylandi.
Bu zotning axloqi, go‘zal odati, tabiatini hamma yaxshi
ko'rar edi. Ayni zamonda fikri tiniq, qarashlari qat’iy, ilm-ir-
fon sohibi edi.
Awaliga yosh xonim xojasining fe’l atvorini juda yaxshi
ко ‘rar, unga qo‘lidan kelgan barcha hurmat, iltifotini ko‘rsatar,
xojasiga nisbatan o‘z vazifalarini chiroyli bajaradi. Xojasiga oliy
darajada hurmat izhor qilardi. Yosh xonim qisqa vaqt ichida bar
cha qo'shnilari bilan tanishdi, qo'shnilar uni, u esa qo'shnilarni
hurmat qilardi. Ammo o‘sha mahallada yomon fe’lh, hasadgo‘y
bir xotin bor edi. Bu yosh xonimning xojasiga nisbatan hurmati
bo'lgani va shirin turmushlari ul xotinning rashkini keltirardi.
Yosh xonim bilan qo‘shni bo'lganlaridan beri uni xojasiga nis
batan itoatsizlikka tashviq qilardi:
— Qizim, sen juda yoshsan, go‘zalsan, shunday katta
yoshdagi kishiga turmushga chiqqansan. Sen yosh, o‘zing kabi
chiroylik erga turmushga chiqmabsan, — deb juvonning boshini
tylantirardi. Yosh xonim: «Men xojamdan juda mamnunman,
fe’li axloqini sevaman» — desa ham, yomon ayoldan qutula ol-
maydi. Bir kuni ul juvon tashviqotlar ta’siridanmi, «erimdan
gjralishaman» deydi. Yomon fe’lli, hasadgo‘y ayol:
— Qo‘lingdagi qimmatli ashyolaringni asta-sekin sotsang
xojangga yomon ko'rinasan, u sendan soviydi — deb ko‘nglini
buzadi.
Yosh ayol uyidagi qimmatli narsalarni birma-bir sota
boshlaydi. Har kuni eri oqshomda uyiga kelganida, bugun
qimmatli falon narsani, ertasiga — bunday narsani sotdim
deyaveradi, nihoyat uyda hech narsa qolmaydi. Ammo chi
royli, xushxulqli, ilm-irfon sohibi bo'lgan ul zot xotiniga:
«Joning sog‘ bo'lsin, yangisini olarmiz», — der edi. Xonim
uyida sotiladigan ashyo qolmaganidan keyin, hojatxonadagi
173
|