3-seminar
Mavzy.
Mavzu. Matematika o’qitish usullari va yangi pedagogik texnologiyalar
Reja
Matematika o’qitish usullari
Matematika o’qitish yangi pedagogik texnologiyalar
Pedagogikada, asosan, quyidagi usullar mavjud.
O‘qitish usullari
|
|
Dars berish metodlari
|
|
O‘rgatish metodlari
|
1.Monologlik
|
|
1. Axborotlarni bayon qilish
|
|
1.Bajaruvchanlik
|
2.Dialoglik
|
|
2.Tushuntirish
|
|
2.Reproduktivlik
|
3.Ko‘rgazmalilik
|
|
3.Stimullashtirish
|
|
3.Qisman izlanuvchanlik
|
4.Evrestik
|
|
4.Ruhlantirish
|
|
4.Izlanuvchanlik
|
5. Izlanuvchanlik
|
|
5.Instruktaj berish
|
|
5.Amaliy ish
|
6.Algoritmik
|
|
6.Muammoli
|
|
|
7.Dasturlashtirish
|
|
|
|
|
Bu metodlarning har biridan o‘qitish, o‘rgatish jarayonining u yoki bu bosqichida o‘rni bilan foydalaniladi. Qo‘yilgan maqsadni amalga oshirishga va uni talab darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinflarda matematikani o‘qitishni shunday metodlari mavjudki, bu metodlar o‘zining gnoseologik jihatidan yuqorida keltirilgan metodlarning har birining asosiga qo‘yilishi mumkin, ya’ni: ko‘zatish va tajriba, analiz va sintez, induktsiya va deduktsiya, taqqoslash, analogiya, umumlashtirish, abstraktsiyalash va konkretlashtirish metodlari mavjud. Bu metodlar o‘zining to‘zilish jihatidan qo‘yilayotgan maqsadni nafaqat amalga oshirishga, balki maromiga yetkazishga unumli yordam beradi. O‘qituvchi har bir yangi mavzuni tushuntirishda boshqa metodlardan ham foydalanadi, ya’ni modulli o‘qitish bilan prof. M.G.Davletshin va prof.T.To‘laganov, muammoli o‘qitish bilan prof. R.Mavlonova, prof. Z.G.Tadjieva va boshqalar o‘quvchilarning bilish faoliyatini takomillashtirish, rivojlantirish imkoniyatini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqorida keltirilganlardan ko‘rinib turibdiki, boshlang‘ich sinflarda tarixiy materiallarni o‘qitish jarayonida metodlar majmuasidan to‘g‘ri foydalanish o‘quvchilarni yaxshi o‘zlashtirishiga muhim omil bo‘la oladi.
Ma’lumki, boshlang‘ich sinflarda tarixiy materiallarni o‘qitish
jarayoni, muammoli metod bilan tushuntirish metodlari orasida bog‘lanish bo‘lib, ular o‘zining to‘zilishiga ko‘ra quyidagi tartibda o‘qitish metodlari bilan bog‘lanadi.
O‘qitish metodlari
|
Muammoli dars berish
|
|
Monologik metod
|
|
Tushuntirish metodi
|
|
Dialogik metod
|
|
|
Ko‘rgazmalilik metodi
|
|
|
Evristik metod
|
|
|
Izlanuachanlik metodi
|
|
|
Algoritmik metodi
|
|
|
Dasturlashtirish metodi
|
|
Dars berish jarayonida shu tur metodlarni qo‘llash o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, bu xususiyat berilayotgan o‘quv materialining mazmunini to‘zilishiga bog‘liq ravishda yo‘zaga keladi. Masalan: o‘quvchilarni "vaqt", "taqvim", "massa", "ulush" kabi o‘lchov birliklari bilan tanishtirish darslarida tarixiy materiallarni o‘rgatish jarayoni boshqa darslarga nisbatan bir oz farq qiladi. Ma’lumki, darslarning turlaridan, yangi o‘quv materialini o‘rganish, o‘quvchilarning bilim ko‘nikma va malakalarini takomillashtirish, tizimlarni umumlashtirish, kombinatsiyalangan, bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilish va to‘zatishlarga bo‘linadi. Bu umumiy bo‘linishlar, o‘zining bajaradigan funktsiyasiga ko‘ra, har biri o‘ziga xos to‘zilishda bo‘lib, pedagogik rivojlanish jarayonida darslarning turlari, ko‘rinishlari olimlar tomonidan turlicha talqin qilib kelinmoqda. Biz o‘qitishning didaktik-metodik to‘zilishini ilovada ifodaladik.
Har bir fan tarixiy materiallarga oid tushunchalar tizimini tashkil qiladi. Tushuncha esa narsalarning mohiyatini anglash imkonini beradi va fanlarga oid umumiy muhim xususiyatlar, belgilar va bog‘lanishlarni aks ettiradi.
Bir o‘quvchi bilish vazifasini anglaydi, ikkinchisi o‘rganilayotgan materialni idrok etadi va tushunadi, uchinchisida ko‘nikma va malakalarni takomillashtiradilar. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallarni o‘qitish amaliy jihatga asoslanib hayotiy tajribalar bilan bog‘lab o‘qitishda:
1. Matematika o‘qitish jarayonida ko‘rgazmalilikka tayangan holda o‘quvchilar ongini Shakllantirish;
2. Tarixiy materiallarni o‘qitishda o‘quvchilarni mavhum fikrlashi-ning o‘sishiga yordam berish bilan birga qo‘llaniladigan metodlar, qoidalar, omillar, materiallarning o‘zaro bog‘lanishi, bir-birini to‘ldirishini ta’minlash va o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish;
3. Har bir dars o‘zining uslubiy to‘zilishiga ko‘ra texnologiyasiga ega bo‘lishi bilan birga o‘quvchilarning iqtidorlilik qobiliyatini Shakllanishiga yordam berish;
Matematika darslarida tarixiy materiallarni o‘rganishning didaktik jarayoni quyidagi sxemaga asoslanadi:
4. Darsda qo‘llanayotgan tarixiy materiallar o‘zining maqsad va mazmuni bilan to‘zilish jihatidan didaktikaning qonun va qoidalariga moslab tadbiq etilishi, matematik mantiq, ko‘nikma va malakalarning Shakllanishiga, rivojlanishiga alohida hissa qo‘shibgina qolmay, o‘quvchining tarbiyasiga salmoqli ta’sir ko‘rsatishi ham kerak.
Tarixiy materiallarni o‘rganishda o‘quv jarayonining tarkibiy qismi umumiy vazifalarni hamda, o‘ziga xos funktsiyalarni ham bajaradi.
O‘quvchilar bilish faoliyatining muvaffaqiyati quyidagi omillar bilan belgilanadi:
1. Nazariy tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, boshlang‘ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish jarayonida o‘quvchilarning faol bilish faoliyatini oshirishda o‘qituvchi yetakchi o‘rin to‘tadi.
2. Matematika darslarida tarixiy materallardan foydalanib, dars samaradorligini oshirishda bilish faoliyati jarayoni bilim, ko‘nikma va malaka hosil qilish asosida shaxs xususiyatlari, faoliyatning muayyan uslubi, umuman hayotiy uslub Shakllanadi.
3. Boshlang‘ich ta’limning dastlabki bosqichlarida faoliyatning barcha turlariga xos bo‘lgan umumiy xususiyatlar modellashadi.
SHu bois bilish faoliyatini Shakllantirishga uning tarkibiy qismlari birligida, shuningdek, mazkur jarayonning didaktik asosi sifatida ham qaraladi.
Ishlab chiqilgan faollik nazariyasi o‘quv jarayoni bilimlarni o‘zlashtirish, ularni qayta ishlash va qo‘llashning (muammoli va reproduktiv) usullarini o‘rganish yo‘zasidan tashkil etiladigan faoliyatligidan iboratdir.
Boshlang‘ich sinflarda bolalarning bilimlari kengayganligi, chuqurlashganligi, layoqat va ko‘nikmalari bir qadar mukammallashganligi ko‘zatiladi.
Mehnatsevarlik, o‘z-o‘zini boshqara bilish qobillik va kattalar hamda tengqurlari bilan bilvosita muloqotlar, kichik maktab yoshidagi bolalarga rivojlanish imkonini beradi. Bu yerda gap bolalarning o‘z sevimli mashg‘ulotlari bilan soatlab yolg‘iz shug‘ullana olishlari haqida ketmoqda. Ularning bu xususiyatidan o‘quv-tarbiya jarayonida tarixiy materiallarni qo‘llashda foydalanish mumkin.
Biz tadqiqotimiz jarayonida kichik maktab yoshidagi bolalarning iqtidorini rivojlantirishning psixologik-pedagogik, ilmiy-didaktik shartlarini ko‘rib chiqdik. Boshlang‘ich sinflarga tarixiy materiallardan foydalanish yo‘zasidan quyidagi xulosalar chiqarish mumkin.
1. Darsda tarixiy materiallarni qo‘llanish bo‘yicha dars materiali 1-2- sinf o‘quvchilarining ruhiy-bilish va rivojlanish darajasiga qarab ochiq ko‘rgazmali, sodda, ya’ni bolaning o‘zlashtirish salohiyati hisobga olingan holda to‘zilishi kerak: tarixiy ko‘rgazmali rasmlar asosida hikoya to‘zish, maqol, topishmoqlar, she’rlar, qiziqarli boshqotirmalardan foydalanish ma’qul.
3- 4- sinflarda material bir oz murakkablashtiriladi. Bu davrga kelib, bolaning bilish qobiliyati ancha rivojlangan, ya’ni o‘zlashtira olishi va atrof-muhitdagi voqea va xodisalarga munosabat bildirishiga ko‘ra, tarixiy voqealar, qonun, qoidalar, ularni yaratgan olimlar hayotidan lavhalardan hikoya, suhbat tariqasida foydalanish eng maqbul yo‘ldir.
2. O‘quv materialining tarixiy ahamiyatiga e’tibor berish o‘quvchi shaxsini aqliy, estetik, ahloqiy jihatdan rivojlantirishga imkon yaratadi. SHuning uchun o‘qituvchi tarixiy materialning bolalar ongida qanday iz qoldirishini hisobga olishi kerak. Agar o‘qituvchi tajribali bo‘lsa, darsni maktab kichik yoshidagi bolalar aqliga mos keladigan munozara o‘yinlar orqali tashkil etishi ham mumkin.
|