Nikohdan tashqari munosabatlarning kelib




Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/97
Sana12.06.2024
Hajmi5,3 Mb.
#262923
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97
Bog'liq
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B

Nikohdan tashqari munosabatlarning kelib
chiqish sabablari
Keyingi yillarda nikohdan tashqari jinsiy munosabat­
larning birmuncha ko‘payganligi kuzatilmoqda. Shuning 
uchun uni keltirib chiqaradigan asosiy sabab va omillar 
ustida qisqacha to ‘xtalib o ‘tishga harakat qilamiz. Chunki 
har bir ko‘ngilsiz oqibatni bartaraf etish, uning oldini 
olish aw alo uni keltirib chiqaradigan sababni bilishga 
bog'liqdir. Sabablar esa quyidagilardan iborat.
208


1. Turmush o ‘rtog‘i bilan jinsiy hayotdan qoniqmaslik:
■ ehtiyojlarning mos kelmasligi;
■ bilim, ko‘nikma va malakalar orasida katta ta­
fovut mavjudligi;
■ turmush o ‘rtog‘ining 
kasalligi, erkakdagi jinsiy 
ojizlik, ayollarda uchraydigan frigidlik — jinsiy 
sovuqlik va hokazolar.
2. Turmush o ‘rtog‘iga nisbatan muhabbat hislari (sim- 
patiya yoki umuman, qarama-qarshi jins vakillariga 
nisbatan bo‘ladigan ijobiy hislar) ning yo‘qligi;
■ majburan turmush qurish (turmushga chiqish yoki 
uylanish);
■ moddiy qiziqish, boylikka uchib oila qurish;
■ sovchilar orqali shoshilinch oila qurish.
3. Turmush o ‘rtog‘idan to‘yinish. Bu hoi 
turmush 
qurgandan so‘ng 2—3 yil o ‘tgach ortadi. Ko‘pincha 
bu turmush o‘rtog‘ming jinsiy hayotga ijodiy yon- 
doshmasligi asosida yanada kuchayishi mumkin.
4. 0 ‘zga ayol yoki o‘zga erkakni sevib qolish natijasida.
5. Moddiy, iqtisodiy, ish yuzasidan tobeligi asosida 
sodir bo‘ladigan xiyonat (masalan, kotibalar o ‘z 
boshliqlari bilan, yosh artistlar aktyorlar rejissyor- 
postanovkachi, badiiy rahbar bilan, aspirantlar ilmiy 
rahbarlari bilan).
6. Ilgarigi do'stlari bilan bo‘ladigan xiyonat.
7. Spirtli ichimliklar ta’sirida ro‘y beradigan xiyonat.
8. Begona bilan aloqa qanday boMishiga qiziqish nati­
jasida ro‘y beradigan xiyonat.
9. Bir-biriga achinish natijasida ro'y beradigan xiyonat. 
Bunday hollarda erkak kishi hayotidan, oilasidan, 
xotinidan nolib o‘zini bevafo xotinning va baxtsiz 
taqdirning qurboni qilib ko‘rsatadi va o'zga ayolda 
o ‘ziga nisbatan achinish hislarini paydo qiladi. 
Shunda ayol erkakka achinsa, rahm qilsa, erkak il- 
timos qilsa xiyonatga osongina qo'l uradi.
10.0 ‘zining kimligini o ‘zgalarga 
ko‘z-ko‘z qilish, 
ko’rsatib qo‘yish tufayli ro‘y beradigan xiyonat. 
Bunda shaxs do‘stlari orasida obro' — orttirishni 
maqsad qilib qo‘yadi va ko‘zlagan kishisini o ‘ziga 
jazman qilib oladi. Bunday kishi uchun jazmanning 
estetik tomonlari emas, balki ularning soni muhim 
hisoblanadi. Ba’zi shaxslar hatto maxsus bloknot
209


tutib, qancha jazman bilafv birga bo‘lganini ham 
hisobga olib borishadi.
11. Oiladagi psixologik kelishmovchilik oqibatida er yo­
ki xotin bir-biridan soviy boshlaydi. Shunda ulardan 
biri yoki ikkalasi ham xiyonat yo‘liga kiradi.
12. Erning xotiniga yoki ayolning eriga jahl qilishi, 
alamini olish maqsadida o ‘zga odam bilan birga 
bo'lishi. Bu mazmunan psixologik kelishmovchilik- 
larning bir ko‘rinishi bo‘lsa-da, keltirib chiqargan 
sabablari bo'yicha tubdan farq qiladi
13. 0 ‘ziga xos axloqiy 
qarashlar asosida yuzaga ke- 
ladigan xiyonat. Oilada o ‘zini nihoyatda erkin 
tutish va xohlagan 
vaqtda xohlagan odami bilan 
jinsiy aloqada bo ‘lish va bu ishga tabiiy hoi 
sifatida qarash. Bu qarashlar ko'pincha yoshlik- 
dan, yaqin kishilari ta ’sirida shakllanadi va oila 
qurgandan keyin ham uning xulq-atvoriga o'zining 
ta ’sirini 
ko'rsataveradi. Bu ko‘proq erkaklarda 
uchraydi. Shahar sharoitida esa ayollar o'rtasida 
yetarlicha kuzatiladi. Buning ikki xil: yashirin va 
oshkor ko‘rinishlari mavjud.
14. Er yoki xotindan birining uzoq muddat oiladan 
chetda yashashi, ularning birga bo'lmasliklari, har- 
biy xizmatda, uzoq joylarda komandirovkada 
bo'lishi, qamoqda bo'lishi va boshqalar.
15. Yoshlikdagi muhabbat hislari asosida.
16. Farzand ko'rish maqsadida ( agar er yoki xotindan 
biri shunday xususiyatdan mahrum bo'lsa).
17. Bo'sh vaqtini «yaxshi kayflyat» bilan o'tkazish istagi 
asosida.
18. M a’lum sirning ochilishdan qo'rqib, sirni ochishi 
mumkin bo'lgan shaxs bilan majburan birga bo'lish 
va boshqalar.
Xiyonatni oson yuzaga keltiruvchi omillarga quyidagilar 
kiradi:
1. Demografik omil. M a’lum joylarda jinslar orasidagi 
muvozanatning keskin farq qilishi, ya’ni «kuyovlar 
shahri» yoki «kelinlar shahari»ning mavjudligi.
2. Katta 
shaharlardagi 
anonim 
hayot 
kechirish 
(ayniqsa, boshqa shahar va qishloqlardan kelgan- 
lar uchun).
3. Alkogol va narkotik moddalar iste’mol qilish.
210


4. Jinsiy hayot masalalari va jins psixofiziologiyasi 
bo‘yicha savodsizlik yoki bilimlarning quyi saviyada 
ekanligi.
5. Keskin ifodalangan jinsiy disgarmoniya.
6. Uzoq vaqt ayriliqda yashash.
Umuman olganda, xiyonat, vafosizlik qilish shaxsning 
m a’naviy pastligi, tarbiyasizligi, axloqiy buzuqligi 
natijasidir.
211



Download 5,3 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   97




Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish