Libido, ereksiya va friksiya bosqichlari
Jinsiy hayotda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bos-
qichlar quyidagilardan iborat: libido — xohish-istak,
hirsning yuzaga kelishi; ereksiya — qo‘zg‘alishning
yuzaga kelishi; friksiya — jinsiy aloqa paytidagi harakat-
lar, orgazm; refrakter bosqich. Bu bosqichlar jinsiy
aloqaning muhim tarkibiy qismlari bo‘lganligi uchun
ularning ayol va erkaklarda o ‘ziga xos ifodalanishi,
xususiyatlari ustida to ‘xtalib o ‘tamiz.
Libido qarama-qarshi jinsga bo‘lgan intilish, m a’lum
shaxs bilan jinsiy yaqinlik qilish istagi erkaklarda ayol-
larga nisbatan osonroq, tezroq yuzaga keladi.
Libidoning ayollarda birmuncha kech paydo bo‘lishi
his-hayajonning sust
yuzaga chiqishi erkaklarga nis
batan birmuncha kuchsiz va davomliroq bo‘ladi, bunga
ularning hissiyotiga psixologik komponentning fiziologik
komponentga nisbatan ustunligi sabab bo‘ladi.
Ereksiya bosqichi — qo‘zg‘alishning yuzaga kelishidan
boshlanib, jinsiy aloqaga tayyorlangunga qadar bo'igan
vaqtni o ‘z ichiga oladi. Bu bosqichda ayol jinsiy organ-
larida bir qator o‘zgarishlar yuzaga keladi; qin namlanadi,
klitor (jinsiy organlarning qon bilan ta ’minlanishining
kuchayishi hisobiga), katta va kichik uyatli lablar katta-
lashadi, sekretsiya bezlari, ayniqsa, jinsiy a’zo bezlarining
ishi zo'rayadi, tana qiziydi, ba’zan ten shilliq qavati qizaradi va
boshqa shunga o‘xshash holatlar paydo bo‘ladi.
Erkaklarda ereksiya paytida jinsiy a’zoga qon kelishi
ko‘payadi, uchta g‘ovaksimon tanachaning qon bilan
ta’minlanishi hisobiga jinsiy olat 3—4 barobar katta-
lashadi va nihoyatda taranglashadi. Olatning bunday
kattalashishi, uning qon bilan ta ’minlanishiga, aniqrog'i
qon tomirlarining qayerda joylashishiga bog'liq bo'la-
201
di. Barcha organlarda arteriya chuqurroq, vena yuzaroq
joylashgan bo‘lsa, olatda buning aksi bo‘ladi. Arteriya
yuzaroq joylashgan bo‘lib, venaning chuqurroq joy-
lashishi natijasida g‘ovaksimon tanachalar qonga to£lib,
venani qisib qo£yadi va shuning hisobiga qonning ve-
nadan yurishi qiyinlashadi, bu esa jinsiy a ’zoni yana
shishiradi hamda uning bir necha bor kattalashib, n i
hoyatda taranglashishiga olib keladi. Ereksiya bosqichi-
da libido juda ham kuchayadi.
Ereksiya bosqichi erkaklarda ayollarga nisbatan qisqa
vaqtni tashkil etadi, chunki ular birmuncha tez va oson
qo‘zg‘aladi. Hatto ba’zan olatning shunchaki ishqala-
nishining o‘zidayoq beixtiyor ereksiya holati yuzaga
keladi. Ba’zan m a’lum birorta ayolni ko‘rgandayoq,
jinsiy aloqa istagini o ‘ylash yoki biror tanish, yoqimli
hidning sezilishi ham ereksiya paydo qilishi mumkin.
Ayollarning aksariyatida ereksiya ko‘p vaqt talab qiladi,
erkaklarga o£xshab, beixtiyor erkak kishini ko‘rgandayoq
yuzaga kelavermaydi, chunki ularda psixologik kompo-
nentning ustunligi ereksiyaga ham o ‘z ta ’sirini ko‘rsatadi.
Ayollarda ereksiya paydo bo‘lishi, erkakning shirin
gapirishiga, silab-siypashiga, joyning bexavotir bo‘lishi-
ga, erkakning bo£salar olib, erogen zonalarni silashiga,
badanning va o £rinning tozaligi va
xushbo£yligi kabi
boshqa ko£pgina sabablarga bog£liq bo£ladi. Bu albatta,
erkak kishiga ham taalluqlidir, lekin ayol uchun bu hal
qiluvchi ahamiyatga ega.
Ereksiya bosqichida hirs qo£zg£alishi bilan erkaklar
ayollardan farq qiladilar, ya’ni erkak kishi iloji boricha
hirsini tezroq qondirishga harakat qiladi, ayol kishi esa
bu vaqtni mumkin qadar cho£zadi, jinsiy aloqani bosh-
lashga shoshilmaydi, chunki ayollar bu vaqt qanchalik
cho£zilsa, shuncha ko£p lazzatlanadilar.
