kechirsalar, jinsiy intilishni katta yoshli ayolga nisbatan
his
etadilar, ulardagi hissiyot ikki ob’ektga bo‘linadi. Bu
faqat o‘g‘il bolalarga xos bo‘lib, qizlarda bunday hoi
kuzatilmaydi.
0 ‘smirlik yoshida o ‘g‘il bolalarda giperseksuallik
natijasida ularning hissiyotida jinsiy intilish ustunlik qi
ladi yoki uning ahamiyati keskin ortadi. Qiz bolalarda
esa ruhiy komponentning ustunligi saqlanib turadi.
17—25 yoshlardagi yigit-qizlarda o‘z juftini topishga
intilish va hirs keskin ortadi. Sevish va sevilishga
bo'lgan ehtiyojning ortishi natijasida yoshlar yorini
tezroq qidirib topishadi va oila qurishadi, ba’zan bun
day yoshlar qisqa vaqt ichida ajralishga ham ulgurishadi.
25 yoshdan keyin qizlarning
oila qurish imkoniyat-
lari ancha kamayib boradi. Unda bo‘lg‘usi kuyovga
(yigitga) nisbatan talabchanlik oshib, tanqidiy qarash
kuchayadi. Endi unda hislarga berilish kamayib, uning
o‘rniga bo‘lg‘usi yoriga butunlay boshqacha qaray bosh-
laydi. Bunday ruhiy o ‘zgarishlar yigitlarda ham kuzati-
ladi, ammo qizlardan farqli ravishda ulaming oila qur
ish, uylanish
imkoniyatlari kamaymaydi, aksincha bir
muncha ortadi. Chunki bu yoshda ularning ko‘pchiligi
oliy o‘quv yurtini yoki o ‘rta-maxsus bilim yurtini
bitirib, m a’lum bir ixtisosni egallagan, mehnat faoliyati
ni boshlagan bo‘ladilar. Ya’ni oilani mustaqil tebratish
imkoniga ega bo ‘ladilar.
M uhabbat hislari erkak va ayollarda o ‘ziga xos
shahvoniy hirs uyg‘otadi.
Erkak kishida deyarli doimo fiziologik komponent
ustunlik qiladi. Jinsiy intilish, jinsiy hayot ular hissiyoti
da nihoyatda muhim o‘rin egallaydi. Yigit sevgan
qizininig tashqi ko‘rinishiga ko‘proq e ’tibor beradi.
Yuqorida sanab o ‘tilgan xususiyatlarga qizlar ham be-
farq qarashmaydi. Bu xususiyatlarning yigit tomonidan
idrok etilishi ayol uchun katta ahamiyatga ega. Ammo shu
bilan birga ayollarning erkaklardan
farq qiluvchi tomon-
laridan biri shundaki, ular ko‘proq yigitning bo‘y-bastiga,
xulqiga, muomalasiga e’tibor beradilar.
Erkaklarda jinsiy (fiziologik) intilish ustunlik qilgani
uchun ularda hissiy qoniqish tezroq yuzaga kelsa kerak,
deb taxmin qilinadi. Ayollarda esa aksincha, ruhiy inti
lish yetakchi bo'lgani uchun ularning muhabbat hislari
66
erkaklarnikidek tez orada so‘nmaydi va nisbatan uzoq
davom etadi.
Ammo so‘nggi yillarda ayollar hissiyotida, jumladan,
muhabbatda ham jinsiy hayotning va uning asosi
hisoblangan jinsiy intilishning
ahamiyati keskin oshib
borayotganligini ko'rish mumkin.
13—14 yoshli o‘g‘il bolalarning 40 foizi, qizlaming
26 foizi ilk sevgi hislarini boshidan kechirayotgan yoki
kechirgan bo'ladilar. Bu hoi 15—16 yoshh o ‘g‘il bo
lalarda — 17 foiz, qizlarda 30 foiz, 17—24 yoshli yigit-
larda — 10 foiz, qizlarda — 9 foizni tashkil qiladi.
A.R.Lemexova (1973) qizlar va yigitlar orasidagi
o'zaro munosabatlarni o‘rganib, uni uch turga bo'ladi.1
1. Uyg'un tur — bunda qiz va o ‘g‘il bolalarda axlo
qiy tushunchalar shakllangan, hissiyot madaniyati
rivojlangan bo'lib, ular muhabbatga,
qarama-
qarshi jinsga, oilaviy hayotga birmuncha aniq
qarashadi.
2. Oilaviy romantik tur — bunda muhabbat, jinslar
orasidagi munosabatlar hayotdan yulingan holda,
nihoyatda ideallashtirib olingan bo'lib, hayotdagi
mavjud borliq bilan to'qnashganda esa barcha
tasaw urlari parchalanib,
ruhan tushkunlikka
uchraydi.
3. M a’naviy kambag'al tur — bunda yoshlar muhab
batni n o to 'g 'ri tushunadilar. M uhabbatda m a’
naviy yaqinlikni, ruhiy omilning ahamiyatini ko'ra
bilmaydilar. Muhabbatda asosiy rolni jinsiy yaqin-
lik o'ynaydi, deb biladilar. Bunday toifadagi yosh
lar ko'p hollarda jinsiy hayotni erta boshlaydilar.
O 'g'il va qiz bolalarning turli yosh bosqichlaridagi
o'zaro munosabatlarining o'sib rivojlanishiga nazar
tashlaydigan bo'lsak, quyidagicha yaqqol ifodalangan
manzarani ko'rishimiz mumkin.
Bog'cha yoshidagi qizlar o'g'il bolalar bilan birga
o'ynash jarayonida juda yaqin muomalada bo'ladilar,
bir-birlari bilan do'stlashadilar. Hatto ba’zan bolalik-
ning ilk sevgi hislarini ham boshlaridan kechirishadi. Bu
albatta, ularning kattalarga havas qilishi, ularga taqlidi
oqibatida kelib chiqadi.