|
-seminar. Informatika fanini o’qitishning qiziqtiruvchi va interfaol usullari
|
bet | 17/54 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,52 Mb. | | #132670 |
Bog'liq seminar va oxirigacha8-seminar. Informatika fanini o’qitishning qiziqtiruvchi va interfaol usullari.
Reja
Ta’limning qiziqtiruvchi usullari
Ta’limning interfaol usullari
Ta’limning interfaol usullari- ta’lim oluvchilarni mustaqil bilish jarayonlarini faollashtirish asosida, ularning kritik fikrlash qobiliyatlarini rivojlanti-ruvchi xilma-xil strategiyalar majmuasi. Bu usullarda bi-limlarni egallash, o‘zlashtirib olish uchun o‘quv maqsadi aniq qo‘yiladi, motiv hosil qilish va talaba tomonidan materialni o‘zlashtirishga imkon yaratadigan sharoit yaratiladi, ya’ni talabaning mustaqil faoliyatiga imkon beriladi. Xususan, materialni axborot texnologiyasi yordamida, o‘qituvchi – talaba bevosita muloqati asosida o‘zlashtirish ta’minlanadi. Unda talabaning kritik fikr-lash qobiliyatini rivojlantiruvchi strategiyalardan foy-dalaniladi. Adabiyotlarda 60 dan ortiq interfaol strate-giyalar bayon qilingan. Xususan: “Aqliy hujum”, Blum savollari, Mikroguruhlarda ishlash, Insert, Sinkveyn, Klaster, Kubik, Keys stadi, Venn diagrammasi, Ish o‘yin-lari va boshqalar.
Venn diagrammasi - ikki yoki undan ortiq tushunchalar-ning o‘ziga xos va umumiy jihatlarini tahlil qilish va umumlashtirishda qo‘llanadigan interfaol usul.
Bunda ikkita doira bir-biriga kesishgan holda chiziladi. O‘ng va chap doiraga tushunchalarning o‘ziga xos xususiyat-lari, doiralarning kesishgan sohasiga esa ular uchun umumiy bo‘lgan jihatlar yoziladi.
Venn diagrammasini tuzishni talabalarga topshiriq sifatida beriladi
O‘yinli texnologiya. O‘yin ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘nalgan vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o‘z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi.
D.N. Uznadzening ta’rificha, o‘yin shaxsga xos bo‘lgan ichki immanent psixik (ruhiy) xulqi shaklidir.
L.S. Vigodskiy o‘yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o‘zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi.
A.N.Leontyev o‘yinga shaxsning hayolotdagi amalga oshirib bo‘lmaydigan qiziqishlari (manfaatlari)ni hayolan amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi.
Psixologlar ta’kidlaydilarki, o‘yinga kirishib ketish qobiliyati kishi yoshiga bog‘liq emas, lekin har bir yoshdagi shaxs uchun o‘yin o‘ziga xos bo‘ladi.
O‘yinli faoliyat muayyan funksiyalarni bajarishga bag‘ishlangan bo‘ladi. Ular quyidagilar:
maftunkorlik;
kommunikativlik;
o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish;
davolovchilik;
tashxis;
millatlararo muloqot;
ijtimoiylashuv.
Tadqiqotchilar o‘yin xususiyatlarini ishlab chiqqanlar. O‘yinlarning muhim qirralari S.A.Shmakov tomonidan yoritilgan. U erkin rivojlanuvchi faoliyatni farqlaydi. Bunday faoliyat faqat natija (tadbirni) tufayli bahra olish uchun emas, balki xohishlariga ko‘ra, faoliyat jarayonining o‘zidan bahra olish uchun qo‘llanadi.
O‘yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U mumkin qadar boy, faol xarakterga – «ijod maydoni»ga ega bo‘ladi.
O‘yin uchun hissiy ko‘tarinkilik xosdir. U o‘zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo‘ladi.
O‘yinning o‘yin mazmunini aks ettiruvchi, uni rivojlantirishning mantiqiy va vaqtincha izchilligini ko‘zda tutgan bevosita tegishli va unga nisbiy aloqador qoidalari bo‘lishini ko‘rsatadilar.
