muhabbat hislarini boshdan kechirayotgan shaxs o'z
sevgilisi bilan birga bo'lishni, bo'sh vaqtlarini birga
o ‘tkazishni, tezroq u bilan oila qurishni va umrining oxiri-
gacha birga b o ‘lishni orzu qiladi,
shunga intiladi, u
ko‘pincha bu rejasini amalga oshiradi. Bunday oliy baxtga
erishish yo‘lida turli to ‘siqlar uchrashi muqarrardir.
Chunki hayot bitmas-tugunmas, turli-tuman qiyinchilik-
lar va qarama-qarshiliklardan, jumladan, ota-onalaming
qarshiligi, sevgilisining o‘zga kishi bilan nikohda ekanligi,
ikkalalarining
ham nikoh yoshida emasligi, ijtimoiy va
iqtisodiy yetuklikka erishmaganligi, uy-joyning yo‘qligi,
birining o‘zga shahardan yoki qishloqdan kelganligi, o ‘zga
millatga mansubligi va hokazolardan iboratdir.
Yuqoridagi sabablar sevgi hissiyotini boshidan kechi
rayotgan yoshlar uchun to‘siq bo‘la olmaydi va ular bu
to ‘siqlarning bariga e’tiborsizlik bilan qarashadi.
Ularning fikricha muhabbat barcha narsaga qodir, bar
cha to ‘siqlarni yenga oladi,
ayni vaqtda muhabbatlari
haqiqiy bo‘Isa, ular barcha qiyinchiliklarga birgalikda
bardosh berishadi. Haqiqatan ham, chin muhabbat bu
to ‘siqlami so‘zda yoki tasavwurda emas, balki hayotda,
amalda yengib o‘tadi
va oila qurishda, hayotiy qi-
yinchiliklarni yengib o ‘tishda katta omil hisoblanadi.
Lekin yoshlar faqat ikki narsani oldindan ko‘ra bilmay-
dilar: 1) muhabbatning hissiy kuchi uchinchi bosqichga
o ‘tgandan keyin bir muncha susayishini; 2) hissiyot
kuchi susayishi bilan hayot qiyinchiliklari ahamiyatining
keskin oshishi va sevishganlarning o ‘zaro munosabatla-
riga salbiy ta ’sir ko‘rsatishini, ko‘pgina sevishganlar o ‘z
muhabbatlarini boshqalamikidan ustun qo‘yishadi va
umrlarining oxirigacha shunday qoladi, deb o‘ylaydilar.
4.
Sevgilisida
boshqalar
ko‘rmagan
iihatlarni
ko‘rish. o‘zgalar ahamivat bermaaan xislatlarni sezish.
hali yaqqol ifodalanmagan qobiliyatni aniqlash, uning
qanday mutaxassis bo‘lib yetishishini oldindan ko‘ra
bilishning barchasi muhabbat ziyrakligining namoyon
bo‘hshidir. Bu, albatta, sevgan odamning qanday ko‘z
bilan qarashiga bog‘liq. Bu qarashning o‘ziga xos ruhiy
tomoni shundaki, u basharti ijobiy tomonlarini bo‘rttirib
ko‘rsatsa, salbiy tomonlarga e ’tibor bermaydi. Shular
tufayli ko‘pincha sevgilisining ota-onasi ham ko‘ra bil-
magan istiqbolini aytib bera oladi.
74
6. Sevsan odam da
havotea nisbatan muhabbat
kuchavadi. Buni quyidagilarda ko‘rish mumkin: ularda
ruhiy jihatdan keskin o'zgarish sodir boladi, dunyoni
o'zgacha tasawur qilishadi, hayotni chuqurroq idrok eta
boshlaydilar, o‘zgalarni
qalbdan tushunish, ularga ham-
dardlik bildirish kuchayadi, ilgari yaqqol ifodalanmagan
rahmdillik hislari paydo bo'ladi va ortadi. 0 ‘zgalarga
yordam qo‘lini cho'zish, tevarak-atrofdagi go’zallikni
ko‘ra olish — estetik idrok qilish kuchayadi. Axloqiy
qarashlar yuksaladi, oldingi
yomon odatlarini tashlaydi
(bu muhabbatning tarbiyaviy ta ’siri o‘zgalarga bo'lgan
hurmatning oshishi tufaylidir), ijodiy faoliyati va ish qo-
biliyati ortadi (chunki muhabbat kishi faoliyatiga kuchli
ta ’sir qiladi) va h.k.