Chunki hech kimga sir emaski, bugungi kuiula yoshlar-
ning kattalashuvi, voyaga yetishi juda jadal amalga
oshmoqda. Yuqoridagicha guruhlashga ko'ra bir de-
mografik yosh guruhiga kirgan 20 va 24 yoshlilarning
yetukligi sifat jihatidan turli darajaga egadirlar. 25 va 29
yoshdagilar haqida ham xuddi shunday deyish mumkin.
29 yoshga kelib kasb-hunar yetukligi nihoyasiga
yetadi va
bu davrda aksariyat yoshlar oila qurib boMgan va hatto
farzandli bo'lishga ham ulgurishadi. Shunday qilib, 29
yoshdagilar 25 yoshdagilarga qaraganda hayotiy tajri-
balariga ko‘ra ham va boshqa asosiy komponentlarga
ko‘ra ham sezilarli darajada farqlanib turadi.
0 ‘zbekiston Respublikasining «Oila kodeksi»da
erkak va ayollar uchun minimal nikoh yoshi sifatida 18
yosh ko‘rsatilgan. Bu yoshni mahalliy hokimiyat qarori-
ga ko‘ra alohida istisnoli holatlarni hisobga olib, ayol
lar uchun bir yoshga qisqartirish mumkin.
Turli mamlakatlarda urf-odatlar va milliy an ’-
analarga bog‘liq ravishda erkak va ayollaming turlicha
minimal nikoh yoshi belgilangan. Masalan, erkaklar
uchun u 14 yoshdan (Irlandiya, Ispaniya va Lotin
Amerikasidagi ayrim davlatlarida) — 21
yoshgacha
(Polsha, Avstriya, Germaniya va ayrim Skandinaviya
davlatlarida) bo‘lgan davr orasiga to ‘g‘ri keladi. Ayollar
uchun minimal yosh odatda yoki erkaklar bilan teng
deb, yoki ulardan bir necha yosh kichik deb belgilanadi.
Shuni ham ta’kidlab o ‘tish joizki, yoshlarning voyaga
yetish masalasi, ularning nikohga yetukligi ko‘rsatkichlari
ayrim hollarda bir-biriga qarama-qarshi va noturg‘undir.
Odamning axloqiy va m a’naviy qiyofasi, uning shaxsiy
ta ’bi, didi, odatlari hayot davomida bir necha bor o ‘zga-
rishi mumkin. Hozirgi davrda bilimlar va hayotiy tajribani
yig‘ish g‘oyat yuqori jadallikda amalga oshib bormoqda.
Shunga ko‘ra, 16 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan davrni
oila qurish uchun garmonik davr deb hisoblash qiyin.
Chunki bu davrda yoshlarning o ‘ziga
bevosita bogTiq
bo‘lmagan ko‘plab ob’ektiv sharoitlarni, qarama-qarshi
holatlarni kuzatish mumkin. Masalan, yoshlarda jinsiy
yetilish 14—16 yoshlarda, huquqiy yetuklik — 18 yoshda,
kasb-hunarni egallash va kasbiy yetuklik ko‘p hollarda
28—30 yoshlarda yuzaga kelishi mumkin. Ota-onalarga
boqimanda boTmaslik darajasida iqtisodiy mustaqillikka
98
erishish esa, odatda 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan vaqt
oralig‘ida amalga oshadi.
K o‘pincha katta avlod vakillari, yoshlarni yetuk
emaslikda, hayotga tayyor emaslikda ayblaydilar,
lekin
ayni paytda bunday yetUmaslikning ob’ektiv sabablari va
shart-sharoitlari e ’tibordan chetda qoladi. Yoshlarning
ijtimoiy va iqtisodiy hayotga to ‘liq kirishib ketishlari
uchun ularga keng ko‘lamdagi raqobatbardosh bilimlami,
kasb-hunar ko'nikmalarini berish zarur bo‘ladi. Yoshlar
egallashlari lozim bo‘lgan bilimlar hajmi har o‘n yilda ik
ki martaga ortib bormoqda. Ijtimoiy, m a’naviy ishlab
chiqarish va ilmiy-texnik tajribani kelgusi avlodga uzatish
jarayoni shu darajaga borganki, u har bir yoshni hayotga
to i a iqtisodiy tayyorlash uchun kamida 12—15 yil
o‘qishini taqazo qiladi. Ba’zida bu muddat kamlik qilib, u
18—20 yilgacha uzayishi mumkin (o‘rta maktab + kollej
(litsey) + oliy o ‘quv yurti + aspirantura).
Ijtimoiy,
iqtisodiy, m a’naviy, ilmiy-texnik
taraq-
qiyot jarayonlarining kechishi yoshlarda ijtimoiy-iqti-
sodiy va kasb-hunar, texnik yetukligining kechikib
ketishiga olib kelmoqda.
Masalaning ikkinchi tomoni, yoshlarni ijtimoiy
yetilishi bosqichlari va fazalarida ob’ektiv qarama-
qarshiliklaming yuzaga kelishi va ularni oilaviy hayotga
tayyorlash borasidagi ishlarni amalga oshirishda bu
hayotiy haqiqatni doimo nazarda tutish lozimligidir.
Quyida shunday qarama-qarshiliklaming
biri haqida
to ‘xtalib o ‘tamiz. Buning uchun bundan 70—100 уШаг
oidingi davrdagi vaziyatlarni bugungi kunlarmiz bilan
solishtirib ko‘ramiz. U vaqtlarda mamlakatimiz aholisi-
ning 80—85%ini qishloq aholisi tashkil qilgan va butun
aholining deyarli shuncha qismi dehqonchilik, chorvachi-
lik, kosiblik va boshqa hunarmandchilik bilan mashg'ul
bo‘lgan. U vaqtlarda dehqon, chorvador, kosib-hunar-
mand yigit 16—17 yoshida jinsiy balog‘atga yetgan va bu
vaqtga kelib u unchalik murakkab bo‘lmagan dehqonchi
lik yoki chorvachilik malakalarining deyarli barchasini
egallab ulgurgan va bu sohada mustaqil faoliyat olib bo-
rishga tayyor bo‘lgan. Agar u 18—22 yoshida uylansa,
oila qursa, unda uning jinsiy balog‘atga yetishi,
mehnatga
tayyorligi va oilaviy hayotni boshlash omillari o ‘rtasida
unchalik katta farq bo‘lmagan.
99
Bugungi kunlarimizda esa biz mutlaqo boshqacha
vaziyatni kuzatamiz. Akseleratsiya jarayoni va boshqa
omillar tufayli bolalarda jinsiy balog‘atga yetish, ular
ning bundan 70—100 yil oldingi tengdoshlariga qara
ganda 2 yil erta ro‘y bermoqda. Shu bilan bir vaqtda
maxsus ta’lim olish, kasb-hunar egallash va iqtisodiy
mustaqillikka erishish kamida 22—25 yoshga va undan
keyinga surilib ketyapti.
Yoshlaming jinsiy balog‘atga yetishishi va ularning
to l a iqtisodiy mustaqillikka erishish vaqti o‘rtasida
kamida 5 yildan 10 yilgacha uzilish yuzaga kelib qol-
moqda. Bu holat, oldingi avlodlarda kuzatilmagan bir
qator murakkabliklarni va ularga bogliq ravishda ro‘y
berishi mumkin bolgan noxushliklaming yuzaga ke
lishiga sabab bolishi mumkin.
Keltirib olilgan ushbu nikoholdi
omillari bilan bir
qatorda nikoh mustahkamligida hal qiluvchi ahamiyatga
ega bolgan omillardan yana biri — oilaning yuzaga ke
lishiga asos bolgan nikoh qurish motivlari va ularning
o ‘ziga xos xususiyatlaridir. Quyidagi mulohazalar ana
shu xususda boradi.