Korxonaning asosiy maqsadi




Download 1,13 Mb.
bet17/109
Sana21.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#125699
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

Korxonaning asosiy maqsadi


Maqsadlar

Ko’rsatkichlar

Bozorni egallash

Bozor ulushi, oborot, tovarni roli va ahamiyati, yangi bozorlarni qamrab olish

Rentabellik

Foyda, oborotga nisbatan rentabellik, shaxs qapitalini rentabelligi, umumiy qapitalni rentabelligi

Moliyaviy barqarorlik

Kreditga layoqatligi, likvidligi, o’z-o’zini moliyalashtirish darajasi, qapitalni tuzilishi

Ijtimoiy maqsadlar

Ish bilan kono’qish, daromad darajasi va ijtimoiy himoya, ijtimoiy integratsiya, shaxsiy rivojlanish

Bozordagi pozitsiya va prestij

Mustaqilligi, imidj, siyosiy sharoitga munosabati, jamiyatni tan olishi

Marketing maqsadlari tahlili unga erishish bo’yicha asosiy vazifalarni shakllantirishga imkon beradi. Meffert 1986 yilda uchta o’zaro bog’liq marketingni kompleks vazifalarini ajratib ko’rsatadi:


1.Talabni tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan bozor faoliyatiga kiruvchi vazifalar.
2.Firma yoki korxona sohasiga taalluqli vazifalar.
3.Tashqi muhit va jamiyat tashkilotlari bilan bog’liq masalalar.
Marketing vazifalari natijasida marketing jarayonini barcha bosqichlariga mos keluvchi marketing funktsiyalari shakllanadi va doimo tartibga solib boriladi.
Respublikamizda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishdan asosiy maqsad – bozor munosabatlarni tashkil etish, bozorni turli tuman zarur tovar va xizmatlar bilan to’ldirib, iste’molchilarning saralab tovar xarid qilishiga keng imkoniyatlar yaratib, pirovard natijada xalqning farovon turmush sharoitini ta’minlashdan iborat.
Xalqimizning farovon turmushini yaratishda, keng iste’mol tovarlar bilan bozorni to’kin sochin qilishda, aholiga turli-tuman xizmatlar ko’rsatishni tashkil etishda tadbirkorlikning ham o’z o’rni bor. Chunki tadbirkorlik faoliyati qancha rivojlansa, moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish ham shunchalik rivojlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilikni rivojlantirish asosidagi ishlab chiqarish va xizmatlar o’rtasida kooperatsiyani kengaytirishni rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2006 yil 5 yanvardagi Farmoniga ko’ra mehnat shartnomasi asosida uy mehnatini tashkil etgan korxonalar uy mehnati sharoitida ishlaydigan fuqaroga berilgan jihoz va uskunaga mulk solig’idan, mehnatga haq to’lash fondi bo’yicha yagona ijtimoiy to’lovdan (fuqoroga mehnat shartnomasi asosida to’lanadigan haq miqdorida) ozod qilinadi.1
Uy mehnatini etishda mahalliy boshqaruvning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Prezident Farmoni talablarini keng tadbirkorlar ommasiga etkazilishini ta’minlash;

  • uy mehnatini tashkil etish imkoniyati bo’lgan korxonalar mulkdorlari bilan birgalikda tuman dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;

  • uy mehnati sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan fuqarolarning tekshiruvchi tashkilotlar (elektr, gaz, soliq va boshqalar) tomonidan ruxsatsiz tekshirilishiga yo’l qo’ymaslik;

  • fuqarolar bilan shartnoma asosida uy mehnatini tashkil etgan korxonalarga xom – ashyo ta’minoti va sotish bozorini tashkil etishda ko’mak berish va hokazolar.

Demak, ushbu Farmonga ko’ra, fuqarolar yirik korxonalar bilan mehnat shartnomasini tuzgan holda uy mehnatini tashkil eta oladigan va korxona farmonda belgilangan imtiyozlardan foydalana oladi.




  1. Download 1,13 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   109




Download 1,13 Mb.