urug‘, mahallaning ham ta ’siri)
bu borada katta
ahamiyatga ega. Lekin ba’zan oila tarbiyaviy funk-
siyasining susayishi va targ‘ibot-tashviqot ishlarining
kamligi natijasida oila a ’zolari xulqida yomon odatla-
rimlar ta ’siriga berilish, m a’naviy buzuqlik yo'liga
kirish) paydo bo'lishi tashvishlanarli hollardan biridir.
Jamiyatning komil fuqarosini shakllantirish,
tarbiyalash
hozirgi zamon oilasining mazkur funksiyasi darajasiga
kiradi. Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastawal oila
da amalga oshadi. Oiladagi tarbiya orqali shaxsga
m a’lum bir siyosiy-g‘oyaviy dunyoqarash, axloqiy me’-
yorlar va xulq namunalari, jismoniy sifatlar singdiriladi.
Xalqimizda «qush uyasida ko‘rganini qiladi» deb bejiz
aytilmagan. Oilada amalga
oshadigan ijtimoiylashuv
jarayoni natijasida shaxs ijtimoiy m e’yorlar va qadriyat-
larni o‘zlashtiradi, ijtimoiy hayotga kirib boradi.
Oilaning kommunikativ funksiyasi
Oilaning
kommunikativ
funksiyasi oila a’zolarining
o‘zaro muloqot va o'zaro tushunishga bo'lgan ehtiyo-
jini qondirishga xizmat qiladi. Psixologik tadqiqotlar-
da ta’kidlanishicha, turli ijtimoiy orientatsiyalar, us-
tanovkalar, hissiy madaniyat,
odamning axloqiy, m a’
naviy va psixologik
salomatligi — oiladagi o'zaro,
ichki m uloqot xarakteri, oiladagi katta a’zolarning
muloqotda psixologik ustanovkalarni namoyon qilish-
lari, oiladagi axloqiy-psixologik iqlimga to'g'ridan-
to'g'ri bog'liqdir.
Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida fan-
texnika taraqqiyotining yuksalib,
odamlarning kundalik
hayotining urbanizatsiyalashuvining (radio, televidenie,
video, kompyuter va boshqalar) ortib borishi, oilalar
ning tobora nuklearlashib borayotganligi bilan oilaning
kommunikativ funksiyasining ahamiyati, oila a’zolari
ning bir-birlari bilan «odamlarcha» suhbatlashib olishn
ing ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu o'rinda o'zbek
oilasining o'ziga xos xususiyati: ko'p avlodlilik, ko'p
farzandlilik kabilar bunday oilalar a ’zolari o'rtasida
o'zaro muloqot to'laroq amalga oshishiga asos bo'ladi,
ularning
o'zaro
muloqotga bo'lgan*
ehtiyojlarini
qondirishda muhim rol o'ynaydi. Biroq so'nggi yillarda
28
ba’zi oilalarda ota-onalar va bolalar o‘rtasida muloqot-
ning kamligi, bir-biriga e’tiboming pasayishi, oila a ’zo-
lari o ‘rtasida fikr erkinligining cheklanganligi (ayniqsa,
qishloq oilalarida) holatlari ham mavjud, hatto oiladagi
o ‘zaro munosabatlarning yomonlashuvi
natijasida oila
a’zolarining ayrimlarida stress (asabiy tanglik), suitsid
(o‘z joniga qasd qilish) kabi noxush holatlaming kelib
chiqishi ham kuzatilmoqda. Bunday noxushliklaming
oldini olish uchun eng awalo oila a’zolari o ‘rtasida
oshkora, yaqin, o‘zaro tushunarli, ishonchli muloqot-
ning amalga oshishi uchun
zarur shart-sharoitlarni
yaratish, lozim bo‘lsa, bu borada yoshlarga tegishli bi-
limlami berish, aholi uchun psixologik maslahatxonalar
faoliyatini yo‘lga qo‘yish, treninglar tashkil etish,
«Ishonch telefonlari», «Qalb markazlari» kabilarni
tashkil etib, ular faoliyatini takomillashtirish lozim.