Tadqiqotchilar nazariy aspektda o‘yinga faoliyat, jarayon va o‘qitish metodi sifatida qaraydilar.
O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subyekt sifatida o‘z imkoniyatlarini to‘la amalga oshiradi.
O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o‘zini namoyon qila olishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.
Jarayon sifatida o‘yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta’biricha) quyidagilarni qamrab oladi:
o‘ynash uchun olingan rollar;
bu rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yin harakatlari;
predmetlarni, ya’ni haqiqiy narsalarni shartli, o‘yin narsalari o‘rnida qo‘llash;
o‘yinda ishtirok etuvchilarning real o‘zaro munosabatlari;
o‘yinda shartli ravishda yaratilgan syujet (mazmun) – ijro sohasi.
O‘yindan tushunchalar, mavzu va hatto o‘quv predmeti bo‘limini o‘zlashtirishda o‘qitish metodi va mustaqil texnologiya sifatida foydalaniladi.
O‘yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.
O‘yinlar turli maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo‘llanadi.
O‘yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka va ko‘nikmalarni qo‘llash, umumta’lim malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish, mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo‘ladi.
O‘yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi.
Faoliyatni rivojlantiruvchi o‘yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi, chog‘ishtirish, o‘xshashini topish, faraz, hayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, refleksiya, optimal yechimni topa olish, o‘quv faoliyatini motivatsiyalashni rivojlantirishga qaratilgan.
A.Tyukov fikricha, har qanday o‘yin qay tarzda loyihalashtirilishidan qat’i nazar ularning har biri quyidagi talablarni bajarishi lozim:
kasbiy doira imitatsiyasi yaxlitligi. O‘yin imitatsiyasiga taalluqli bo‘lgan tuzilma va jarayonlar asosiy voqelikni aks ettiruvchi umumiy syujet yoki asosiy mavzuga ega bo‘lishi lozim;
mustaqil tashkil etishga yo‘nalganligi;
o‘qitishning muammoliligi;
metodologik, psixologik va texnik jihatdan ta’minlanganligi.
Tashkiliy o‘yin aslida tobora takomillashib boruvchi o‘qitishni ta’minlashi kerak. Shu maqsadda unda faoliyat rivojlanishining to‘liq davriyligi imitatsiyasi amalga oshiriladi, ya’ni qandaydir vaziyat yechimiga bo‘lgan yondashuvdan topilgan yechimning umumlashtirilgan bahosi o‘tiladi.
A.A. Tyukov o‘yin davriyligining quyidagi bosqichlarni qayd qiladi.
vaziyatni va muammolashtirishni tahlil qilish asnosida o‘yinning asosiy syujet;
mavzusi bo‘yicha o‘yin ishtirokchisining sermahsul mustaqil ijodiy ishi;
amaliy guruhlarning ish natijalarini umumiy tanqidiy muhokama qilish;
o‘yin jarayoni va ishtirokchilar xatti-harakatlarini reflektiv tahlil qilish;
yechimni tashkil etish bosqichi.
Pedagogik jarayonda shaxsni ko‘zda tutishga asoslangan pedagogik texnologiya (SH.A.Amonashvili texnologiyasi);
uquv materialini sxemalar va modellar ishorasi asosida o‘qitishni jadallashtirish texnologiyasi (V.F.Shatalov texnologiyasi);
Uquv jarayenini samarali boshkarish va tashkil yetish asosiga qurama texnologiya (S.N.Lisenkova texnologiyasi va N.P.Guzikning o‘qitish tizimini rejalashtirish texnologiyasi);
O‘qitishni individuallashtirish texnologiyasi (Ings Unt, A.S. Graniskaya va V.D.Shadrikoviar texnologiyasi);
o‘qitishni dasturlash texnologiyasi (B.P. Bespalko).
Shaxsni ko‘zda tutishga asoslangan pedagogik texnologiyalar
Shaxsni ko‘zda tutishga asoslangan pedagogik texnologiya asosida insonparvarlik falsafasi, psixologiyasi va pedagogikasi yotadi.
Bu texnologiya shaxsga tayanadi. U uzini namoyon qilishga, yangi tajribalarni idrok qilishga maqsad sari intilgan, ongli, ma’suliyatli shaxsdir.
|
| |