• 5.7. O‘simliklarni ro‘yxatga olish va ko‘karuvchanligini aniqlash, ko‘chatxonalarni tashkil etish
  • O‘zbekiston tuproqlari tasnifi




    Download 10,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet56/102
    Sana18.05.2024
    Hajmi10,95 Mb.
    #242094
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   102
    O‘zbekiston tuproqlari tasnifi 
    № 
    Mintaqalar 
    Tuproq turlari 
    1. 
    Cho‘l mintaqasi, Turon 
    tekisligi 
    I-tur. Cho‘l mintaqa o‘tloqli tuproqlari. 
    II-tur. Cho‘l mintaqa botqoqli tuproqlari. 
    Sh-tur. Cho‘l mintaqasining sho‘rhoqli tuproqlari. 
    IV-tur. Taqirsimon tuproqlar. 
    V-tur. Cho‘l-qumli tuproqlar. 
    VI-tur. Sur tusli qo‘ng’ir cho‘l tuproqlari. 
    2. 
    Bo‘z tuproqlar 
    mintaqasi. Tyanshan va 
    Pomir-Oloy tog’larining 
    tog’oldi tekisliklari, tog’ 
    yonbag’irlari va past 
    tog’lar 
    VII-tur. Bo‘z tuproq mintaqasining o‘tloqli tuproqlari. 
    VIII-tur. Bo‘z (sur) tuproqlar mintaqasining botqoqli 
    tuproqlari. 
    IX-tur. Bo‘z tuproqlar mintaqasining sho‘rxokli 
    tuproqlari. 
    X-tur. Bo‘z (sur) tuproqlar. Och sur qatlamli, gipsli 
    tuproqlar. 
    XI-tur. Bo‘z (sur) tuproqlar mintaqasining sho‘rtob 
    tuproqlari. 


    213 
    3. 
    O‘rta baland tog’, 
    jigarrang tuproqlar 
    mintaqasi 
    XII-tur. Jigarrang tuproqlar. 
    XIII-tur. Tog’ qo‘ng’ir tusli o‘rmon tuproqlari. 
    4. 
    Baland tog’ sur qo‘ng’ir 
    o‘tloqi–dashtli tuproqlar 
    mintaqasi 
    XIV-tur. Baland tog’-o‘tloqi tuproqlari. 
    XV-tur. Baland tog’ botqoq tuproqlari, baland tog’ 
    torfli-botqoq tuproqlari. 
    XVI-tur. Baland tog’ sur qo‘ng’ir o‘tloqli-dasht 
    tuproqlari. 
    5.7. O‘simliklarni ro‘yxatga olish va ko‘karuvchanligini aniqlash, 
    ko‘chatxonalarni tashkil etish 
    Yo‘l bo‘yida barpo qilingan ihota o‘rmonlari bo‘yicha bajarilgan ishlar, 
    tarkibida viloyatlar “Yo‘lko‘kalam” unitar korxonalari muhandis-o‘rmonshunos 
    vakillari, avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmalarining yo‘l bo‘limi vakillari 
    – bo‘lim boshlig’i yoki bosh muhandisi, o‘rmonshunos, yo‘l ustasi bo‘lgan 
    tekshiruv guruhi tarafidan qabul qilib olish bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma bilan 
    qayd etiladi. Dalolatnomada tuzilgan sana, ihota o‘rmoni barpo qilingan joy va 
    uning maydoni, mintaqaning daraxtlarni o‘tqazilish tasviriy chizmasi va unda 
    o‘tqazilgan daraxtlar navlari, tuproqni tayyorlash, ko‘chatlarni o‘tqazish usuli va 
    bajarilgan ishlarning sifati haqida ma’lumotlar ko‘rsatiladi. 
    Barpo qilingan o‘rmon mintaqasi qabul qilib olish dalolatnomasi asosida 
    yo‘l xizmatining mol-mulklarni hisobga olish (inventarizastiya qilish) kitobida 
    qayd etilib, bu kitobda ko‘chatlarning tutishi va kelgusi yillarda olib borilgan ishlar 
    (tuproqni minerallar bilan boyitish, daraxtlarni parvarishlash maqsadida kesish va 
    h.k.), hamda o‘tqazilgan daraxt va butalarning holati haqidagi (davriy ravishda har 
    5 yilda bir marta o‘tkaziladigan inventarizastiya qayta hisoblashlari asosidagi) 
    ma’lumotlar qayd etib boriladi. 
    Yosh ko‘chatlar foydalanishga yaroqli holatga kelgunlariga qadar har yili 1 
    oktyabrdagi holatlari bo‘yicha inventarizastiya qilinadi. Har bir inventarizastiya 
    paytida ko‘chatlarning holati, daraxt va butalarning tutishi (rivojlanishi haqidagi 
    ma’lumotlar) qayd etiladi va kerakli agrotexnika tadbirlari o‘tkaziladi. 


