|
Ekspert tizimlarning ekspert insonlarga nisbatan yutuqlari
|
bet | 5/7 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,94 Mb. | | #263159 |
Bog'liq SUYUNOVELYOR
ET lar ekspert-insonlarga nisbatan ma'lum yutuqlarga ega:
Ular shoshilinch xulosa chiqarmaydi.
Bu tizimlar bir-
biriga bog'liq holda ishlab, barcha fikrlarni qarab chiqib eng yaxshi natija
beradiganini tanlaydi.
Bilimlar ombori juda katta bo'lishi mumkin. Bir marta kiritilgan biliml ar, mashina xotirasida abadiy qoladi. Inson esa cheklangan bilimlar omboriga ega bo'lgani uchun, ko'p vaqt ishlatilmay kelgan ma'lumotlar esdan chiqib, yo'qolib ke- tadi.
ETlarning «shovqin»ga bardoshi yuqoridir. Ekspert masala yechimi bilan umuman bog'liq bo'lmagan tashqi ta'sirlar ostida noto'g'ri fikrga kelishi mum- kin. Boshqa sohalardagi bilimlardan xabarsiz ETlar shovqinga bardoshlidir. Vaqt o'tishi bilan bilimlarga asoslangan tizimlar foydalanuvchi tomonidan bilimlar yozish va tarqatish usuli sifatida qaralishi mumkin. Boshqa Komp’yuter das- tur mahsulotlari kabi ETlar ham masala yechish borasida insonning o'rnini bosa olmaydi, lekin masalani tez va samarali hal etishi uchun mehnat quroli bo'lib xizmat qiladi.
Bu tizimlar mutaxassis o'rnini bosa olmaydi, aksincha uning qo'lidagi qurol bo'-lib hisoblanadi.
1960-70-
yillarda ishlab chiqilgan ETlar o'zlarining sohalarida klassik hisoblana-
di. Kelib chiqishi, ularning sohasi va qo'llanilgan fikrlar, usullari va dastur ta'minotiga qarab, bir necha sinflarga bo'lish mumkin:
META-
DENDRAL. DENDRAL tizimi eksperimental ma'lumotlarga (massa- spektrografiya, yadro magnit rezonansi va boshqalar) bog'liq holda kimyoviy birikmaning tuzilishini mumkin bo'lgan holini aniqlaydi. META-DENDRAL uchun bilimlar olish jarayonini avtomatlashtiradi va kimyoviy birikma qismlari- ning tuzilish qoidalarini keltirib chiqaradi.
MYCIN-EMYCIN-TEIREIAK-RUFF-
NERMYCIN. Bular medisina ET lari bo’-lib hisoblanadi.
PROKPEKTOR-KAK. PROKPEKTOR - geologik tahlil asosida yer osti qazil-
malarini topuvchi tizim. KAK esa PROKPEKTOR uchun bilim olish tizi
mi.
CAKNET-
EXPERT - ko'z kasalliklari diagnostikasi va ularning oldini olish bo'-
yicha maslahat beruvchi ET dir. Uning asosida EXPERT bilimlar ishlab chiqi- lib, uning yordami orqali bir necha meditsina tizimlari ishlab chiqilgan.
HEARKAY HEARKAY-2;HEARKAY-3;AGE – Bu qatordagi birinchi ikkita
tizim qo'shilib inson nutqi so'zlarini maxsus lug'at orqali aniqlovchi intellektu al tizimdir. Bu tizim original strukturasi, ya'ni e'lonlar taxtasi — tizimning ayni vaqtdagi ishining natijalari, chuqur ma'lumotlar bazasini ifodalash orqali ajra-
lib turadi. Keyinchalik shu tizimlar asosida ETlarni yaratish uchun HEARKAY3 va AGE (Attemrt tr Generalize) instrumental tizimlari yaratildi.
SM (Artificial Mathematician — Sun'iy Matematik) va EURIKCO tizi mlari Stenford Universitetida doktor D. Lenat tomonidan qidiruv va o'qitish maq-
sadlarida ishlab chiqildi. Lenatning o'ylashicha, ETlar samaradorligi ulardagi joylashgan bilimlarga bog'liq bo'ladi. Uning fikricha, tizim o'qitish qobilyatiga ega bo'lishi uchun, unga 1000000 ga yaqin umumiy xarakterdagi ma'lumotlarni kiritish kerak. Shuningdek, Lenat kichik bir sohani o'rganishga qaratilgan bilimlar haj- mi kichik ET larni yaratish maqsadga muvofiq emasliginit a'kidlaydi. SM tizimi- ga 100 ga yaqin chiqish qoidalari va 200 dan ortiq matematik nazariya va ta- savvurlarni ko'ra oluvchi o'qitishning evristik algoritmlari jamlangan edi. Boshidan tizim ishining natijalari yuqori baholandi.U natural qator va oddiy sonlar tushun- chalarini ifodalash imkonini berdi. Bundan tashqari, tizim Goldbax gipotezasi- ning varianti, ya'ni har qanday ikkidan katta juft sonni, ikkita oddiy sonlar yig'in- disi shaklida yozish mumkinligini sintezladi. Bu gipotezani to'g'riligi yoki in- kor etish kerakligi haligacha aniq emas. Tizimning keyingi rivojlanish jarayoni to'xtab qoldi. Boshida namoyon etilgan matematik imkoniyatlarga qaramasdan, tizim evristik qoidalarni keltirib chiqara olmasligi, faqat dastlabki kiritilgan qoidalardan kelib chiqqan holda ish yuritishi aniqlandi. EURIKCO tizimini yara- tishda SM tizimida belgilangan kamchiliklarni yo'q qilish usuli qo'llab ko'rildi. SM tizimidek EURIKCO yordamida olingan natijalar yuqori baholandi. Shuningdek, EURIKCO juda qaltis o'yinlarda ishtirok eta olishi ta'kidlandi. Uning yordamida AQSH ning harbiy dengiz floti tomonidan original mo'ljallangan bosqichma- bosqich bajarladigan yurishlarga ega bo'lgan strategiya ishlab chiqildi. Bu bos- qichlardan biri yaroqsiz bo'lgan harbiy dengiz floti kemalarini cho'ktirishdan ibo- rat. Bunda butun qolgan kemalarga keng joy qoladi. Ammo bir qancha vaqtdan ke- yin, tizim hamisha ham o'zidagi qoidalarni qayta tuza olmasligi ma'lum bo'ldi. U faqat sutkaning ma'lum bir vaqtida dasturlashtiruvchiga murojaat qilish ke- rak bo'lgan holda, bu qoidani qo'pol ravishda buzadi. Shunday qilib, EURIKCO tizimi ham ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan chegaraga yetib, rivojla- nishdan to'xtadi. 1990-yildan boshlab doktor Lenat bir guruh olimlar boshchi-
ligida intellektual tizimni yaratish uchun kerak bo'ladigan bir necha ming bilim- lar elementlarini kodlash va kiritish proyekti bilan mashg'ul bo'ldi. Bu proyekt Cyc deb atalgan (Cyc «NHK» — inglizcha enciklipedia so'zidan).
|
| |