Kontratseptiv vositalardan foydalanishda erkaklarning o‘rni Oilaviy hayotda kontratseptiv vositalardan foydala-
nish, ya’ni oilada nechta farzand bolishi va ular qa-
chon dunyoga kelishi kabi muammo erkak kishilar
xayolida muhim o‘rin egallamasada, ularning bu
masalaga munosabati 0 ‘zbekistondagi maxalliy xalqlar
va avvalambor o‘zbek oilasida muhim rol uynaydi.
Xo‘sh, o‘zbek oilalarida kontratseptiv vositalardan
foydalanish masalalarini maqsadga muvofiq xal etishda
erkaklarning roli nimalarda ko‘rinadi? Bu masalaning
dolzarbligi nimada?
1. 0 ‘zbek oilasida erkak mavqei ayol mavqeiga nis-
batan yuqori bo‘lgani sababli ko‘p hollarda oiladagi
farzandlar sonini erkak kishi belgilaydi.
2. Oilada er-xotin munosabatlarida, ayniqsa, jinsiy
masalalarda endi turmushga chiqqan qiz bola uchun
erkak birinchi va aksariyat xolda yagona «ustoz»
hisoblanadi.
3. Erkaklarning muayyan guruhi paydo boigan
homila ayol salomatligiga salbiy ta’sir etishini bilmaydi-
lar, ayrim hollarda homilaning o‘zi nosog‘lom bolgan-
da ham uni bartaraf etishga ruxsat bermaydilar.
4. Erkaklarning ko‘pchilik qismi oilani rejalashtirish
maqsadida kontratseptiv vositalardan deyarli foydalan-
maydilar va buni faqat xotinlari zimmasidagi vazifa deb
biladilar.
5. Erkaklarning bu masalalarda bilimsizligi ayollar-
ning tug‘ish uchun optimal (20—35 yosh) davr doirasi-
dan chetga chiqishiga va yosh onalar o‘lim darajasining
muayyan miqdorda saqlanishiga, 40 yoshdan so‘ng
ayollar ko‘pincha majruh, zaif bolalar tug‘ishlariga
sababchi bo‘lmoqdalar.
Tadqiqotlarning tasdiqlashicha, o‘lim xavfi 15—19
yoshli ayollarda 20—35 yoshda tug‘ayotgan ayollarga
nisbatan 4—5 barobar ortiq bo‘ladi.
Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida, shu jumladan
0 ‘zbekistonda ham yoshlarda erta balog‘at yoshiga
yetishi, jinsiy faollikning o'sishi jarayoni kuzatilmoqda.
Bu jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish saviyasi bilan
bog‘liqdir. Ammo jinsiy faollikning oshishi bilan jinsiy
187
savodxonlikning ortda qolishi orasidagi tafovut kontrat-
septiv vositalardan foydalanish masalasining dolzarbligini
kun tartibiga yanada jiddiyroq qo‘ymoqda.