Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari




Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/97
Sana12.06.2024
Hajmi5,3 Mb.
#262923
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   97
Bog'liq
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B

Prezervativ
Prezervativ faqat bir martagina ishlatilishi shart. Jinsiy 
aloqa vaqtida prezervativ yirtilib ketsa, ayol darhol qin 
ichini kuchsiz kislotali eritma (achigan sut, sirka, limon 
kislotalari) bilan yuvib tashlashi lozim. Ushbu usulning 
samarasi spermitsidlar bilan birgalikda qo‘llanganda orta­
di.
Hozirgi vaqtda 
ishonchli va samarali bo ‘lib 
hisoblangan homiladorlikdan saqlanish usullaridan yana 
biri — bu erkak va ayollar uchun m o‘ljallangan prezer- 
vativlardir. Ulardan ko‘proq rivojlangan mamlakatlarda 
foydalanishadi. Ayniqsa, OITS (SPID) 
kasalligining 
butun dunyo miqyosida keng tarqalganligi natijasida bu 
usuldan foydalanuvchilar soni kun sayin ortib bormoq- 
da.
Ta’sir qilish mexanizmi: Ayol qiniga spermatozoid- 
ning kirishiga to ‘sqinlik qilish uning asosiy mexanizmi 
bo‘lib hisoblanadi. Prezervativlar lateksdan ishlangan 
bo‘lib, ko‘pchiligi spermitsid bilan (shahvatni o‘ldiradi- 
gan modda) shimdirilgan bo‘ladi. Ular erkaklarning 
olati taranglashganidan keyin kiygiziladi. Ayollarga ish- 
latiladigan prezervativlar esa bevosita jinsiy aloqadan 
oldin qin ichiga tiqib qo‘yiladi.
Samarasi va afzaUiklari: Homiladorlikdan saqlanish-
191


dan tashqari, jinsiy aloqa orqali yuqadigan turli kasal- 
liklar, xususan, OITSdan himoya vositasi ham bo‘lib, u 
yetarli darajada ishonchli va afzal usuldir. Ular arzon, 
ishlatish uchun qulay, organizmga zararli ta ’siri 
bo‘lmaydi.
Kamchiliklari: Prezervativlar jinsiy faollikni o ‘zgar- 
tirib, jinsiy qoniqish hissini kamaytirishi mumkin. 
Ishlatilgan prezervativdan qayta foydalanish aslo 
mumkin emas.
Noxush ta ’sirlari: Qin shilliq devorining yallig‘lanish 
ehtimoli bo‘lishi mumkin.
Tavsivalar: Har qaysi ayol va erkak, biron-bir tanosil 
kasalligiga duchor boTgan bo‘lsa, yoxud bittadan ortiq 
ayol bilan jinsiy aloqada bo‘lib tursa, unda lateksdan 
qilingan yuqori sifatli 
prezervativlardan foydalanishi 
kerak.

Download 5,3 Mb.
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   97




Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish