• F aqat b ir iltimos, ey a ziz odam , Q o y g il, qancha tu g ‘sa o ‘z i bilar, sen Tugishni orgatm a A y o l zotiga!
  • «... Balki sen osmondan tushgandirsan ham, Mayli, bilma qadrin, yetma dodiga. Faqat bir iltimos, ey aziz odam
  • Kelishdi kim gadir yo q sa — yoqm asa




    Download 5,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/97
    Sana12.06.2024
    Hajmi5,3 Mb.
    #262923
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97
    Bog'liq
    Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B

    Kelishdi kim gadir yo q sa — yoqm asa,
    H ali tili chiqm ay p a x ta terishdi.
    K uchuk boqishsinm i, bola boqm asa ?!
    A yollar yiliga tug'averishdi.
    ...B a lk i sen 
    osmondan
    tushgandirsan ham ,
    M ayli, bilm a qadrin, ye tm a dodiga.
    F aqat b ir iltimos, ey a ziz odam ,
    Q o y g il, qancha tu g ‘sa o ‘z i bilar, sen
    Tug'ishni o'rgatm a A y o l zotiga!
    M u h a m m a d Y u s u f , 1 9 8 8 y .
    Sevimli shoirimiz M uhamm ad Yusuf yuqorida 
    keltirib o'tilgan she’rida ayollarimizning gazeta, jumal, 
    kitob o‘qishga qo‘li tegmasada, yiliga tug‘averishganlari 
    va shu bilan birga pillalarni topshirib, g‘o ‘zalarni 
    chopib, boshqa hamma ishlami bajarib ulgurganliklari, 
    ‘olimlar oilani rejalashtirish chora-tadbirlarini ishlab 
    chiqqanlariga va kimlarningdir «hamma yoqni bola 
    bosib ketdi» — deganiga qaramay, « 0 ‘nta bo'lsa — 
    o ‘rni boshqa» — deb yiliga tug‘averishganini, buning 
    oqibatida «shu yurt uchun kerak bo‘lganda o‘Imoqqa 
    qodirlarning» dunyoga kelishlarini ta ’kidlar ekanlar, 
    mazkur she’rini:
    179


    «... Balki sen osmondan tushgandirsan 
    ham,
    Mayli, bilma qadrin, yetma dodiga.
    Faqat bir iltimos, ey aziz odam,
    Tug‘ishni o ‘rgatma Ayol zotiga!
    deb va bunda Ayol zotini bejiz bosh harflar bilan yoz- 
    magan.
    Darhaqiqat, Ayol zoti muqaddasdir. Shuning uchun 
    ham insoniyat o‘zi uchun muqaddas bo‘lgan har bir 
    narsani ayol nomi bilan atagan: Ona — Vatan, Ona — 
    til, Ona — xalq! Dunyodagi barcha go'zalliklar va tugal- 
    liklar, xalq san’atining eng noyob durdonalari ayollarga 
    atalgan. Hayotning mazmuni ham, lazzati ham ayol no­
    mi bilan bog‘liq. Ayol — m o‘tabar zot. U farzandga 
    hayot bag‘ishlovchi ona sifatida benazir ardoqda. «Ayol 
    fidoyilikni tushunibgina qolmay, o ‘zini fido qilishni 
    ham biladi». Hazrat Navoiy aytganlaridek: «Uyning 
    oroyishi andin, uylikning osoyishi andin». Ayol — be­
    nazir hilqat. Uning latofati, uning mehri oldida tosh 
    ham eriydi. Toshbag‘ir odamlar ham ayolga shafqat qi- 
    ladi. Agar u ayollik o ‘mida tursa.
    Xo‘sh hozirgi vaqtda barcha ayollarimizni ham «o‘z 
    o ‘mida» — deb ayta olishimiz mumkin-mi? Ular o‘z- 
    larining m a’naviy, axloqiy, ruhiy va tibbiy salomatlik- 
    lari, sog'lomligi nuqtai nazaridan «Shu m o‘min yurt 
    uchun kerak bo‘lganda o ‘lmoqqa qodir», uning istiq- 
    boli, ravnaqi, xavfsizligini ta ’minlashga tayyor munosib 
    o ‘g‘lonlami, sog‘lom avlodni dunyoga keltirish va ulami 
    komil insonlar qilib tarbiyalashga tayyormilar? Hozirgi 
    tug‘ayotgan ayollarning va tug‘ilayotgan bolalarning 
    hammasi ham sog‘lommi? Albatta, bu kabi masalalar, 
    savollar bugungi kunlarimizda, ayniqsa, bizning etnos 
    misolida juda muhim bo‘lgan muammolardan hisob- 
    lanadi. Chunki o ‘zbek oilalari ko‘p bolaliligi, ko‘p 
    avlodliligi va avlodlararo munosabatlarning mus- 
    tahkamligi bilan farqlanib turadi.
    Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida, odam­
    lar kundalik hayotining kundan-kunga urbanizat- 
    siyalashib 
    borayotgan 
    ayni 
    davrda, 
    ilmiy-texnik 
    taraqqiyot yutuqlaridan keng foydalanib borilayotgan bir 
    paytda, onalar xastaliklari, bolalar o‘limi, zaif, nogiron 
    bolalarning tug‘ilishi miqdorining ortib borayotganligi,
    180