Buni yigitlar yaxshi bilishlari va jinsiy aloqada hisob-
ga olishlari kerak. Ayolda ereksiya bosqichi to ‘liq
o £tmaguncha, qo£zg£alish intihosiga yetmaguncha erkak
kishi jinsiy aloqani boshlamasligi kerak. Ayolda ereksiya
to £la bo'lmasa, qin hali namlanmagan bo‘lsa, bu har xil
og£riqlarga sabab bo‘lishi mumkin. Ayolda ereksiya
toliqligini va jinsiy aloqaga juda moyilligini ayol kishi-
ning xatti-harakatidan bilib olsa bo£ladi.
Friksiya — kopulyatsiya (friksion harakatlar) bos-
202
qichi olatning qinga kirishi va friksion harakatlarning
boshlanishidan to orgazm — nihoyatda lazzatlanish
yuzaga kelgungacha bo‘lgan vaqtni o ‘z ichiga oladi.
Friksion harakatlar odatda 1,5—2 minutdan 6 minut-
gacha davom etadi va asosan
orgazm bilan tugaydi.
Agar erkak m e’yorida muntazam jinsiy hayot kechirib
yursa, orgazmni 1,5—2 minutdan oldin sezsa, bu jinsiy
zaiflik belgisi hisoblanadi. Agar ayolda qo‘zg‘alish va
ereksiya to‘liq o‘tishiga hamda friksion harakatlar 6—
10 minut davom etishiga qaramay, orgazm yuzaga kel-
masa, buni jinsiy sovuqlik, frigidlik deb hisoblash kerak.
Bunda ayolning bo‘yida bo‘lib qolishdan qo‘rqayotgan-
ligini, qayerda va qay sharoitda jinsiy aloqa qilinayot-
ganligini va boshqa sabablami, albatta, hisobga olish
zarur. Shuningdek, jinsiy hayotni endi boshlagan va hali
orgazm tuyg‘ularini umuman his etmagan ayollar bun
dan mustasno. Shuning uchun ham yuqorida aytib o ‘til-
ganlar barcha ayollarga taalluqli emas.
Friksion harakatlarni ko‘pchilik faqat erkaklar
funksiyasi sifatida tasaw ur etadilar, vaholanki, bunday
harakatlar ayollar tom onidan ham bo ‘Isa orgazmga
yetishish osonlashadi, ta’siri ortadi. Jinsiy aloqani emot
sional idrok qilish erkakda ham, ayolda ham nihoyat
da kuchayishiga olib keladi. Friksion harakatlar to ‘g‘ri,
spiralsimon va aylanasimon bo‘lishi mumkin.
Umuman qinning torligi, friksion harakatlarning har
xil bo‘lishi, tezligi va erogen zonalarni silab — siypash
orgazmni tezlashtiradi. Bu davrda erkak kishi ayol
kishining mayl-istagiga qarashi kerak. Shundagina ayol
kishi jufti bilan bir vaqtda lazzat oladi va butun vujudi
erib, butun vujudi bilan o'zini baxsh etadi. Hatto jin
siy aloqa tugagandan keyin ham har ikkalasi qoniqish
hosil qilib, yengil tortadi.
Orgazm
Ilmiy dalillarga ko‘ra, oilaviy hayotning dastlabki
uch oyida ayollaming 22, birinchi yilning oxiriga kelib
42,5, yil davomida — 72, o ‘n yil yashaganda 89 foizi
orgazmni his etadi. Ba’zi ayollar tug‘ma frigid, ya’ni
tug‘ma jinsiy sovuq bo‘ladilar. Bunday ayollar orgazm
ni his eta olmaydilar Frigidlik ko‘p hollarda jinsiy alo-
203
qaga va oilaviy hayotga, bola ko‘rishga mutlaqo ta ’sir
qilmaydi. Biroq er-xotin o‘rtasidagi janjallarga sabab
bo'lishi mumkin, chunki erkak tez-tez jinsiy aloqa qilib
turishni istasa, orgazm nimaligini tushunmaydigan ayol
jinsiy aloqaga birmuncha befarq qaraydi va ko‘pincha
ko‘nmaydi. Bu o ‘z navbatida er-xotin o ‘rtasiga sovuq-
lik solishi mumkin. Ba’zi ayollar o ‘zlarining frigidlik-
larini tan olmasdan, erlarini qondirolmashkda ayblasha-
di. Bunday noto'g'ri fikr ba’zi (maxsus adabiyotlardan
ko'p o'qib, orgazm his etishni nihoyatda istagan) ayol-
laming o'zga erkak bilan jinsiy aloqa qilib ko'rishga,
eriga hiyonat qilishiga sabab bo'lishi, oilaning buzilib
ketishiga olib kelishi mumkin.
