nisbatan ishonchsiz ekanligini ko‘rsatdi. Shuni e’tiborga
olgan holda yuqori samaraga erishmoq uchun oilada er-
xotinlarning birgalikda davriy
ravishda jinsiy aloqadan
voz kechib turishi lozim bo‘ladi. Bu holat esa insondan
o‘ta talabchan va ruhiy turg‘un bo‘lishini talab etadi.
Tavsivalar: Yuqorida keltirilgan usullardan ayollar-
ning to‘g‘ri foydalanishlari uchun ularga to ‘g‘ri maslahat
berish lozim. Bu usul to ayollar o ‘zlarida ovulyatsiya,
ya’ni urug‘lanish ehtimoli yuqori bo‘lgan kunlarni adash-
may hisoblay olgunlariga qadar samara bermaydi.
Homiladorlikdan saqlanishning an ’anaviy
usullarining
samarasini oshirish uchun aralash usullardan foydalanish,
ya’ni bir vaqtning o‘zida erkak va ayollar uchun m o’ljal-
langan mexanik vositalami qo‘llash maqsadga muvofiqdir.