    181


    onalar va bolalar salomatligining yomonlashuvi kabi qa~ 
    tor noxushliklarning ham kuzatilayotganligi bevosita 
    oila masalalariga, onalar va bolalar salomatligiga, 
    sog'lom onalardan sog‘lom farzandlarning tug‘ilishi 
    masalalariga alohida e’tibor berishni, yoshlami, hali oila 
    qurib ulgurmaslaridanoq ularni oilaviy hayotga har 
    tomonlama tayyorlash bilan bir qatorda, ularga oilada 
    farzandlarning dunyoga kelishi va shular bilan bog‘liq 
    masalalarga oid ilmiy asoslangan bilimlami o‘z vaqtida 
    va yuqori saviyada berishni taqozo etadi.
    Gap oilada bolalar tug‘ilishi oralig‘idagi muddat, 
    ularni dunyoga kelishini «nazorat qilish» haqida borgan- 
    da, ayrim odamlar uni oilada tug‘ilishi lozim bo‘lgan 
    bolalar sonini rejalashtirib, cheklab qo‘yishni tushunishi 
    ham mumkin. Bu: «Ayol kishiga qachon va qancha bola 
    tug‘ishni belgilab, ko'rsatib berish, o‘rgatish» — degani 
    emas. Qachon va qancha farzand ko‘rish masalasini hal 
    qilish bu birinchi navbatda, ayolning o ‘ziga havola, bu 
    ayolning huquqi, uni ayolning o ‘zi hal qilishi kerak va 
    unga hech kim o'rgatishi, ayol uchun uni belgilab, 
    chegaralab berishi kerak emas. Shoir aytganlaridek bu 
    masalada ayolga o‘rgatish kerak emas. Lekin ayollarimiz 
    bu masalani oqilona xal eta oladilarmi, ulaming ham- 
    masi ham farzandni dunyoga keltirishdek, faqat ayol- 
    ninggina qo‘lidan keladigan o ‘ta nozik masalani 
    maqsadga muvofiq xal eta olish borasida yetarli bilim- 
    larga egami? Bu bilimlardan xabardor bo‘lish, ularni 
    o ‘zlashtirish, bu boradagi maxsus adabiyotlar, gazeta- 
    jumallar o‘qish uchun ayollarimiz vaqt topa olishadilar- 
    mi? Bu kabi savollarning o ‘rinliligi yoshlami oilaviy 
    hayotga tayyorlash ishlarini tashkil qilishda ularga bu 
    masalalarga oid bilimlarni berib borishning yanada 
    dolzarblashtirib yuboradi. Shu kabi muammolarni 
    nazarda tutgan holda biz mazkur mavzuda yoshlarimiz 
    e’tiborini ushbu muammoning ijtimoiy-psixologik jihat- 
    lariga qaratishni lozim topdik.
    Oilada onalarning farzand ko‘rishi bilan bog‘liq 
    muammolarni maqsadga muvofiq xal etish masalasi 
    yuqorida to ‘xtalib o‘tganimizdek, faqat oilada tug‘ilajak 
    bolalar sonini cheklash kabilamigina emas, balki o‘z 
    ichiga kengroq masalalarni qamrab oladi. Bunda asosiy 
    e ’tibor oila farovonligini ta ’minlash, ularda ijobiy
    182


