Abstract: Ekspertdegan so`z sizga nimani anglatadi, ekspert deb atalgan inson qanday ish- larni bajaradi? Ekspertning bajaradigan ishlarini kompyuter amalga oshira olsa biz qanday afzalliklarga erishishimiz mumkin? Bu muammolar ustida do`stlari- ngiz bilan birgalikda bosh qotiring va biror bir yechimga kelgandan so`ng qu- yidagi material bilan tanishishni davom ettiring. Ma’lum muammo sohasidagi masalalarni yechishga mo`ljallab yaratilgan intellektual sistema ekspert Sistema- si deyiladi. Ekspert sistemalari bilimlarini to`ldirish manbai bo`lib, shu soha eks- pertlari xizmat qiladi. Barcha ekspert sistemalarning ishi konkret muammo sohasidan olingan qat’iy ekspert ma’lumotlariga asoslanadi.
Faraz qilaylik, quyidagi masalani yechish uchun ekspertlar guruhi yig`ildi: d aryo bo`yida joylashgan korxonalardan istalgani oqizgan bo`lishi mumkin bo`l gan neft dog`lari daryoda kuzatildi. Asosiy maqsad qaysi korxona neftni oqiz ganini topish va ifloslanish sabab, oqibatlarini bartaraf etishdir. Eng avvalo, bund ay masalani yechuvchi ekspert sistemasi hisoblashni bilishi kerak. Neft oqizil- gan joyni taxminan bilish uchun neftni suvga aralashish vaqti, daryo oqi-
mi tezligi va yo`nalishi kabi ma’lumotlarni ishlatish kerak. Bunday ma’lumotlar yig`ilib, neft oqizilgan joy taxminan aniqlangandan keyin maxsus qoidalardan, masalan E1 va E2, foydalanib, aybdorni aniq topish mumkin. Bu qoidalar ev- ristik qoidalar deyiladi. Evristik qoidalar oddiy qoidalar asosida emas,
balki ekspertning amaliy bilimiga asoslanadi.
E1 qoida: AGAR neft tashlangan joydan daryo oqimi bo`yicha 1 km oraliqdagi yuqorida bir korxona joylashgan bo’lsa, u holda shu korxona neftni daryoga oqiz- gan .
E2 qoida: AGAR neft tashlangan joydan daryo oqimi bo`yicha 1km oraliqdagi yuqorida bir necha korxona joylashgan bo`lsa, u holda eng ko’p neft ishlatuvchi korxona neftni daryoga oqizgan. Maqsadga erishish uchun ko`rib chiqilayotgan variantlar sonini kamaytirishga xizmat qiluvchi va fikrlash samarasini oshiruv- chi soddalashtirishlar qo`llaniladi. Ekspert sistemalarida evristik qoidalar asosi- da ishlatiladigan soddalashtirish mexanizmi evristik qidiruv mexanizmi deyi- ladi. Quyida evristik qidiruv mexanizmi keltirilgan.Evristik qidiruv mexanizmi suvni ifloslantirgan eng ehtimoli ko`p bo`lgan aybdorni aniqlaganidan keyin, ilga- ri surilgan gipotezani tekshirish uchun ekspert sistema boshqa qoidalar to`plami- ni ishlatishi mumkin. Eng avvalo korxona neft quvuri sistemasidagi nosozliklar qaraladi. Bunday evristik qoida foyda keltirishi mumkin: AGAR fabrika neft qu- vurining 1-uchastkasidagi bosim suv bosimidan kichik bo`lsa, U HOLDA 2 yoki 3-
uchastkalarni tekshirish kerak. Bunday qoidani faqat shu sohani biluvchi inson, ya’ni ekspert aytishi mumkin.
Ekspert sistemalarning ishlatilish sohalarini qisqacha keltiramiz: