Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari




Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/97
Sana12.06.2024
Hajmi5,3 Mb.
#262923
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   97
Bog'liq
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B

farzand 
munosabatlariga, ajralishgan ayolning ruhiyatiga 
kuchli salbiy ta ’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga ayol 
uchun katta hayotiy muammolarini— qayta oila qurish 
va 
yolg‘izlik muammosini keltirib chiqaradi. Bu qishloq 
va 
shahar ayollarida deyarli bir xil ifodalanadi. Ammo 
shaharlik ayollar shahar turmush tarzida jinsiy xulq ji- 
hatdan bir muncha erkin bo'lganlari hamda o ‘z kasb 
faoliyatlari bilan faol shug'ullanganlari tufayli qishloq 
ayollariga nisbatan yolgizlikdan kamroq jabr ko‘radilar.
Noto ‘liq oiladagi bolalar tarbivasi.
N oto‘liq oila haqi- 
da 
gapirilganda, shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, 
noto‘liq oilalar ham turlicha yuzaga keladi. Oilalar er- 
xotinlardan birining vafot etganligi tufayli yoki ularning 
^jralishi tufayli noto‘liq bo‘lib qolishi mumkin. Albatta, 
oilada ota yoki onaning vafot etishi bu ulkan fojea, av- 
valo, 
bu fojea hech kimning boshiga tushmasin, lekin 
bunday oilalarda marhumning ruhi hurmati, unga nis­
batan, 
uning sha’niga ijobiy munosabatlar saqlanib qo­
ladi. Biroq er-xotinning ajralishi sababli yuzaga kelgan 
noto‘liq 
oilalarda 
«tirik yetim» 
bolalar qoladi. 
Birinchidan, «tirik yetimlik» jam oatchilik o‘rtasida, 
ayniqsa, 
bolalar jamoalarida (bog‘chada, maktabda, 
tengdoshlar davrasida) nisbatan kuchliroq qoralanadi. 
Ikkinchidan, bunday oilalarda ota yoki ona tomonidan, 
Ularning yaqinlari tomonidan sobiq turmush o ‘rtog‘i 
sha’niga, uning shaxsiyatiga salbiy bo‘yoqlar beruvchi 
munosabatlar shakllanadi. Sobiq er-xotinlar tomonidan 
bir-birlarini qoralovchi fikr-mulohazalar ko‘proq bildiri- 
ladi. Bular albatta, bu toifa noto‘liq oilalardagi o ‘zaro 
munosabatlarning shakllanishida qator noxushliklarni 
yuzaga kelishiga asos bo'ladi.
Ajralish faqatgina ajralgan er-xotinlar emas, balki
167


ajralish oqibatida otasiz yashayotgan farzandlarga ham 
salbiy ta’sir ko‘rsatar ekan. Ayniqsa, ajralish otasiz o‘sa- 
yotgan qiz bolaning his-tuyg‘ulariga, otasiga bo‘lgan 
mehriga, qiz bolada shakllanadigan ota obraziga va ota­
siz o‘sayotgan qizning ruhiyatiga kuchli salbiy ta’sir qi­
ladi. Bu esa nafaqat qiz bolaning bolalik davrida, balki 
kelgusida o‘zi mustaqil oila qurganda ham o ‘z asoratini 
ko'rsatishi mumkin. K o‘p tadqiqot natijalarining ko‘rsa- 
tishicha va rivoyatlarda ifodalanishicha hamda F.R o‘zi- 
qulov tadqiqotlarida ilmiy jihatdan o ‘z tasdig‘ini top- 
ganligi asosida o ‘z otasiga m ehr va hurmati yetarli 
ravishda shakllanmagan qiz kelajakda oila qurganda tur- 
mush o‘rtog‘iga ham hurmatini yetarli ravishda ifodalay 
olmaydi.
Mazkur tadqiqot natijalariga ko‘ra ajralish oiladagi 
otasiz o ‘sayotgan o ‘g‘il bolaning o ‘qishiga va tarbiyasiga 
salbiy ta’sir etishi kuchli bo'lar ekan.
Shu bilan birga ajralish kelin-kuyovlarning, ota-ona- 
larining ruhiyatiga, salomatligiga, qudalar orasidagi 
munosabatiga, qarindoshlar va jamoa orasidagi obro'si 
va oila byudjetiga salbiy ta ’sir qiladi. 0 ‘ziga xos xususi- 
yatlaridan biri kuyov tom onga nisbatan ko‘pgina
168


mezonlar bo‘yicha kelin tomon, ya’ni kelinning ota- 
onalari ruhan ko‘proq jabrlanar ekan.
M a’lumki, o ‘zbek oilalarida ajralishlar miqdori 
boshqa millatlar, masalan, rus oilalarinikiga qaraganda 
ikki marta kam. Lekin har bir ajralishgan oilaga to ‘g‘ri 
keladigan «tirik yetim» bolalar soni o ‘zbek oilalarida 2— 
2,5 martaga ko‘p. Shu bilan birga, «ajralish madaniya- 
ti»ning quyi saviyada ekanligi va o £ziga xos milliy 
xususiyatlari bilan ifodalanishi o ‘zbek oilalarida ko‘proq 
salbiy oqibatlarga olib keladi. Shunga ko‘ra ajralishlarn­
ing salbiy asoratlari o ‘zbek oilalarida boshqa millatlar 
oilalaridagiga nisbatan kuchliroq ifodalanadi.
Shuning uchun ham hozirgi vaqtda ajralish muam- 
mosini ilmiy asosda o ‘rganish masalalariga alohida e’ti- 
bor berilmoqda. Bu o ‘rinda ajralish omillari va 
sabablarini 
aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki 
aksariyat hollarda mahallalarda nikohni bekor qilish bo- 

Download 5,3 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   97




Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish