• O‘lchash apparaturasini ishlatishdan oldin sinovdan o‘tkazish. Bu usul ham aniq o‘lchashlarda ishlatiladi.
  • Muntazam xatolikni yo‘qotishning maxsus usulini qo‘llash: o‘rin almashlash (o‘rindoshlik), differensial usuli, simmetrik kuzatishlardagi xatoliklarni kompensatsiyalash usuli.
  • Muntazam xatoliklarni kamaytirish usullari




    Download 124,9 Kb.
    bet32/87
    Sana19.01.2024
    Hajmi124,9 Kb.
    #140840
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87
    Bog'liq
    1- ma’ruza. “Metrologiya va standartlashtirish” fanining maqsadi

    5.2. Muntazam xatoliklarni kamaytirish usullari


    Umuman, muntazam xatolikni yo‘qotish yo‘li bir aniq ishlab chiqilmagan. Lekin, shunga qaramay, muntazam xatolikni kamaytirishni ba’zi bir usullari mavjud.
    Xatoliklar chegarasini nazariy jihatdan baholash, bu uslub o‘lchash uslubini, o‘lchash vositalarining xarakteristikalarini, o‘lchash tenglamasini va o‘lchash sharoitlarini analiz qilishga asoslanadi. Masalan: o‘lchash asbobining parametrlari yoki tekshirilayotgan zanjirning ish rejimini bilgan holda biz uning tuzatmasini (xatoligi) topishimiz mumkin. Xatolik, bunda, asbobning iste’mol qiluvchi quvvatidan, o‘lchanayotgan kuchlanishning chastotasini oshishidan hosil bo‘lishi mumkin.
    Xatolikni o‘lchash natijalari bo‘yicha baholash. Bunda o‘lchash natijalari har xil prinsipdagi usul va o‘lchash apparaturasidan (vositalaridan) olinadi. O‘lchash natijalari orasidagi farq - muntazam xatolikni xarakterlaydi. Bu uslub yuqori aniqlikdagi o‘lchashlarda ishlatiladi.
    Har xil xarakteristikaga ega bo‘lgan, lekin bir xil fizikaviy prinsipda ishlaydigan apparatura yordamida o‘lchash usuli. Bunda o‘lchash ko‘p marotaba takrorlanib, o‘lchash natijalari muntazam statistika usuli yordamida ham ishlanadi.
    O‘lchash apparaturasini ishlatishdan oldin sinovdan o‘tkazish. Bu usul ham aniq o‘lchashlarda ishlatiladi.
    Muntazam xatoliklarni keltirib chikaruvchi sabablarni yo‘qotish yo‘li. Masalan: tashqi muhit temperaturasi o‘zgarmas qilib saqlansa, o‘lchash vositasini tashqi maydon ta’siridan himoyalash maqsadida ekranlashtirilsa, manba kuchlanishi turg‘unlashtirilsa (stabillashtirilsa) va h.k.
    Muntazam xatolikni yo‘qotishning maxsus usulini qo‘llash: o‘rin almashlash (o‘rindoshlik), differensial usuli, simmetrik kuzatishlardagi xatoliklarni kompensatsiyalash usuli.


    5.3. Tasodifiy xatoliklar va ularning taqsimlanishi


    Tasodifiy xatolik biror fizikaviy kattalikni takror o‘lchaganda hosil bo‘ladigan, o‘zgaruvchan, ya’ni ma’lum qonuniyatga bo‘ysinmagan holda kelib chiqadigan xatolikdir. Bu xatolik ayni paytda nima sababga ko‘ra kelib chiqqanligi noaniqligicha qoladi, shuning uchun ham uni yo‘qotish mumkin emas. Haqiqatda o‘lchash natijasida tasodifiy xatolikni mavjudligi takror o‘lchashlar natijasida ko‘rinadi va uni hisobga olish, o‘lchash natijasiga uni ta’siri (yoki o‘lchash aniqligini baholash) matematik statistika usuli yordamida amalga oshiriladi.

    Download 124,9 Kb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   87




    Download 124,9 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muntazam xatoliklarni kamaytirish usullari

    Download 124,9 Kb.