    psixologik iqlimning hukm surishi, onalar va bolalar sa- 
    lomatligini saqlash, oilalarning tom m a’noda mus- 
    tahkamligini ta’minlash kabilar nazarda tutiladi.
    Ma’lumki, onaning farzand ko‘rish yoshi, uning far- 
    zandlarining soni, bolalarning tug‘ilishi orasidagi mud- 
    dat va ona, bola salomatligi o ‘rtasida m a’lum bir 
    bog'liklik mavjud. Albatta, 16—18 yoslilarda ayol kishi 
    organizmi sog'lom farzand ko‘rish uchun xali to ‘la 
    yetilgan bo‘lmaydi. Erta farzand ko‘rish yosh ona salo- 
    matligiga ham va undan tug'ilajak bola salomatligiga 
    ham ma’lum darajada xavf tug‘dirishi mumkin.
    Homilador bo‘lish, homilani yetiltirib va bolani 
    dunyoga keltirish bilan bog‘liq jarayonlarda ona orga­
    nizmi o'zidan juda ko‘p miqdorda quw at sarflaydi, 
    «toliqadi». Ko‘zi yorgan ayol organizmi o ‘zini yana 
    to ‘liq tiklab olishi uchun, ya’ni u navbatdagi farzand 
    ko‘rishga to‘la tayyor bo‘lishi uchun, unga kamida 3—4 
    yil vaqt zarur bo‘ladi. Demak, har 3—4 yil oralig‘i bilan 
    farzand ko‘rish ona organizmi uchun ham, tug‘ilajak 
    farzand uchun ham normal muddat hisoblanadi.
    Oldingi vaqtlarda (bu haqda buvilarimiz, m o‘tabar 
    onaxonlarimiz guvohlik berishlari mumkin) onalar bo- 
    lalarini 3—4 yoshga kirgunlariga qadar ko‘krak suti bi­
    lan boqqanlar. Bu esa, bir tomondan, bolalarning ona 
    sutiga emin-erkin to ‘yib o‘sishlarini ta’minlagan bo‘lsa, 
    ikkinchi tomondan, bola emizayotgan ayolni navbatdagi 
    homiladorlikdan saqlagan.
    Ona sutining bola shaxsi shakllanishi va rivojla- 
    nishidagi ahamiyati beqiyosdir. Ona suti tarkibida, 
    ayniqsa, og‘iz suti tarkibida maxsus immunitiv garmon- 
    lar bo‘lib, ular bola organizmini har xil kasalliklarga


