Axborotni to’plash uslublari




Download 1,13 Mb.
bet23/109
Sana21.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#125699
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

3.3.Axborotni to’plash uslublari

Bozorda vujudga kelayotgan o’zgarishlarni o’z vaqtida seza bilish, muayyaan davr mobaynida xaridorlar hulq atvorini, mijozlar xatti-harakatini, raqobatchilar taktikasini o’rganish korxona va tashkilotlarning marketing faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat qasb etadi. Bu xususda axborotni to’liq olish, qayta ishlash va undan qaror qabul qilish bosqichida unumli foydalanish imkoniyatlari bir muncha cheklangan bo’ladi. Chunki, bozorda ro’y berayotgan o’zgarishlarning jadalligi, o’zaro bog’likligi va ta’sirchanligi yuqoridir.


Shu sababdan, o’rganilayotgan jarayon yoki ob’ekt xususida auditlik bilan axborot olish, uning imkoni boricha to’laligini, ishonchliligini ta’minlash talab etadi, bunday tarzda axborot olish uslubi bo’lib-kuzatish uslubi hisoblanadi.
Kuzatish uslubi iqtisodiy, ijtimoiy sohalar statistiqasida ko’p qo’llaniladigan axborot yig’ish uslubi sanaladi. Kuzatish o’z navbatida bir qator turkumlash belgilariga ko’ra farqlanadi. Bu xususda iqtisodiy statistiqaga oid darsliklar va o’quv qo’llanmalarida etarli ma’lumotlar berilgan.
Kuzatish asosida o’rganilayotgan ob’ekt yoki jarayonga xos bo’lgan axborotni yoppasiga yoki tanlama shaklda olish mumkin. Yoppasiga kuzatish muayyan majmuaning barcha birliklarini tadqiq qilish asosida amalga oshiriladi. Bunday kuzatish odatda ko’p vaqt, mablag’ talab qiladi va uning natijalari tarmoqlararo ehtiyojlarni qondirish uchun xizmat qiladi. Masalan, aholini ro’yxatga olish, tegishli xududdagi sanoat va savdo korxonalarini ro’yxatga olish va haqozolar.
Tanlama kuzatish esa marketing tadqiqotlarida ko’proq qo’llaniladigan uslub hisoblanadi. U yoppasiga kuzatishdan bir necha xususiyatlariga ko’ra farqlanadi va etarlicha afzalliklarga ega. Ular quyidagilardan iborat.
Birinchidan, tanlama kuzatishda echiladigan ma’lumotlar tez fo’rsatlarda amalga oshiriladi. Bu esa bozor xususida tezkor axborot yig’ish va qaror qabul qilish jarayoni uchun o’ta muhimdir.
Ikkinchidan, tanlama kuzatish yo’li bilan olinadigan axborot majmuaning ko’p qirraligini va xususiyatlarini atroflicha o’rganish imkonini beradi. Natijada majmua xususidagi axborotni to’liqroq tarzda qayta ishlash, undan unumli foydalanish mumkin bo’ladi.
Uchinchidan, tanlama kuzatishda ro’yxatga olinuvchilar miqdori nisbatan qam bo’lganligi sababli, tadqiqot ob’ektni (yoki muloqatdagi auditoriyani) tayyorlash, u bilan mustahqam aloqa va qayta aloqa o’rnatish imkoni bir muncha yuqori bo’ladi, bu xususiyat esa kuzatishda “yanglishishlar” ehtimolini kamaytirishga sabab bo’ladi.
To’rtinchidan, majmua mikyosida kuzatish o’tkazish, ko’plab xodimlarni jalb qilish va xarajatlarning ortib borishiga olib kelsa, tanlama kuzatishda tadqiqot nisbatan arzon tashkil etiladi.
Lekin tanlama kuzatishni amalga oshirish dastavval muayyan qoidalarga va ketma-ketlikqa amal qilishni talab etadi. Bu birinchi navbatda kuzatish uchun aniqlanadigan tanlovning miqdoriy va sifat jihatdan vakilligi bilan bog’lik.
Marketing tadqiqotlarida eksperiment uslubi ham ko’p qo’llaniladi. Xususan, u tadqiqotda bir necha taqqoslanadigan holatlarni (guruxlarni) yaratishga va o’zgaruvchi ko’rsatkichlar ta’sirini aniqlashga asoslanadi. Misol uchun, shaxar ayollarining ayrimlari o’z odatlariga ko’ra soch quritish va soch turmaklash qurilmalaridan aloxida hollarda foydalaniladilar. Savdo firmasi elektr asboblari ishlab chiqaruvchi firma ko’magida umumlashgan tarzda ishlab chiqarilgan soch quritish va soch turmaklash kurilmasini sotish va bunda xaridorning munosabatini o’rganmoqchi.
Ayollarning qanday guruxlari (haridorlik atvori va iste’moldagi fe’liga ko’ra) umumlashgan ko’rinishdagi soch quritish va soch turmaklash qurilmasini sotib oladi yoki sotib olmoqchi. Bu muammoni elektr asboblari ishlab chiqaruvchi hamda savdo firmasi eksperiment uslubida amalga oshirishi yuqori samara beradi. Tajriba uchun savdo firmasiga ma’lum miqdorda yangi qurilmalar etqaziladi. Ularni sotish jarayoni bir yo’la eksperiment(sinov) qilinadi va keyinchalik xaridorlar atvori kuzatiladi.
