Intellektual va ekspert sistemalarning tuzilishi va asosiy qismlari.
Yuqoridagi olgan bilimlaringizdan foydalangan holda intellektual sistemalar
i-
ning tuzilishi qanday bo`lishi mumkin deb o`ylaysiz? Qanday ma’lumotlar intellektual sistemalarning samarali ishlashiga yordam beradi? Nima qilganda insoniyatning kompyuterlarda saqlanayotgan bilimlarini yanada foydali ravishda ishlata olishimiz mumkin? Bu muammolar juda ham muhim va balki siz yangi ori- ginal yechimlar taklif qilarsiz deb o`ylaymiz.
Intellektual va ekspert sistemalar uch asosiy qismdan tuzilgan: faktlar va
ev-
ristikalar haqidagi bilimlar bazasi, xulosa va yechim mashinalari, insonning ma- shina bilan muloqotini ta’minlovchi sistema.
Xulosa va yechim mashinasi sistemaning bir qismi bo`lib, bilimlar bazas idagima’lumotlarga qoida va mantiqni tatbiq etish imkonini beradi. Masalan, qoi-dalar asosida ko`rilgan ekspert sistemalarida “AGAR U HOLDA” qoidasi ikki xil yo`lda tahlil qilinishi mumkin:
to`g`ri yo`nalishda yoki ma’lumotlar asosida, ya’ni muammoni yechish uchun yangi ma’lumotlar yoki shartlar qaraladi, hamda mos xulosa va oqibatlar tek- shiriladi.
teskari yo`nalishda yoki maqsad tomonidan, ya’ni muammoni yechish uchun nazariy oqibatlar ishlab chiqiladi va uning xaqligini aniqlaydigan shartlar tekshi- riladi.
Insonning mashina bilan muloqotini ta’minlovchi sistema shunday bo`lis hi ke-
rakki, unda faqat ekspert emas, balki yangi xodimlar ham ishlay olsin. Bunda qulaylik yaratuvchi “menyu”, piktogrammalar, sichqonchadan foydalanish yo`llari ishlatiladi.
Bilimlar bazasi bilimlarni belgilar shaklida saqlaydi. Aniqrok aytganda, unga sonlar jadvali, kattaliklar qiymati diapazoni va hokazolar kirishi mumkin.
Le-kin bilimlar bazasining asosini faktlar va evristikalar tashkil etadi. Bilimlar ba- zasidagi faktlar tarkibiga ob’ektlarning bayoni, ularning belgilari va ekspert siste- masini ishlatish sohasiga mos keluvchi sonli qiymatlar kiradi. Masalan, texno- logik jarayonlarni boshqarish sistemasi uchun bilimlar bazasi tarkibiga konkret korxonaning yoki uning bir qismining bayoni, alohida komponentlar xarakteris- tikalari, datchiklardan olingan qiymatlar, zaxiralar sostavi va hokazo kirishi mum- kin.Evristikalar yoki qoidalar konkret muammoni yechish uchun faktlar asosida xulosa chiqarish yo`lini bildiradi. Bu bilimlar asosan oldingi tajribaga asosla- nadi va undan ekspertlar doim foydalanishadi. Lekin ko`pincha u sir tutiladi.
Bilimlarni shunday jarayon sifatida tavsiflash mumkinki, bu jarayonda ekspert sis- tema yaratuvchilari tomonidan informatsiya “qidirib topiladi va boyitiladi”. Texno- logik jarayonlarni boshqarish sistemalari uchun bu bilimlar bunday qoidalar turku- mini o`zida saqlashi mumkin: zavodni yoki biror podsistemani profilaktik re- mont qilish kerak bo`lsa, joriy narxlarga ko`ra qancha zaxira hajmi saqlash mumkin, yoki nosozliklarni diagnostika qilish qoidasi va ularni bartaraf etish bo`yicha takliflar va hokazo. Ekspert sistemalarning laboratoriyalar yoki butun firmalar mutaxassislari uchun ahamiyati bir qancha aspektlarda namoyon bo`ladi:
ekspert bilimlarni yig`ish, aniqlash, kodlashtirish va tarqatish;
inson imkoniyatlaridan yuqori bo`lgan muammolarni yechish;
bir inson qamrab olish mumkin bo`lmagan bilimlar hajmini talab qilu
vchi
muammolarni yechish;
bir necha sohalar bo`yicha ekspert bilimlar talab qilinadigan muammolarni yechish;
kollektivning eng nozik qadriyati - kollektiv xotirani saqlash;
yangi texnologiyani qo`llash
hisobiga yuqori rakobatbardoshlikni ta’minlash.
Kompleks bilimlar bazasini yaratish mashinaning xatosiz ishlashi va bir necha ekspertlarning bilimi sintezi asosida keng imkoniyatlar ochadi. Agar bilim- lar bazasi bir necha soha informatsiyasini birlashtirsa, bunday bilimlar yig’indisi qo`shimcha qiymatga ega bo`ladi. Ekspert sistemalarning yuqorida qayd etil- gan "kollektiv xotira"ni saqlash nuqtai nazaridan ham ahamiyati katta. Ko`p korxonalar yuqori malakali mutaxassislarni yo`qotish muammosiga duch kela- dilar. Bunga ularning boshqa ishga o`tishi, yoki yuqori lavozimga ko`tarilishi, yoki o`limi, yoki pensiyaga chiqishi sabab bo`lishi mumkin. Bir qancha firmalar o`zlarining eng qimmatli xodimlari ekspert tajribalarini saqlab qolish uchun eks- pert sistemalarini qo`llay boshladilar. Bu bilimlarni saqlab qolish va ishdan ket- gan ekspert o`rnini yangisi bilan oson to`ldirish imkonini beradi. Iqtisodiy po- zitsiyadan esa ekspert sistemaning axamiyati shundaki, u firmaning raqobatbar- doshligini oshiradi. Bu shuni bildiradiki, ekspert sistemani birinchi bo’lib qo’l- lagan kompaniya uni qo`llamaganlardan albatta oldinga chiqib oladi.
|