farzand tug‘ilishi bilan bog‘liq
holda butunlay yangi
hissiyotlar: ayolda — onalik, erkakda — otalik hissi pay
do bo‘ladi. Farzand er-xotin munosabatlarini yanada
mustahkamlovchi asosiy omil hamdir.
Oilaning jamiyat oldidagi reproduktiv funksiyasi va
uning bajarilishi deyilganda aholi sonining qayta tikla-
nishi uchun har bir oilada nechtadan farzand bo‘lishi
lozimligi nazarda tutiladi.
Statistik m a’lumotlarga ko‘ra,
agar har bir oilada
bittadan farzand bo‘ladigan bo‘lsa, bunday xalq sakki-
zinchi avloddan keyin yo‘q bo‘lib ketishi mumkin ekan.
Har bir oilada ikkitadan farzandning bo‘lishi ham aholi
sonini saqlab turishni ta ’minlay olmaydi. Demog-
raflarning ta ’kidlashlaricha, oila o'zining
reproduktiv
funksiyasini bajarishi uchun har bir oilaga o ‘rtacha 2,6
ta farzand to ‘g‘ri kelishi kerak.
Albatta, faqat oilagina jamiyat oldidagi funksiyalarini
bajarib qolmasdan, balki jamiyat ham oilalarga
funksiyalarini muvaffaqiyatli
bajarish uchun zarur
bo ‘lgan shart-sharoitlarni yaratib berishi lozim. Bu
o'rinda hukumatimiz tom onidan yuritilayotgan de-
mografik siyosat, iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy tadbirlar
bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Bunday siyosatning
asosiy yo'nalishlari: onalik va bolalikni muhofaza qilish,
ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalaming moddiy
ahvolini yaxshilash,
yosh oilalarga, onalarga yaratilayot-
gan imtiyozlar va shu kabilardan iborat.