    214 
    Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida ekilgan manzarali daraxt va 
    buta o‘simliklarni ko‘karuvchanlik darajasi: 
    Tekislik hududlarda – 75 foiz va undan yuqori; 
    Tog’li hududlarda – 60 foiz va undan yuqori; 
    Qum va cho‘l hududlarda – 35 foiz va undan yuqori bo‘lsa bajarilgan 
    ko‘kalamzorlashtirish ishlari to‘liq qabul qilinib, yo‘l balans saqlovchi tashkilotga 
    balansga qabul qilish uchun topshiriladi. Himoya va manzarali har xil daraxtlar va 
    butalarga zarar etkazishda aybdorlar amaldagi avtomobil yo‘llarini va inshootlarini 
    himoyalash qoidalari va mavjud qonunchilik hujjatlariga binoan javobgarlikka 
    tortiladi. 
    Yo‘l ko‘chatxonalarini tashkil etish nihollar va ko‘chatlar turidagi 
    himoyalovchi va manzarali ekish uchun tashkil etiladi. Maqsadi va amal qilish 
    muddatiga ko‘ra vaqtinchalik va doimiy ko‘chatxonalarga bo‘linadi. Vaqtinchalk 
    ko‘chatxonalar qisqa muddatga (1-3 yilga) 0,5 ga dan 3 ga gacha o‘lchamda tashkil 
    etiladi. Doimiy ko‘chatxonalar maxsus ajratilgan hududlarda har xil assortiment va 
    yoshdagi ekish materiallarini o‘stirish uchun mo‘ljallanadi. Ko‘chatxona bu 
    aloxida korxona yoki ixtisoslashtirilgan xo‘jalik korxonalarida maxsus bir bo‘lim 
    bo‘lib, ko‘chat etkazish uchun mo‘ljallanadi. Ko‘chatxonalar o‘zining o‘lchamlari, 
    yo‘nalishi, maydoni va foydalanish muddatiga ko‘ra vaqtinchalik va doimiy 
    ko‘chatxonalarga bo‘linadi. Vaqtinchalik tashkil qilingan ko‘chatzorlar - yaqin 
    atrofda joylashgan ko‘chatzor tashkil qilish ishi bilan shug’ullanuvchi tashkilot va 
    korxonalarni 
    ko‘chat 
    bilan 
    ta’minlash maqsadida barpo etiladi. Bu 
    ko‘chatzorlardan foydalanish muddati 5 yildan oshmaydi va 0,5-2 gektargacha 
    bo‘ladi. Doimiy ko‘chatxonalar - bir necha yil davomida ko‘chat etkazib berish 
    uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 5-15 gektar va undan ham ko‘p maydonga ega bo‘ladi. 
    Agar maydoni 25 gektardan oshiq bo‘lsa va ko‘chatlar bir necha xo‘jaliklarni 
    ta’minlasa, hamda yangi texnologiya, mexanizmlardan, o‘g’it va kimyoviy 
    vositalardan keng foydalansa, ularni bazali ko‘chatxona (pitomnik)lar deyiladi. 
    Manzarali daraxt ko‘chatlari etishtiriladigan ko‘chatxona (pitomnik)lar 
    asosan 6 bo‘limdan iborat bo‘lib, ularga: 


