• 1-chizma. Marketing tizimidagi besh asosiy narsa
  • Marketing elementlari tarkibi va marketing–miks tushunchasi




    Download 1,13 Mb.
    bet12/109
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,13 Mb.
    #125699
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

    Marketing elementlari tarkibi va marketing–miks tushunchasi

    Marketing tizimida qo’yilgan maqsadga erishish uchun xaridorlar va boshqa sub’ektlarga ta’sir etish uchun marketing vositalari, ya’ni marketing usullari yigindisi, uslublari zarurdir. Shunday vositalardan marketing-miks, marketing kompleksi bo’lib hisoblanadi. Bo’larni marketing nazariyasiga 1964 yilda birinchi bo’lib Garvard Neyl biznes maktabi professori Neyl Borden kiritgan. Marketologlar tayyorlash tizimida marketing kompleksi 4 “P” deb nomlanib, Makqarti tomonidan 1960 yilda bu model taklif etilgan. Ushbu modelda marketingning turtta asosiy elementlari ajratib ko’rsatilgan: tovar (product), narx (price), sotish (place), reklama-siljitish (promotion).
    Marketing faoliyatida ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirish jarayonida albatta inson ishtirok etadi.
    Shuning uchun yuqorida ko’rsatib o’tilgan marketing elementlari tarkibiga 5 “P” ham kiritilib, u Kishilar (people) eqanligi aloxida takidlab o’tilgandir.
    Marketing-miks elementlari quyidagi 1-chizmada ko’rsatilgan.
    1968 yilda F.Kotler marketing-miks elementlari tarkibiga pablik-rileyshnz (public relations) va siyosatni (politics) qo’shib, oldingi 4 “P” ni 6“P” ga kengaytirib ko’rsatdi.
    4“P” modelini qo’llanishini cheklanganligiga qaramasdan, marketing nazariyasini shakllanishi va amaliyotini rivojlanishida katta rol o’ynaydi.
    Marketing-miks (marketing majmuasi) -marketing tuzilishi; marketing tizimining tarkibiy qismlari, elementlari; marketing tarkib topuvchi jarayonlar, marketing xarajatlari tuzilishi, marketing retsepti, tovar yoki xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga etkazib berish chora-tadbirlarining majmuaviy dasturidir.
    Marketing-miks keng qo’llanadigan shaklda to’rtta marketing submiksini o’z ichiga oladi. Bular quyidagilar: tovar miksi, shartnoma miksi, kommuniqativ miks, taqsimot miksi.


    1-chizma. Marketing tizimidagi besh asosiy narsa1.

    Tovar miksi tovar siyosatini shakllantiradi, tovar bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi. Bu chora-tadbirlar: dizayn, uni bezatilishi, mahsulot sifati, o’rovi, xaridorlarga xizmat ko’rsatish, kafolat xizmati siyosati, tovar diversifikatsiyasi, assortiment siyosati va hokazolar.


    Shartnoma siyosati tovarni oldi-sotdi akti shartlari kelishuvini va bitim kurinishida ularni rasmiylashtirishni amalga oshiradi. Bunday chora-tadbirlariga: narh siyosati, ustama va chegirma tizimi, tovar etkazib berish va uni to’lov shartlari, shuningdek kredit siyosati kiradi.
    Taqsimot siyosati tovarni ishlab chiqarish joyidan iste’molchiga etkazib berishni amalga oshiradi. Bu siyosat sotish kanalini asoslash va tahlil qilish, marketing-logistika, savdo siyosati, sotish vositalari siyosati, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish siyosati, iste’molchilar va bozorlarni joylashuvi siyosati, etkazib berish siyosati, tayyor mahsulotlarni omborlarga joylashtirish siyosati va boshqalarni o’z ichiga oladi.
    Kommunikativ siyosatni vazifasi xaridor ehtiyojini qondirish va foyda olish maqsadida talabni shakllantirish va tovar hamda xizmatni siljitish bo’yicha muqobil va samarali faoliyatni ta’minlash uchun marketing tizimini barcha ob’ektlarini korxona – mahsulot tayyorlovchilar bilan o’zaro harakatini tashkil etishdan iboratdir.



    Download 1,13 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109




    Download 1,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Marketing elementlari tarkibi va marketing–miks tushunchasi

    Download 1,13 Mb.