Talabning holati va rivojlanishiga ko’ra marketing turlari




Download 1,13 Mb.
bet18/109
Sana21.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#125699
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

Talabning holati va rivojlanishiga ko’ra marketing turlari

Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo’libgina qolmay, balki talabga ta’sir ham qilishdir. Xo’sh, bu ta’sir qanday bo’lishi kerak, boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishga o’tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi? Marketing faoliyatining bu aniq maqsadlarini - bozorda mavjud bo’lgan vaziyatni hisobga olish bilan, xaridorlar qizo’qish darajasi bilan, korxonaning o’z iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari bilan, u yoki bu bozorga kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib, talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing strategiyasini tanlashga imkon beradi. Bir necha talab darajasini va unga mos keluvchi bir qancha strategiyasini alohida ajratib ko’rsatish mumkin. Quyidagi talab darajasi va unga mos keluchi marketing strategiyasini ko’rib chiqamiz.

  1. Salbiy talab. Agar xaridorlarning ko’pchilik qismi tovarni qabul qilmasa va undan qochsa, bozor salbiy talab vaziyatida bo’ladi. Marketing xizmatlarining vazifasi - nima uchun bozor tovarni qabul qilmayapti, marketing dasturi tovarlarni muqammallashtirish orqali, narxlarni pasaytirish orqali, tovarga bo’lgan qarashlarni o’zgartirish mumkinligini tahlil qilish va talabni yanada faol qo’llab-quvvatlashdir.

  2. Mavjud bo’lmagan talab. Iste’molchilar tovar bilan qiziqmasliklari va e’tibor bermasliklari mumkin. Bu holda marketingning vazifasi - xaridorlarda ushbu tovarga nisbatan qizo’qish uyg’otishdir.

  3. Yashirin talab. Ko’pgina iste’molchilar bozorda mavjud bo’lgan tovarlar va xizmatlar bilan qondirilishi mumkin bo’lmagan talabga ega bo’ladilar. Bu holda marketingning vazifasi - potentsial bozor hajmini aniqlash va talabni qondirishga qodir bo’lgan samarali tovarlar yaratishdan iborat.

  4. Pasayayotgan talab. Ertami-kechmi, xar qanday korxonaning bir yoki bir necha tovariga bo’lgan talabning pasayishiga duch keladi. Bu sharoitda konyunkturaning pasayish sabablarini tahlil qilish lozim va yangi maqsadli bozorlar topish yo’li bilan, tovar xususiyatlarini o’zgartirish yoki yanada samarali aloqalar (kommuniqatsiya) o’rnatish bilan tovar etkazib berishni rag’batlantirish mumkinligi aniqlanadi. Bu erda marketingning vazifasi - pasayib borayotgan talabning oldini olish uchun, tovarni taklif qilishga ijodiy yondashish lozimligini unutmaslikdir.

  5. Doimiy bo’lgan talab. Ko’pchilik korxonalarda tovar etkazib berish mavsumiy, kundalik va xattoki soatbay tebranishga ega. Bu korxonalarning asosiy fondlarini qam yoki ko’p yuklash muammoasini tug’diradi. Masalan, jamoa transportining asosiy qismida “tigiz vaqtda” yo’lovchilar xaddan ziyod ko’p bo’ladi. Bu vaziyatda marketingning vazifsi - o’zgaruvchan (egiluvchan) baholar yordamida, rag’batlantirish va boshqa ta’sir qilish usullari orqali talabning vaqt bo’yicha tebranishini tyoQislash yo’llarini izlashi lozim.

  6. To’laqonli talab. Bu talab to’g’risida tadbirkorlar o’z savdo tushumlaridan, foydalaridan to’liq qono’qish olgan holdagina gapiradilar. Marketing vazifasi iste’molchilarning tovarni afzal o’zgarishiga va raqobatning kuchayishiga qaramasdan talabning mavjud darajasini ushlab qolishga harakat qilish lozim. Bu sharotida tovar sifatini yanada oshirish, unga xizmat ko’rsatishni yahshilash, tovarning iste’molni qondirish darajasini doimiy nazorat qilish birinchi o’ringa chiqadi.

  7. Xaddan tashqari yuqori bo’lgan talab. Bozordagi talabni qondirish mumkin bo’lgan darajadan talab darajasi yuqori bo’ladi. Bu holda marketingning vazifasi - talabning vaqtinchalik yoki doimiy ravishda pasaytirish yo’lini izlab topishdir. Bu vaziyatda narhlarni ko’tarish orqali, talabni qisqartirishga qaratilgan ragg’batlantirishlar, servisni pasaytirish va boshqa choralar yordamida xaddan tashqari yuqori bo’lgan talabni qamaytirishga harakat qilinadi. Bu vaziyatda marketingning maqsadi - talabni butunlay yo’q qilish emas, balki faqatgina uning darajasini pasaytirishdan iborat.

  8. Noratsional talab. Tovarga bo’lgan talabga qarshi harakat qilish, sog’liqqa zararli tovarlarga talabni qamaytirish aniq maqsadli harakatlarni talab qiladi. Buning uchun sigaretlar, spirtli ichimliklarning tarqalishiga qarshi turli tadbirlar o’tqaziladi. Marketing vazifasi mahsulot zarari to’g’risida ma’lumotlar tarqatish, narhlarni ko’tarish va tovarlarga egalik qilishni cheklashlar orqali, iste’molchilarni o’z odatlaridan voz kechishga ishontirish.

Shunday qilib, talabning 8 holatiga tuxtalib utdik. Mana shu holatlarning xar biriga to’g’ri keladigan marketing turlari mavjuddir.

Download 1,13 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   109




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talabning holati va rivojlanishiga ko’ra marketing turlari

Download 1,13 Mb.