    215 
    - urug’larni tayyorlash bo‘limi; urug’larni ekish bo‘limi; nihollarni tarbiya 
    va parvarishlash bo‘limi; ko‘chatlarni parvarishlash bo‘limi; karantin bo‘limi; 
    urug’ olinadigan (ona daraxtzor) bo‘limi kiradi. 
    1- bo‘lim, urug’larni tayyorlash bo‘limi. Hajmi eniga 1m
    2
    , chuqurligi 0,35 m 
    (35sm) bo‘lgan beton hovuzchalar. Hovuzchalar orasida yuradigan yo‘laklar 
    bo‘lishi kerak. Urug’larni qumga aralashtirib hovuzchalarga solib stretifikastiya 
    qilinadi. (Darxt turlari soniga qarab hovuzchalar soni belgilanadi).
    2-bo‘lim, urug’larni ekish bo‘limi. Stretifikastiya qilingandan keyin, urug’lar 
    qobig’ini yorishni boshlaydi. Shunda urug’lar hovuzchalardan olinib tayyorlangan 
    er maydoniga ekiladi. Urug’ ekiladigan maydon eni 1 metr bo‘lib, qator oralarida 
    yurib ishlov berganda qo‘l etadigan masofada bo‘lishi kerak. Urug’ ekilgan 
    maydonni bosib bo‘lmaydi. Qator oralarida unib chiqqan nihollarga ishlov berish 
    uchun yo‘lakchalar bo‘lishi kerak. Urug’ ekiladigan maydon 2-3 gektar bo‘lishi 
    kerak. 
    3-bo‘lim, nihollarni tarbiya va parvarishlash bo‘limi. Nihollar chiqqandan 
    keyin, urug’ ekiladigan maydondan ko‘chirib olinib ekiladi. Nihollar poyasini tutib 
    olguncha va ildiz yaxshi rivojlanib olguncha shu maydonda parvarish qilinadi. 
    Ko‘chatlar yaxshi rivojlanishi uchun qator oralari kultivastiya qilinib turilishi kerak 
    bo‘ladi. Tomchilab sug’orish tizimii tavsiya etiladi. Nihollarni parvarishlash 
    bo‘limi 5-6 gektarni tashkil qiladi. 
    4-bo‘lim, ko‘chatlarni parvarishlash bo‘limi. Ildizi rivojlanib olgan 
    ko‘chatlarni ko‘chirib o‘tqaziladigan maydon. Bu maydonda ko‘chatlar katta bo‘lib 
    olguncha (avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish uchun etarli darajada 
    o‘sguncha) parvarishlanadi. Ko‘chatlarni parvarishlash bo‘limiga 10-12 
    gektargacha maydon kerak bo‘ladi. 


    216 
    5.32-rasm. Ko‘chatxonalar uchun er 
    maydonlarini tayyorlash 
    5.33-rasm. Ko‘chatxonalarda 
    ko‘chatlarni parvarishlash 
    5-bo‘lim, karantin bo‘limi. Chetdan keltiriladigan urug’, nihol va 
    ko‘chatlarni ma’lum muddatda saqlab turish, atrofi maxsus setkalar bilan o‘ralgan 
    0,3-0,5 gektarli maydon. 
    6-bo‘lim, urug’ olinadigan (ona daraxtzor) maydon bo‘limi. Bu maydonda 
    ko‘kalamzorlashtirishda ekiladigan daraxt va buta turlarini doimiy, urug’ olish 
    maqsadida o‘stiriladi. Urug’ olinadigan (ona daraxtzor) maydon bo‘limiga 5 
    gektarni tashkil qiladi. 
    5.34-rasm. Ko‘chatxonalarda ko‘chatlarni parvarishlash 
    Ko‘chatxona (pitomnik)larda qo‘shimcha maydon va inshoatlar: 
    Manzarali gul ko‘chatlarini etishtiriladigan issiqxona (1 ga); Manzarali 
    daraxt va butalarni tuvak va konteynerlarda etishtirish uchun issiqxona (1 ga); 
    Qalamchalarning ildiz olishini tezlatish, ko‘paytirish ishlari maxsus mikroiqlim 
    yaratuvchi uskunali maydonda(tumanoobrazuyushaya ustanovka), qumli substratli 
    maydon ajratish (0,20 ga); Introdukstiya qilingan dendrologiya (botanikaning 
    daraxt va butalar haqidagi bo‘limi), dendrariya (daraxt va butalar to‘plami) va 
    o‘rmonlarni himoya qilish bo‘limlari uchun maydon; Sug’orish uchun suv zahirasi 


    217 
    saqlanadigan hovuz (ichimlik suv, yong’inga qarshi ishlatiladigan maxsus hovuz
    er osti (skvajina), tomchilab sug’orish tarmoqlari uchun kichik hovuzlar); Elektr 
    energiya tarmoqlari (TP) va Gaz tarmog’i (GRP) uchun maydon; Texnikalar, 
    traktorlar va transport vositalari harakatlanishi uchun asfaltlangan yo‘laklar 
    (maydonlar, bo‘limlar va sekstiyalar orasi)ni o‘z ichiga oladi. 
    Chirindi (kompost va biogumus) tayyorlash uchun xandaklar bir yoki erning 
    bo‘sh maydoniga qarab bir nechta qazish mumkin.
    Ko‘chatxonalarning namunaviy bino-inshootlari ma’muriy bino, ishchilar 
    xonasi, avtomobil va traktorlar uchun yopiq turargoh, ish anjomlari saqlanadigan 
    omborxona, urug’larni saqlash omborxonasi, urug’larni dezinfekstiya qilish 
    xonalarni o‘z ichiga oladi.

    Download 10,95 Mb.
    1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   102




    Download 10,95 Mb.
    Pdf ko'rish