1-боб: маркетинг ва унинг ривожланишининг




Download 1,13 Mb.
bet10/109
Sana21.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#125699
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

Marketing kontseptsiyasi



Marketing chora-tadbirlari kompleksi

Xaridorlar ehtiyoji



Xaridorlar extiyojini qondirish orqali foyda olish


O’tgan asrning 60-yillarga kelib bozordagi o’zgarishlarga qarab strategik


rejalashtirishni amalga oshirish masalasi ilgari surildi va hal qilindi.
XX-asrning 70-yillarirga kelib esa, marketingning shunday kontseptsiyasi ishlab chiqildiki, u iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlar xayotiga mustaqil kirib bordi.
Mamlakat xo’jalik sub’ektlari ichki faoliyatida marketing yaxlit organizm tarzida va firma ichidagi rejalashtirishda ham markaziy o’rinni egalladi. Bu bozor iqtisodiyotiga qaratilgan strategik boshqarishning yangi shakli bo’lib, u eng ko’p foyda olish maqsadida tovarlarni uzluksiz ravishda ishlab chiqaruvchilardan iste’molchilar etkazib berishni taqozo etdi.
Mahsulotlar ko’rinishi va texnologiyasi qisman o’zgartirilgan holda ko’plab ishlab chiqarishlar boshlandi. Raqobat ko’rashining asosiy shakli narx raqobatiga aylandi. Shuning uchun keyingi yillarda xarajatlarni qamaytirish, samarador texnologiyalarni joriy etish yo’lida doimiy ko’rash olib borish muvaffaqiyat garovi bo’lib qoldi.
Ijtimoiy axloqiy marketing kontseptsiyasi- bu kontseptsiya korxonaning vazifasi yakka shaxslarning talabini o’rganish, tahlil qilish va bu talablarni samarali qondirishdan, ayni paytda umuman jamiyat butunligini saqlash va mustahkamlashdan iborat deb qaraydi. Ijtimoiy-axloqiy marketing kontseptsiyasi boshqarishning bozor kontseptsiyasiga nisbatan kuchayib borayotgan ekologik muammolar, tabiiy resurslarning etishmasligi, umumjahon inflyatsiyasi, ijtimoiy xizmat sohalarining nozor holati tufayli bu dastur bizning zamonamizga to’g’ri kelishiga bildirilgan shubhalar avj olib to’rgan pallada maydonga keldi. Dastlab firmalarning bozor munosabatlaridagi faoliyati asosan foyda olishgagina qaratildi. Keyinchalik ular xaridor ehtiyojlarini qondirishning strategik ahamiyatini anglab etdilar va natijada bozor marketinggi kontseptsiyasi paydo bo’ldi. Bugungi kunga kelib, ular biror muhim ishga qo’l o’rishdan oldin, jamiyat manfaatlari haqida ham o’ylay boshladilar. Ijtimoiy-axloqiy marketing bozor ishtirokchilaridan marketing siyosati doirasida uch omilni o’zaro bog’liqlikda qarashni talab etadi, bu omillar - firma foydasi, xaridor ehtiyojlari va jamiyat manfaatlari.
Marketingni o’zaro aloqaviy kontseptsiyasi. Marketingni o’zaro aloqaviy kontseptsiyasining asosiy g’oyasi xaridorlar bilan boshqa oldi-sotdi jarayoni qatnashchilari o’rtasidagi munosabatlar (kommuniqatsiya)dan tashkil topadi.Marketingni o’zaro aloqaviy kontseptsiyasi kommuniqatsiya, shaxsiy muloqotlar ahamiyatini oshiradi. Marketingni o’zaro aloqasi kommuniqatsiyani kengroq jihatda – kompaniya bilan uning sheriklari urtasidagi daromad olib kelishni xohlagan o’zaro aloqasi sifatida ko’radi.
Quyidagi 3-jadvalda marketing evolyutsiyasini nazariy asoslari, uslublari va qo’llash sohalari bilan tanishib chiqamiz.

Download 1,13 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   109




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-боб: маркетинг ва унинг ривожланишининг

Download 1,13 Mb.