Jinsiy balog‘atning erta yoki kech yuzaga kelish




Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/97
Sana12.06.2024
Hajmi5,3 Mb.
#262923
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   97
Bog'liq
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B

Jinsiy balog‘atning erta yoki kech yuzaga kelish
xususiyatlari
Biz yuqorida o‘smirlarda jinsiy balog‘atga yetishning 
umumiy xususiyatlari haqida to ‘xtalib оЧаг ekanmiz, 
uning individuallik xususiyatlariga ham ega ekanligini 
ta’kidlagan edik.
Umuman, jinsiy yetilish o‘g‘il bolalarda 12 yoshdan 
19 yoshgacha, qiz bolalarda 10 yoshdan 17 yoshgacha 
ro‘y beradi. Shunga ko‘ra u ayrim o‘smirlarda ertaroq, 
ayrimlarida esa kechroq boshlanishi mumkin. Jinsiy 
yetilish ertaroq yoki kechroq boshlangan bolalar odatda, 
ma’lum bir noqulaylikni yuzaga keltiradigan psixologik 
muammolarga duch keladilar.
Bu borada alohida e’tibor qaratiladigan 4 xil holatni 
kuzatish mumkin:
Jinsiy balog‘atga vetishi kechikavotean o ‘e ‘il bola.
Bu 
o ‘smir, uning o ‘rtoqlari, tengdoshlari yetilib, kattalar qa- 
toriga qo‘shilgan ayni vaqtda u hali ham bolaligicha qo- 
layotganini juda yaxshi tushunadi. U birontasi bilan 
gaplashib qolgudek bo‘lsa (ayniqsa, telefonda), ovozining 
ingichkaligi tufayli ikkinchi tom on uni qiz bola deb
56


o'ylashi mumkin. Yoki unga qiz bola deb murojaat qiladi. 
Uning uchun bu o‘ta haqoratdir! U sport bilan shug'ul- 
lanishga juda qiziqadi, biroq u o'z tengdoshlari bilan mu- 
sobaqalasha olmaydi, chunki ular unga qaraganda ancha 
gavdali. C ho'm ilish joylarida yechinish, kiyim al- 
mashtirish xonalarida bolalar uning muskullaiining zaifli- 
gi, jinsiy a’zosi boshqa bolalamikidan kichikligini ko'rsa- 
tishib, uning jahlini chiqarishadi. Bunday vaziyatlarda
o‘smirda, o'zining haqiqiy holati, ahvolining nomunosib- 
ligini his qilish chuqurlashadi: mana ikkinchi yilki uning 
bo'yi hatto ko'pchilik qizlamikidan ham past, ular ham 
bunga qaraganda tez o'sishyapti. Boshqalarda kuzatila- 
yotgan o'zgarishlar va o'sishlar bunda hali kuzatilgani 
yo‘q. U o'zida mutloqo noto'g'ri nimadir sodir bo'layot- 
ganhgidan xavotirlanadi, biroq bu haqda birontasi bilan 
o'rtoqlashishga ju r’at eta olmaydi. Bunday holat o ‘ta 
noxushdir. Bunaqa bola ko'pincha maktabda sodir etilishi 
mumkin bo'lgan ko'ngilsizliklarning manbaiga aylanib 
qolishi mumkin, chunki unga doimo atrofdagilarning 
(ayniqsa, tengdoshlarining) uning erkak ekanligidan 
shubhalanishlarini inkor etishiga, ularga o'zining «erkak» 
ekanligini ko'rsatib turishiga to'g'ri keladi.
Jinsiv baloe'atga vetishi kechikavotmn qiz bola.
Balog'atdan kechikib qolayotgan qiz bola uchun ham 
oson bo'lmaydi. U o'zining tekis ko'kragiga qaraydi, so'ng 
ko'kragi bo'rtib chiqqan, bo'y-basti «risoladagidek» dugo- 
nasiga nazar tashlaydi. Mana ikki yoki uch yildirki, uning 
dugonalari o'zlarida ro'y berayotgan menstruatsiya bilan 
bog'liq kechinmalar haqida o'zaro fikr almashadi, u esa 
bunday muhokamalarda qatnasha olmaydi. Uni, uning 
yuz tuzilishi xuddi «yosh bolanikidek» ekanligini aytishib 
jahlini chiqarishadi. Haqiqatan ham, uning yuzi sakkiz 
yashar bolanikidek ko'rinadi. Agar o'sm ir yoshi uchun 
o'z-o'zini baholashda bolaning jismoniy jozibadorligi, o'z 
chiroyini baholashining qanday muhim ahamiyatga ega 
ekanligini hisobga oladigan bo'lsak, unda bunday qiz, hat­
to u tabiatan chiroyli, go'zal bo'lgan taqdirda ham o'z 
nuqsonini qanday his qilishini tushunish oson. Bunday 
vaziyatlarda bu qiz endi «hech qachon katta bo'lmayman, 
hammadan orqada qoldim», — deb adashayotganligini 
kimdir oqilona tarzda, ilmiy asoslangan holda tushuntirib 
berishi lozim.
57


Tenedoshlaridan oldin iinsiv baloz ‘atm vetean qiz.
Jinsiy balog‘atga yetishi boshqalardan oldinroq bosh- 
langan 10—11 yoshlardagi qiz bola ham qator 
psixologik muammolarga duch keladi. Odatda, qiz bo­
lalaming jinsiy balog‘atga yetish davri o‘g‘il bolalamiki- 
dan 1—2 yil oldin boshlanadi, shuning uchun bu davrga 
o‘z tengdoshlaridan oldinroq kirib borgan qizlar odatda 
o‘z tengdoshlarining aksariyat qismidan o‘zining jis­
moniy rivojlanganligiga ko‘ra ancha 
ilgarilab ketadi. 
Biroq jismoniy rivojlanishda ilgarilab ketish unga hech 
qanday afzallik keltirmaydi. Jismoniy rivojlanishda o ‘z 
tengdoshlaridan ilgarilab ketgan qiz bola 2—3 yil davo- 
mida o‘z tengdoshlari va atrofidagilar bilan hamqadam 
ketmayotganligi tufayli turli noqulayliklarni boshdan 
kechiradi. Bizning etnik xususiyatimiz, bolalar va 
o ‘smirlar o ‘rtasida jinsiy tarbiya ishlarining yo‘lga 
qo‘yilmaganligi, jins psixofiziologiyasiga oid m a’lumot- 
larning ayanchli darajada pastligi, ota-onalar, hatto 
pedagog-tarbiyachilaming ham bu borada yetarli ilmiy 
asoslangan m a’lumotga ega emasligi bu o ‘rinda jiddiy 
muammolaming yuzaga kelishiga asos bo'lishi mumkin. 
Jinsiy yetilish davriga erta yetishgan qiz bola hali bu 
haqda, bu davrda ro‘y beradigan o‘zgarishlar, bu davrda 
o‘zini qanday tutish, nimalar qilish kerakligi kabilar 
haqida m a’lumotlarga ega bo‘lmasligi mumkin. 0 ‘zla- 
rida kechayotgan holatlar haqida tengdoshlari bilan 
o ‘rtoqlashay desa, bu holatlar ularga mutlaqo yot. Misol 
uchun shuni ham aytishimiz mumkinki, respublikamiz 
viloyatlari qishloq hududlarining 
birida ilk bor men- 
struatsiyani boshidan kechirgan 6-sinf o ‘quvchisi o‘tir- 
gan joyida va kiyimida qon izlarini ko‘rgan sinfdoshlari 
uni buzuqlikda, qizlik iffatini yo'qotganlikda ayblashib, 
uning ustidan mazax qilishgan. 0 ‘zida ro‘y berayotgan 
o‘zgarishlar sababini tushunmagan va tengdoshlari 
haqoratiga chiday olmagan qiz shu kuniyoq o‘ziga o‘t 
qo‘ygan.
Shunga o‘xshash holatlar o‘smirlik davridagi va u n ­
dan oldinroq yoshdagi bolalami jins psixologiyasi, jinsiy 
tarbiya masalasiga oid bilimlar bilan imkon qadar er- 
taroq qurollantirish naqadar muhim ekanligini bildiradi.

Download 5,3 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   97




Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jinsiy balog‘atning erta yoki kech yuzaga kelish

Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish