|
1- semunar mavzu: Umumta’lim maskanlarida matematika va informatika o’qitishdagi muammolar va ularni hal qilish usullari
|
bet | 13/54 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,52 Mb. | | #132670 |
Bog'liq seminar va oxirigachaDidaktik jarayon (o‘qituvchi faoliyati)ni ta’lim shakliga mos metod va vositalardan foydalanib tashkil etish loyihasini ishlab chiqadi.Ta’limning shakli o‘quv rejalarida ilgaridan belgilab qo‘yilib, ta’limning metodi va vositalari yordamida talab etilgan maqsadga erishish mumkin. Ta’limning zamonaviy metodlarining asosiy qismini bu pedagogik texnologiyalar, vositalarni asosiy qismini esa axborot texnologiyalari tashkil etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, metodik tizimni loyihalashda quyidagilar zarur deb hisoblaymiz:
O‘quv rejani mazmuni va tuzilishini tahlil etish. Fanga ajratilgan soatlar, o‘quv soatlari tuzilishi, fanni o‘qitish haftasiga necha soatga to‘g‘ri kelishi, ajratilgan soatlarda qanaqa mazmun yoritilishi, qaysi mavzuga necha soatdan ajratish lozimligi va hokazolar tahlil etiladi.
Masalan, 2016 yilgi 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi namunaviy o‘quv rejasida “Informatika o‘qitish metodikasi” fani 3-bo‘lim “Umumkasbiy fanlar” blokida 3.3 bandida bo‘lib, bu fanni 5-6 semestrlarda haftasida 6 soatdan o‘qitish lozimligi, shundan ma’ruza 80 soat, amaliy 40 soat, laboratoriya 40 soat, seminar darslari 62 soatdan, va kurs ishi bilan yakunlanishi keltirilgan. Demak, o‘quv rejasiga mos ishchi dastur tuzish, tuzilgan ishchi dastur soatlari aynan o‘quv rejasida ko‘rsatilgan soatlarga mos bo‘lishi kerak (1-ilova).
Ta’lim jarayonini tashkil etishda talablarni aniq ifodalash. Davlat ta’lim standartiga, o‘quv dasturiga mos mavzularni o‘qitish, o‘qitishda o‘quvchilarni mustahkam bilim olishga undash, hayotga tayyor bo‘lish uchun bilim ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, tarbiyaviy, rivojlanuvchi xususiyatni, shaxsiy sifatlarni rivojlantirish, sodir bo‘ladigan muammolarga mustaqil qaror qabul qilishga, berilgan topshiriqlarni bajarishda ijodkorlik bilan yondashishga o‘rgatish, o‘qishga qiziqish, motivatsiya uyg‘otish, mustaqil o‘rganish qobiliyatlarni, ma’naviyatni, este’tik didni kamol toptirish. O‘xshashlik va bir xillikdan qochish, Sinfni darsga tayyorligi, yorug‘likning yetarliligi, temperaturaning mosligiga erishish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1- semunar mavzu: Umumta’lim maskanlarida matematika va informatika o’qitishdagi muammolar va ularni hal qilish usullari
|