|
1-боб: маркетинг ва унинг ривожланишининг
|
bet | 14/109 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #125699 |
Bog'liq portal.guldu.uz-M A R K E T I N G Asosiy adabiyotlar:
1.Багиев Г.Л.,Тарасевич В.М., Анн Х. Маркетинг: Учебник для вузов.
3-е изд./ Под общ.ред.Г.Л.Багиева.-СПб.: Питер,2006.
2.Григорьев М.Н. Маркетинг:учеб.пособие для студентов вузов/ -М.:Гардарики,2006.
3.Панкрухин А.П. Маркетинг: учеб.для студентов, обучающихся по специальности «Маркетинг»/ А.П.Панкрухин; Гильдания маркетологов.-4-е изд.,стер.-М.: Омега- Л,2006.
4.Қосимова М.С., Эргашхўжаева Ш.Ж. Маркетинг. Т.:ТДИУ, 2004.
5.www. dis. ru. Маркетинг журнал в России и зарубежом.
6. www.bci-marketing.aha.ru/pm03_02.htm.
2.1. Marketingning asosiy tamoyillari
Marketing tamoyillari marketing asosini va uning mohiyatini ochib beruvchi holat, talabdir. Marketingni mohiyati – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish albatta iste’molchiga, talab ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimo bozor talabiga mo’ljallashdan iborat. Marketing mohiyatidan quyidagi asosiy tamoyillar kelib chiqadi:
iste’molchilarga nima kerak bo’lsa, ushani ishlab chiqarish kerak;
bozorda tovarlar va xizmatlar taklifi bilan emas, balki iste’molchilarni muammolarini echish vositalari bilan ishlash;
tovar ishlab chiqarishni ehtiyoj va talabni tadqiq qilgandan so’ng tashkil etish kerak;
firmani ishlab chiqarish-eksport faoliyatining oxirgi natijalariga kontsentrlashganini kuchaytirish;
marketing kontseptsiyasi vositalarini qo’llash asosida marketing dasturini shakllantirishga olib keluvchi maqsadlarga erishish uchun kompleks yondoshish va maqsadli dastur uslubini ishlatish;
tovarni iste’molchiga siljitishni barcha bo’g’inlarini marketing bilan qamrab olish maqsadida bir vaqtni o’zida maqsadli yo’naltirilgan ta’sir asosida bozor talabiga mos keluvchi tovar ishlab chiqarish strategiya va taktikasini qo’llash;
korxona faoliyatini va marketing xizmatini bozorda tovar xulq-atvorini bashorat qilishi va strategik rejalashtirishni amalga oshirish asosida samarali kommuniqatsiyani uzoq muddatli istiqboliga mo’ljal olish;
tovarni hayotiy davrini barcha bosqichlarini ishlab chiqarish va tovar taqsimlashni ijtimoiy va iqtisodiy omillarini hisobga olish;
tashkilot va tarmoqlar rejasiga nisbatan bozorni birlamchi eqanligini eslash;
talab va taklifni balanslashtirish maqsadida rejalarni tarmoqlararo muvofiqlashtirish va o’zaro ta’sirini ushlab turish;
tovar bozori yoki firma imidji (obruyi) va raqobatli afzallikni qidirish va shakllantirish jarayonida aniq holatda agressivlikqa, hujumkorlikqa, faollikqa intilish, umumiy holda marketingning asosiy tamoyillari – bu bozorni bilish, unga moslashish va bozorga ta’sir o’tkazishdan iborat.
|
| |