|
Kontratseptiv vositalardan foydalanishga qaysiBog'liq Oila psihologiyasi. Shoumarov G.BKontratseptiv vositalardan foydalanishga qaysi
omillar ta’sir qiladi?
Birinchidan,
erkak va ayollaming anatomo-fiziologik
xususiyatlari orasidagi tafovut. Tanasi boshqa dard bilmas,
deydi xalqimiz, ya’ni homilani qornida 9 oy davomida
erkaklar olib yurmasliklari, homiladorlik bilan bog‘liq
bo‘lgan turli boshqorong‘iliklarning va ayrim patologik
holatlami, to ‘lg‘oq va tug‘ish jarayonidagi og‘riq hislarini
boshdan kechirmasliklari, shuningdek, oilasiz bo‘la turib
homilador bo‘lib qolish va u bilan bog‘liq muammolardan
xoli ekanliklari, kontraseptiv vositalardan foydalanish,
tasodifiy homiladorliklarning oldini olish, kutilmagan
homilani yuzaga keltirmaslik, ona salomatligi, bola
baquwatligi maqsadida intergenetik intervallarga e’tibor
berish kabilar aksariyat erkaklar uchun katta ahamiyat
kasb etmaydi. Bu masalalarga aksariyat erkaklar yengil va
beparvolik bilan qaraydilar.
Ikkinchi dan,
o ‘zbek va boshqa mahalliy millatga
mansub oilalarda jinsiy tarbiya, jinsiy hayot, homilador
lik, uni tartibga solish homila va ona salomatligini
ta’minlash shartlari, ona yoki farzand salomatligi uchun
maqsadga muvofiq, ba’zan esa xavfli bo‘lgan homi-
ladorlikning oldini olish ota-ona va farzandlar orasida
muhokama qilinmaydi, bu — uyat deb bilinadi, kattalar
tom onidan yoshlarga bu masalalar bo'yicha zarur
m a’lumotlar berilmaydi. Aksincha, bu mavzularga oid
adabiyotlar, aksariyat holda, farzandlar qo‘lidan olib
qo‘yiladi.
Uchinchidan,
yoshlarga barcha soha bo‘yicha ma’lu-
mot berishda maktab dasturidagi anatomiya va
fiziologiya fanidagi elementar bilim bilan cheklaniladi.
Oqibatda yoshlar o ‘zlari uchun nihoyatda zarur bilim-
lami oiladan ham, maktabdan ham ololmaydilar. Jinsiy
savodsizlik, natijada avloddan avlodga o‘tadi. Chunki
har bir yosh jinsiy tarbiyani o ‘z oilasida qanday olgan
bo‘Isa, katta bo‘lganda o‘z farzandlariga nisbatan shun-
day beradi, xolos.
188
|
| |