Oilaning relaksatsiya funksiyasi




Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/97
Sana12.06.2024
Hajmi5,3 Mb.
#262923
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   97
Bog'liq
Oila psihologiyasi. Shoumarov G.B

Oilaning relaksatsiya funksiyasi
Hozirgi zamon oilasining eng asosiy funksiyalaridan 
yana biri relaksatsiya funksiyasidir. Bu degani oila a’zo­
larining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quv- 
vatini, mehnat qobiliyatini yana aavta tiklash demakdir. 
M a’lumki fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichida 
ishlab chiqarish munosabatlarining jadallashuvi, xalq xo‘- 
jahgining turli jabhalarida yangi texnologiyalaming joriy 
etilishi va shu kabi qator omillar inson ruhiyatiga oldingi- 
lariga qaraganda ko‘proq jismoniy, ruhiy zo‘riqishlar 
bermoqda. Bugungi va ertangi kun sanoati, ishlab chiqa- 
rishi ishchi xodimdan bor imkoniyatini safarbar qilib, 
butun vujudi bilan ishlashni va o'zining kasb-hunar ma- 
horatini muntazam oshirib borishni taqazo qiladi. Ishlab 
chiqarish jarayonlari jadalligining bunday tarzda davom 
etishi shu jarayonlar ishtirokchisi, boshqaruvchisi insormi 
tezda toliqib, o'zining mehnat qobiliyatini yo'qotishiga 
olib kelishi mumkin. Ish kuni davomida ko'tarinkilik, 
kuchli zo'riqish bilan ishlagan xodim, ishchi ishdan so'ng 
o'z uyida, oila a’zolari qurshovida boshqa tashvishlami 
unutib, ular unga ko'rsatadigan mehr-oqibatdan bahra- 
mand bo'lib, ular bilan bo'ladigan o'zaro muloqot, ular 
tom onidan bo'ladigan emotsional qo'llab-quw atlash, 
beriladigan daldalardan ruhiy quw at olib, ertangi kun 
mehnat faoliyatiga o'zini qayta tiklab olishi lozim bo'ladi. 
Buning uchun esa uning oilasida tinchlik, totuvlik, o'zaro 
tushunish, o'zaro hurmat, mehr-oqibat, ijobiy psixologik 
iqlim hukm surmog'i lozim. Aks holda odam bu oilada 
emotsional jihatdan, ruhiy jihatdan o'zini qayta tiklab ola 
olmaydi. Bu esa oqibatda odamning mehnat faoliyatida 
turli xatolarga, ishda sifatsizlik, jarohatlarga yo'l qo'yishi- 
ga, turh kasalliklarga duchor bo'lishiga ohb kelishi mum ­
kin. Yuqoridagi funksiyalaming muvaffaqiyatli bajariUshi 
har qanday oila uchun oila baxtini ta’minlovchi m e’zon 
hisoblanadi. Shuni ham nazarda tutish kerakki, oila — ja- 
miyatning bir bo'lagi, uning asosiy yacheykasidir. Shuning 
uchun oilaning o'z fimksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi 
nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga jamiyatning 
ijtimoiy sog'lomligiga ham ta ’sir etadi. Shunday ekan 
jam iyatni sog'lom lashtirish uchun eng aw alo oilaviy 
munosabatlarni yo'lga qo'yish, oilaning faqat ichki 
muammolarinigina emas, balki umumijtimoiy muammo- 
larini ham hal qihshga hissa qo'shishini ta ’minlash lozim.
35



Download 5,3 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   97




Download 5,3 Mb.
Pdf ko'rish