Marketing funktsiyalari va uning faoliyati mazmuni




Download 1,13 Mb.
bet15/109
Sana21.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#125699
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

2.2. Marketing funktsiyalari va uning faoliyati mazmuni


Marketing faoliyati - tadbirkorlik sohasida bajariladigan ishlar va vazifalar turi, talabni shakllantirish va takror ishlab chiqarish, firmaning foyda olishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriluvchi marketing funktsiyalari (marketing tadqiqotlari, savdo, narxning hosil bo’lishi, tovarni etkazib berish, marketing razvedkasi, bengmarketing va x.k.) bilan bog’liq faoliyat, bozor iqtisodiyotida takror ishlab chiqarish zanjirining barcha bug’inlarida marketing vositalari va falsafasini qo’llash jarayonini qamrab oluvchi hamda tovar yoki xizmat talabni qondirish va foyda keltirish uchun nimani, qaerda, qancha va qanday qilib ishlab chiqarish lozim degan savollarga javob berishga imkon beruvchi har qandan faoliyatdir.
Marketing kontseptsiyasini olib borish uchun marketing funktsiyalarini amalga oshirish orqali hal etiladi. Marketing funktsiyalari quyidagi guruhlarga bo’linadi:1

  • marketing tadqiqotlari;

  • mahsulot assortimenti ishlab chiqarish soxasini rivojlantirish;

  • sotish va Taqsimot funktsiyasi;

  • tovarni siljitish;

  • narxni tashkil etish funktsiyasi;

  • marketing-menedjment funktsiyasi.

Marketing tadqiqotlari funktsiyasida bozorni tahlil etish; sotish bozorini tadqiq etish; iste’molchi ehtiyojlarini tadqiq etish; marketing operatsiyalarini o’rganish; axborot to’plash va qayta ishlash; marketing-miks kompleksini tadqiq qilish; raqobatchilarni o’rganish; benchmarketing; talabni va sotishni bashorat qilish va boshqalar o’rganiladi.
Tahliliy funktsiyada tashqi muhit omillari, bozor, uning elementlari va holati, iste’molchilar, bozorni tuzilishi, tovar va tovarni tuzilishi, shuningdek firmaning ichki muhiti tahlil qilinadi. Bunda firma raxbariyati tomonidan nazorat qilinadigan omillar -texnologik jarayon, moliyaviy ahvoli, tashkiliy tuzilish, bozorni tanlash va boshqalar hisobga olinadi.
Tashqi muhit omillariga iste’molchilar, raqobatchilar, hukumat, iqtisodiyot, texnologiya, mustaqil ommaviy axborot vositalari kabi nazorat qilinmaydigan omillar kiradi.
Mahsulot yaratish funktsiyasi orqali marketing faoliyatida yangi mahsulotlarni yaratish, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, ishlab chiqarish soxasida tovar raqobatbardoshligi va sifatni boshqarish, shuningdek tovar siyosatini ishlab chiqish masalalari hal etiladi.
Sotish va taqsimot funktsiyasi orqali tovarni taqsimlash va sotish siyosatini ishlab chiqish, savdo-taqsimot tarmog’i orqali sotuvni tashkil etish, yuk tashishni va omborga joylashtirishni tashkil etish, tovar oborotini aniqlash, taqsimot tizimini fizik oqimlarini nazorat qilish va sotishni tahlil etishni o’rganiladi.
Tovarni siljitish funktsiyasi natijasida sotishni rag’batlantirish va reklama siyosatini ishlab chiqish, sotishni rag’batlantirishni samarali instrumentlarini asoslash, tovarni siljitish to’g’risida multimedia texnologiyalarini asoslash, ichki firma reklamasini tashkil etish, sotuv ishlarini rag’batlantirish, pablik rileyshnzni tashkil qilish va boshqalar to’liq o’rganiladi.
Narxni tashkil etish funktsiyasi orqali narxni shakllantirish strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish, sotuvni xar bir bozori uchun xar bir mahsulot uchun yashash davrini turli bosqichlarida narx matritsasini tuzish; joriy narxlar o’zgarishi mexanizmini tuzish, raqobatchi narxini tahlil qilish, yangi mahsulot uchun narx belgilash kabilar hal etiladi.
Marketing-menedjment funktsiyasi esa marketingni boshqarishni tashkil etish, nazorat qilish, marketing xizmatini tashkiliy tuzilishini ishlab chiqish, marketing faoliyati tizimida boshqaruv qarorlarini optimallashtirish, audit, marketing xizmati faoliyati samaradorligini baholash kabilarni o’rganadi.
Marketing funktsiyalari firmani boshqa funktsiyalari, ya’ni ishlab chiqarish, kadrlar, moddiy Tehnika ta’minoti, moliyaviy, buxgalteriya hisobi funktsiyalari bilan birga amalga oshiriladi.
Marketing funktsiyasini firmani boshqa funktsiyalaridan farqi shundan iboratki, marketing funktsiyasi firmalar, uning iste’molchilari, mijozlari o’rtasida ayirboshlash jarayonini amalga oshirish va tashkil etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham marketing funktsiyasi doimo o’zgarib boradigan ehtiyojdagi talabni shakllanishi va yaratilishi, rivojlanishida javobgarlikqa egadir.



Download 1,13 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   109




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Marketing funktsiyalari va uning faoliyati mazmuni

Download 1,13 Mb.