|
Nazorat qiluvchi texnologiyalar va ularning turlar
|
bet | 19/54 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,52 Mb. | | #132670 |
Bog'liq seminar va oxirigachaNazorat qiluvchi texnologiyalar va ularning turlari. O‘quvchilar bilimini baholashda qo‘llaniladigan texnologiyalar. O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish o‘quv jarayoninig muhim elementi bo‘lib, u o‘quv jarayonining sifati va samaradorligini belgilaydi. O‘quvchilar bilimini nazorat qilish ta’lim jarayonini takomillashtirishga imkon beradi, chunki o‘quvchilarni sinovdan o‘tkazish ularni yaqindan bilish, individual xususiyatlarini yaxshi o‘rganishga yordam beradi.
Informatika fanidan nazorat qilishning xilma-xil usullaridan foydalanish o‘quvchilar bilimini aniq baholashga imkoniyat beradi. Boshqa fanlar singari informatika fanida ham o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni bir-biridan farqlash lozim bo‘ladi. Nazariy bilimlarni nazorat qilishning an’anaviy usullariga og‘zaki so‘rov, yozma ish, testdan foydalanilsa, amaliy ko‘nikmalarni baholashda berilgan amaliy topshiriqni bajarish hisobga olinadi.
Ba’zida informatika darslarida noan’anaviy nazoratning referat, konkurs loyiha, kichik tadqiqot, kichik keys, krossvord, viktorina kabi turlaridan ham foydalaniladi [42].
Nazorat qilishning an’anaviy va noan’anaviy turlari
An’anaviy nazorat
|
Kompyutersiz nazorat
|
Aralash
nazorat
|
Kompyuterli nazorat
|
-og‘izaki so‘rov
-mustaqil ishni og‘izaki bajarish
-xabarlar almashish
-blits-so‘rov
|
-yozma ish
-mustaqil ish
-nazorat ishi
-sinov
-test
-olimpiada
|
-amaliy ish bajarish
-laboratoriya ishini bajarish
|
|
|
| |