Lekin ko‘pincha uzoq yillar sistemali jinsiy hayot
kechirib yurishiga qaramay, bir necha yildan so‘ng ham
ayol orgazmni his etmaydigan bo‘Isa, endi bu erkakning
o ‘ta savodsizligi bo'ladi. Erkaklar iloji boricha tezroq
hirslarini qondirishga ко‘p harakat qiladilar, ayolni jinsiy
aloqaga yetarlicha tayyorlamasdan turib harakatga
kirishadilar. Bunday erkaklar faqat o'zlarini o‘ylashadi,
xolos. Bu albatta, yaxshi emas. Ayol esa endigina
qo‘zg‘alganicha qolib ketaveradi. Bunday ahvol doimiy
ravishda davom etaveradigan bo ‘lsa, ayolda nevrozlar
kelib chiqishi yoki yuqorida aytganimizdek, eriga xiyonat
qilishi mumkin. Shu sababli, ko'pgina seksopatologlar
iborasi bilan aytganda, frigid ayollar sonini sun’iy ravish
da oshiradiganlar jinsiy savodsiz, o ‘ta xudbin erkaklardir.
Ba’zi erkaklar ayol rozi bo'lgandan keyin, u ham rohat
qiladida, deb o'ylaydilar. Ayol organizmining o'ziga xosli-
gi ularni mutlaqo qiziqtirmaydi, bu haqda o'ylab ham
ko'rishmaydi. Shu bois ayol erining og‘ushida bo'lganida
eng lazzatli his-tuyg‘ulardan mahrum bo'ladi.
Erkaklarning deyarli hammasida orgazm bo'ladi,
ular uchun ayollar kabi m a’lum vaqt muddat va max
sus tayyorgarlik shart bo'lmaydi. Orgazm jinsiga (ayol
lar va erkaklar organizmi), joyiga ko'ra (klitor, qin),
turiga ko'ra (bir marta, ko'p marta, qisqa muddath,
uzoq muddatli, to'lqinsimon), jadalligiga ko'ra (kuchli,
o'rtacha, kuchsiz), bosqichlariga ko'ra (I bosqich, II
bosqich, III bosqich), ekspressivligiga ko'ra (kuchsiz,
o'rtacha, kuchli) bo'lishi mumkin.
Quyida orgazmni batafsil ko'rib chiqamiz.
204
Jinsiga ko‘ra ayollar orgazmi va erkaklar orgazmi
mavjud. Bunday bo‘linish va ularning alohida ko‘rib
chiqilishi bejiz emas, chunki erkak va ayollarda orgazm
birm uncha farq qilib, o ‘ziga xos xususiyatlar bilan
kechadi. Ayollar orgazmi uch bosqichdan iboratdir:
1-bosqichda ayol qornining quyi qismida «vaznsiz-
lik» tuyg‘ulari paydo bo‘lib, bu tuyg‘ular klitorga va
jinsiy organning boshqa qismlariga tarqaladi.
2-bosqichda ayol jinsiy organlarida yoqimli va ha-
yotbaxsh issiqlik his etadi va bu issiqlik butun badanga
tarqaladi. Bu bosqichning oxirida o ‘ziga xos turtki his
etiladi va bu turtkidan so‘ng jinsiy organlar hamda
atrofdagi organlarda ixtiyorsiz ravishda muskullarning
qisqarishi boshlanadi. Bu hislami tug'ruqni boshidan
kechirgan ayollar tug‘ruqdan oldingi to ‘lg‘oqqa o‘x-
shatadilar.
3-bosqichda yuzaga kelgan issiqlik qin, bachadon,
dumba muskullarining kuchli va ritmik qisqarishi bilan
almashinadi. Bunday ritmik qisqarish, meditsina tilida
aytganda, toz pulsasiyasi deyiladi. Bu bosqichda ayol
hayotida biror his-tuyg‘u bilan solishtirish qiyin bo‘lgan
eng kuchli va lazzatli organik hislami sezadi. Orgazm
o ‘z kulminatsion nuqtasiga yetadi.
Toz pulsatsiyasining soniga (bitta orgazmdagi) qarab
ayollar orgazmining intensivlik darajasini, kuchini
aniqlash mumkin.
Toz pulsatsiyasi 3—5 gacha yetsa, intensiv bo‘lma-
gan, kuchsiz orgazm hisoblanadi. 5—8 gacha
yetsa,
o ‘rtacha intensivlikka ega bo‘lgan normal orgazmga ki
radi, agar toz pulsatsiyasining soni 8—12 gacha yetsa,
intensiv orgazm hisoblanadi, agar undan ortiq bo‘lsa,
nihoyatda intensiv orgazm hisoblanadi.
Yuqoridagi raqamlarga asosan (agar xulosa epizodlik
aloqalardan olingan bo‘lsa), konkret ayolning bir yoki
ikki m arotaba jinsiy aloqada boTishi va shundagi
ko‘rsatkichlariga asosan uning jinsiy imkoniyatlarini
yoki bu ayolga xos orgazmni aniqlash ko‘pgina xato
xulosalarga olib kelishi mumkin. Chunki bitta ayolning
o ‘zi m a’lum kishi bilan m a’lum sharoitda intensiv
orgazmni his etsa, o‘zga kishi bilan orgazmi kuchsiz
|