Jinsiy hayot masalasi barcha millat xalqlarini qiziqtirib
kelgan. Chunki insoniyat paydo bo‘libdiki, bu masala
hayotiy ehtiyoj hisoblanadi. Xususan, hozirgi kunlarda
jinsiy tarbiya, erkak va ayol o ‘rtasidagi
munosabat
masalalari jiddiy ahamiyatga molik bo‘lib qoldi. Shunga
qaramay, bu masalaga oid ilmiy ommabop risolalar каш,
bolganda ham juda oz nusxada chop etiladi va ko‘pchilik
odamlar ulardan bahram and bo'la olmaydilar. Buning
ustiga yoshlarga jinsiy tarbiya, jinsiy hayot masalalaridan
ta’lim berishi kerak bo‘lgan o‘qituvchilar va ota-onalar
ning o ‘zlari bu masalada deyarli savodsizdirlar. Eng
yomon tomoni shundaki, ota-onalar, qarindosh-uruglar,
hatto murabbiylar yoshlar bilan bu borada gaplashishni
hayosizlik, sharmandalik deb hisoblaydilar. Shubhasizki,
bunday noto‘g‘ri tushunchalar jinsiy tarbiyaning to ‘g‘ri
olib borilishiga to ‘sqinlik qiladi.
Biz ushbu bobda mana shu masala ustida to ‘xtalib
o‘tishni lozim topdik.
M a’lumki, jinsiy tarbiyada sharm-hayo, odob-axloq
tushunchalari muhim rol o ’ynaydi. 0 ‘zbek xalqi azaldan
andishali, sharm-hayoli va odob-axloq bobida ko‘pgina
xalqlarga o ‘rnak b o lib keladi. Xususan, er-xotin bolalar
oldida nihoyatda ehtiyotkor bo‘lishadi.
Er-xotin o ‘rtasidagi jinsiy munosabatlarda ana shu
odat-o‘ta ehtiyotkorlik qilish foyda o ‘rniga zarar kelti-
radi, chunki bola o ‘zi juda-juda qiziqqan savollariga
ota-onasidan javob ololmay, boshqa yo‘l qidiradi, jinsiy
hayot masalasida «bilimdon» bolgan odamlardan no-
to ‘g‘ri ma'lumot oladi. Keyinchalik bolada shakllangan
ba’zi buzuq tushunchalarni uning hayot mobaynida
to ‘g‘rilashi nihoyatda qiyin bo‘ladi. Qizig‘i shundaki,
biz bolalarni yoshligidan har bir narsaga — yurishga,
yozishga, o‘qishga o ‘rgatamiz. Biroq hayotimizda ni-
\ hoyatda katta ahamiyatga ega bolgan, birmuncha mu-