|
Bilimlarni tekshirish uchun savollarBog'liq Oila psihologiyasi. Shoumarov G.BBilimlarni tekshirish uchun savollar
1. Sevgi haqida qanday mulohazalar, rivoyatlar,
ta ’riflami bilasiz?
2. Sevgining qanday turlari mavjud?
3. Sevgi hissi va yosh o ‘rtasida qanday bog‘liqliklar
mavjud?
4. Yigit va qizlarda sevgi tuyg'usining ifodalanishida
qanday tafovutlar mavjud?
5. Qizlar va yigitlar o ‘rtasidagi o ‘zaro munosabatlar
ning qanday turlari farqlanadi?
6. Muhabbat bosqichlari qanday namoyon bo‘ladi?
7.
Muhabbat va inson mijozi o ‘rtasida qanday bogjiq-
liklar mavjud?
8. Muhabbat belgilari qanday namoyon bo ‘ladi?
9. Sevgining fasliy о ‘zgarishi nimalardan iborat?
10. Rashk hissi nima? Uningsevgiga qanday ta ’siri bor?
83
Hadislar
Kim kim ni yaxshi k o ‘rsa (d o ‘st tutsa), shu sevgisini
bildirib qo'ysin.
D o ‘stlik ham, adovat ham nasldan naslga meros qoladigan
narsadir.
Hayo — doim o yaxshilik keltiradi.
Qur’onda: «Ular sizlar uchun libosdir, sizlar ular uchun
libosdirsizlar» — deb aytilganki, ushbu hikmat ham islomda
erkak va ayol o'rtasida mehr-muhabbat, oqibat ulug‘ b o ‘lishi
zarurligini ko'rsatadi.
Hikmatlar
1. Muhabbatning ko'zi ko‘r.
2. Parvona — o ‘z oshig'ining qurboni.
3.
Sevgan bilan qo‘shilish —
Dutorga tor taqqanday,
Sevmagan bilan qo‘shilish —
Zaharli ilon chaqqanday.
4. Sevganga — sultonsan, sevmaganga ultonsan.
5. Sevganing oltindan aziz.
6. Sevgining bahori bilan shodlanma,
Y ozu-qishi ham bordir.
7. Sevgining ko‘zi ayb ko'rmas.
8. Sevdim deb maqtanma, sevildim deb maqtan.
|
| |