Ko‘prik inshoatlari klassifikatsiyasi




Download 0,51 Mb.
bet2/10
Sana08.06.2024
Hajmi0,51 Mb.
#261568
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Suniy inshotlar JAVOBLAR

2.Ko‘prik inshoatlari klassifikatsiyasi.
Ko‘priklarning klassifikatsiyasi quyidagi belgilar bo‘yicha amalga oshiriladi:
- vazifasiga ko‘ra – temir yo‘l (rasm 1.3,a), avtoyo‘l (rasm 1.4), shahar (rasm 1.8), piyoda (rasm 1.9) ko‘priklari va aralash (temir va avtoyo‘l trasporti uchun, rasm 1.16), maxsus (quvur o‘tkazgichlar va boshqa kommunikatsiyalar uchun) ko‘priklar.
- statik sxemasiga va yuk ostida ishlash xarakteriga ko‘ra – to‘sinli qirqilgan (rasm 1.3.a), qirqilmagan (rasm 1.3.b) va konsol; romli (rasm 1.4); arkali (rasm 1.5); vantli (rasm 1.6); osma (rasm 1.7) va kombinatsiyalangan ko‘priklar.
- to‘siqlardan o‘tish turiga ko‘ra – ko‘prik (suv oqimidan o‘tish, rasm 1.3,b); yo‘l o‘tkazgich (bir transport magistralini boshqasi ustidan o‘tkazish (rasm 1.10); viaduk (dara, jarlik, chuqur vodiylar kesib o‘tilganda, rasm 1.11); estakadalar (shaharlarda ko‘tarma o‘rniga yoki botqoqliklar ustidan quriladi, rasm 1.12). Ko‘priklar va quvurlarni sinash ularning kuchlanish-deformatsiya holatini nazorat qilish, ishlashida o‘ziga xos xususiyatlarini va ularni loyiha ko‘rsatkichlari hamda hisoblarga mosligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
Sinash yoki qisman sinash boshlangunga qadar quyidagilarga imkon beradigan hajmda tekshirish ishlari tugatilishi lozim:
sinash yuki bilan inshootning yuklanish imkoni borligini aniqlash (inshootning ko‘tarish qobiliyatini kamaytiruvchi oxiriga yetkazilmagan ishlarning yo‘qligi, ko‘prik bo‘ylab harakatlanishga va ko‘prikka chiqib-tushishga to‘siqlar yo‘qligi va shu kabilar);
sinash yukining chegaraviy ruxsat etilgan qiymatini aniqlash (loyihalash me’yorlari hamda konstruksiyadagi mavjud nosozlik va shikastlanishlarni e’tiborga olgan holda);
o‘tkazilgan yuklanishlar natijasida ro‘y bergan o‘zgarishlarni aniqlash imkonini berish uchun inshoot holatini baholash;
dinamik sinashlar vaqtida yukning harakatlanish sharoitini belgilash (yo‘lning plani va profili, harakat qismdagi notekisliklar borligi hamda joylashuvi va shu kabilarni e’tiborga olgan hold).

Download 0,51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0,51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ko‘prik inshoatlari klassifikatsiyasi

Download 0,51 Mb.