    qarshi kurasha oladigan, bolaning o‘z hayotining dast- 
    labki kunlaridanoq sog‘lom, baquw at bo‘lib o ‘sishini 
    ta’minlovchi hal qiluvchi omil bo‘lib hisoblangan. Ona 
    sutining yana bir bebaho xislati shundan iboratki, u 
    bolaning aqliy imkoniyatlari ortishida, ya’ni bola in- 
    tellektual koeffitsientining (IQ) yuqori b o ‘lishida 
    muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
    Agar «ayollar yiliga tug‘averishsa», ya’ni bola 3—4 oy- 
    lik bo‘lmasidanoq ona homilador bo‘lib qolgundek bo‘lsa, 
    homilador ayolning suti o‘z xususiyatini yo‘qotadi. U bo­
    la uchun zararli bo‘lib qoladi. Bunday vaziyatlarda ak- 
    sariyat onalar bolasini ko‘krak suti bilan oziqlantirishni 
    to‘xtatadilar. Oqibatda bolalar o ‘zlarining salomatligi va 
    aqliy rivojlanishi uchun eng m uhim n e’mat bo‘lmish 
    «ONA SUTI»dan bebahra qoladilar. Bu o ‘rinda nafaqat 
    onaning, balki bolaning ham manfaatini, uning salo- 
    matligini ko‘zlagan holda tug‘ilishlar o‘rtasidagi muddat- 
    ni uzaytirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
    0 ‘zining bor imkoniyatlarini oldingi bolasiga 
    «sarflab bo‘lgan» ona organizmi, bir-bir yarim yil ichida 
    dunyoga keladigan navbatdagi bolaning homilada rivoj- 
    lantirishi, uning dunyoga kelishi va hayotining dastlabki 
    kunlari, oylarida olishi lozim bolgan fiziologik, jis- 
    moniy, emotsional-psixologik quw atni bera olmaydi. 
    Bundan tashqari, hali yoshiga yetmagan bolani parva- 
    rish qilish ham onalardan ko‘p vaqt, kuch, e’tibor, 
    emotsional zo'riqishlarni talab qiladi. Yosh bola tar- 
    biyasi bilan bog‘liq ravishda ona kechiradigan salbiy 
    ruhiy emotsional holatlar, asabiylik, emotsional zo‘ri- 
    qishlar, shubhasiz, homiladagi bolaning rivojlanishiga 
    ham o ‘zining salbiy ta ’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Hali 
    to ia tiklanib ulgurmagan onalardan «yiliga tug'ilaver- 
    gan» bolalar aksariyat hollarda nimjon, nozik, har xil 
    kasalliklarga oson beriladigan bo‘lib boraveradi. Bunday 
    oilalarda onalar va bolalar o ‘limi ko'rsatkichlari ham 
    tug‘ilish(ar oralig‘idagi farq 3—4 yil bo‘lgan oilalardagi- 
    ga qaraganda ko'pchilikni tashkil qiladi.
    Yuqorida keltirib o ‘tOgan kabi dalillarning mavjudli- 
    gi, shubhasiz, bu masalalarni to ‘g‘ri yo‘lga qo'yish, bu 
    borada nafaqat ayollarnigina emas, balki erkaklarni, 
    ayniqsa, nikoh qurish yoshidagi yoshlarni oilaviy hayot- 
    ga maxsus tayyorlash, ularni oilada farzandlar tug‘ilishi
    184


    orasidagi muddat va shart-sharoitlar masalalari bo- 
    rasidagi tegishli ilmiy asoslangan bilimlar bilan o ‘z 
    vaqtida qurollantirishni taqozo etadi.
    Umuman olganda, bu masala kecha yoki bugun 
    paydo bo‘lgan muammo emas. U insoniyat tarixi, 
    nikoh-oila munosabatlarining yuzaga kelish tarixi bilan 
    bog‘liq bo‘lgan ko‘hna muammolardan biridir.
    Nikoh-oila munosabatlari tarixiga oid adabiyotlarda 
    qayd etilishicha, ilk ibtidoiy jamoa tuzumlari davrlari- 
    dayoq oilada jinsiy hayotning psixo-gigienik qoidalarga 
    amal qilishning o ‘ziga xos usullari mavjud bo‘lgan. 
    Masalan, ushbu qo‘llanmaning nikoh-oila munosabat­
    lari evolyutsiyasi masalalariga bag‘ishlangan ikkinchi 
    mavzusida qisman to ‘xtalib o ‘tganimizdek, oilaviy 
    munosabatlarning ijtimoiy boshqarila boshlanishining 
    m a’lum bir bosqichlarida, turlicha tabular (taqiqlashlar) 
    mavjud bo‘lgan. Bundan bir necha o‘n minglab yillar 
    muqaddam, poligam oilalarda hukm surgan shunday 
    tabulardan biri, qabilaning 
    a’zosi bo‘lmish emizikli 
    ayol bilan jinsiy hayot kechirishni taqiqlashga qaratilgan 
    tabudir. Buning boisi shundan iborat bo‘lganki, u davr- 
    larda qabila a’zolarining asosiy tirikchilik manbai ovchi- 
    lik bo‘lgan, erkaklar, asosan, ovchilik bilan shug‘ullanib 
    o‘z o‘ljalari bilan qabila a’zolarini boqishganlar. U davr 
    odamining tushunishicha, agar erkak kishi ovga chiqish- 
    dan oldin emizikli ayol bilan jinsiy hayot kechirsa, unga 
    sut hidi yuqib qoladi, sut hidi esa ov vaqtida shu ovchi 
    va uning sheriklari turgan joyga boshqa yirtqichlarni 
    «chaqirishi» mumkin, oqibatda ovga chiqqan erkaklar- 
    ning o ‘z!ari boshqa bir yirtqichroq hayvonga o‘lja bo‘lib 
    qolishlari mumkin. Shuning uchun ham ibtidoiy davr- 
    larda emizikli ayollar bilan jinsiy hayot kechirish 
    taqiqlangan. Bu esa o ‘z navbatida oilada farzandlar 
    tug‘ilishi bilan bog'liq shart-haroitlarni yaratishning 
    o‘sha davrlardagi o ‘ziga xos qonunlari — «Tabiiy tanla- 
    nish» va «Yashash uchun kurash» ta ’siri ostida shakllan- 
    gan usullaridan bo‘lgan. Bu haqiqatan ham, ilk ibtidoiy 
    odamlarning avloddan avlodga, nasldan naslga rivoj- 
    lanib, takomillashib borishini ta ’minlovchi asosiy omil 
    bo‘lib xizmat qilgan. Chunki shu tabular tufayli onalar 
    bolalarini ular to 3—4 yoshlarga kirib, o‘zlari mustaqil 
    ozuqa topib yashab /yashash uchun kurashib/ ketgunla-


    riga qadar ko'krak suti (ona suti) bilan oziqlantirishga 
    «majbur bo'lganlar». Bu esa onalarning ham, bolalar- 
    ning ham avloddan avlodga sog‘lomlashib, takomil- 
    lashib borishlarini ta’minlagan ilk ijtimoiy omillardan 
    biri bo‘lgan. Keyinchalik insoniyat jamiyati taraqqiyoti, 
    ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi, turli insoniy 
    xulq-atvor me’yorlarining yuzaga kelishi va shakllanishi 
    bilan birga, bu masalaga oid talablar, me’yorlar, ularga 
    nisbatan bo‘lgan munosabatlar ham takomillashib bo- 
    raverdi. Shuningdek, bu masala Qur’onda ham o‘z ifo- 
    dasini topgan. Ya’ni, 2-sura 233-oyatda yozilishicha: 
    «Ona farzandini ikki yildan kam bo‘lmagan muddatda 
    ko‘krak bilan boqishi shart». Bu esa bir tomondan, ona 
    organizmming homiladorliklar orasida to‘liq tiklanish 
    imkonini bersa, ikkinchi tomondan, bolani ko‘pgina 
    kasalliklardan saqlanishini ta’minlagan.
    Albatta, hozirgi vaqtga kelib, bolalarning tug‘ilishi va 
    ular orasidagi davmi shu tug'ilajak bolaning ota-onasi, 
    birinchi navbatda onasi, ayol kishi xohlaganidek tashkil 
    qilishning o'ziga xos ijtimoiy qabul qilingan an’anaviy 
    va zamonaviy usullari, vositalari mavjudki, ular dunyo 
    miqyosida keng qo'llanilib kelinmoqda.
    Kutilmagan homiladorlikdan saqlanishda foydalani- 
    ladigan vositalar kontratsentiv vositalar deyiladi. 
    Ularning an’anaviy va zamonaviy usullari farqlanadi. 
    Hozirgi vaqtda turli ommaviy axborot vositalari, keng 
    ommaga mo'ljallangan ko'plab ilmiy-ommabop, ilmiy- 
    uslubiy qo’lianmalar, risolalarda, tibbiy adabiyotlarda 
    kontratseptiv vositalar haqida muntazam materiallar 
    berib bormoqdalar. Ularni yanada kengroq targ‘ib qihsh 
    uchun «Qizil olma» kabi reklama-targ‘ibot xizmatlari 
    keng yo‘lga qo‘yilgan.
    Kutilmagan xomiladorlikdan saqlanishning an’anaviy 
    usullariga hayz siklini nazorat qilish (davriy seksual ab- 
    stensiya), bola emizish (laktatsiya), jinsiy aloqani oldin- 
    dan to’xtatish kabilar kiradi. Zamonaviy usullarga pre- 
    zervativlar, diafragma va servikal qalpoqchalar, sper- 
    matsit vositalar va garmonal saqlanish vositalari kiradi. 
    Bu usullaming har birini o‘ziga xos afzalliklari va nuq- 
    sonlari mavjud. Quyida ularning ayrimlari haqida 
    ma’lumot beramiz.
    186



    Download 5,3 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   97




    Download 5,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kelishdi kim gadir yo q sa — yoqm asa

    Download 5,3 Mb.
    Pdf ko'rish