Tashkilotlarda eksperimentdan foydalanish o’rganilayotgan ob’ekt yoki jarayon xususida to’laroq ma’lumot olish imkonini beradi, uni tashkil etish bir muncha mushqo’l. Chunki xaqiqiy (yoki istakdagi) holatni yaratish, barcha omillar ta’sirini aniqlash bir qancha mutaxasislarni jalb etishni va tadqiqot xarajatlarining ortishiga sabab bo’ladi. Shu nuqtai nazardan eksperiment o’tkazish doirasi, uning yo’nalishlari, uslublari va ketma-ketligi dastavval muqammal ishlab chiqarilishi kerak.
Marketing tadqiqotlarida so’roq uslubi tavsiflovchi yo’nalishdagi izlanishlarda ko’proq qo’llaniladi. Jumladan, mijozlar va xaridorlarning qat’iyati, qizo’qishlari, ishtiyoqlaridagi o’zgarishlar, mamnunligi va shunga uxshash yo’nalishdagi tadqiqotlar. So’roq uslubi tadqiqotining yo’nalishiga ko’ra anketa yoki mexaniq qurilmalar vositasida amalga oshiriladi. So’roq uslubining samarali jihati shundan iboratki, u tadqiqotda bir necha marotaba qo’llanilishi, tegishli ob’ekt to’g’risida axborotlarni unumlashtirib borish imkonini beradi.
Shu bilan birga so’roq uslubi ham tadqiqot uchun tanlov birligi, hajmi, belgisi va o’tkazish tartibini dastavval aniqlanishini taqazo etadi. Masalan, o’rnatilayotgan majmua ob’ektlarining barchasini to’liq o’rganish imkoni bo’lmaganda, tanlama uslub qo’llaniladi. Yuqoridagi misolda keltirilgan soch quritish va soch turmaklash qurilmasini sotib olib foydalanayotgan ayollarning ushbu predmetga munosabati, mamnunligi, xarid vaqtida va xariddan bir oy keyin so’roq tarzida amalga oshirilishi mumkin. Muloqat o’rnatishda esa telefon, pochta, shaxsiy yoki guruxli suxbat qo’llaniladi.
Muloqatdagi auditoriya bilan aloqa o’rnatish uslublari ichida telefon orqali intervyu, shaxsiy, guruxlar vositasida intervyu, pochta orqali anketa yuborish ko’p qo’llaniladi. Telefon vositasida intervyu - suraluvchi (respondent) bilan telefondagi qisqa suxbatni o’z ichiga oladi. Odatda u telefon aloqasi yaxshi uyushtirilagn holatlardagina qo’laniladi. Lekin, suraluvchi bilan atroflicha suxbatlashish, uning fikrini muqammalroq bilish doirasi bir muncha cheklangan bo’ladi.
Shaxsiy intervyu so’roq uslubida keng qo’llanib, intervyu olib boruvchi tomonidan savollarga to’la javob olish va uni yanada aniqlashtirish imkonini beradi. U yuqori maxoratli mutaxassislar ishtirokida, belgilangan savollar ko’lamida amalga oshiriladi. Uning natijalari magnitafon yoki videomagnitafonlarga yozilishi, so’ngra umumlashtirilishi lozim. Shaxsiy intervyu bir necha minut yoki bir necha soat davom etadi va shu sababdan respondentlarga suxbatdan so’ng sovg’a topshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Gurux ishtirokidagi intervyu esa bir necha (odatda 4-12 kishidan iborat gurux) shaxslar ishtirokida, ular fikrini aniqlash, umumlashtirish, yagona maslakni ta’minlash maqsadida uyushtiriladi. Gurux ishtirokidagi intervyu olib boruvchi muloqatga usta, notiq va fikrlarni mantiqan umumlashtirishda yuksak qobiliyat soxibi bo’lishi nazarda tutiladi. Bunday suxbat videolentaga yozilishi va keyinchalik to’g’ridan-to’g’ri rahbariyatga taqdim etilishi ham mumkin. Bunda suralayotgan ob’ektning o’zi, o’z fikrlarining asoslashlari yaqqol ko’rinib turadi. Masalan, yangi avtomobilning ichki jihozlari, uning qulay dizaynda yasalishi bo’yicha ko’p yillik xaydovchilar bilan guruxli intervyu o’tkazish.
Marketing tadqiqotlarida so’roq uslubi ko’p jihatdan anketa (so’rov varaqasi) vositasida ko’p tashkil etiladi. Anketa o’z ichiga tayinli tizimga solingan, mantiqan bog’langan savollar ko’lamini olib, asosan ikki shaklda axborotlar to’plashga xizmat qiladi. Birinchi shakl axborot olish davrida respondent javoblarini maxsus mutaxassis og’zaki so’rab, belgilab, umumlashtirib borishga asoslanadi. Ikkinchi yozma shaklida esa, taqdim etilgan anketa savollariga bevosita respondentning o’zi, guruxlarga ajratilgan muqobil javoblarni belgilaydi.
Ko’pgina yirik firmalar va marketing tadqiqotlari bo’yicha ixtisoslashgan tashkilotlar anketa vositasida quyidagi yo’nalishdagi muammolar bo’yicha tadqiqotlarni tashkil etadilar:
-xaridorlarning yangi tovarlarga nisbatan munosabati, qanoatlanish darajasiga oid izlanishlar;
-xaridorlarning muayyan tovar assortimenti turi bo’yicha ta’minlanishi, ulardan foydalanish muddatlarini aniqlashga yo’naltirilgan izlanishlar;
-xaridorlarni muayyan tovarlarga bo’lgan ishtiyoqi, iste’mol qilish xususiyati, daromadlari va boshqa belgilarga ko’ra segmentlarga ajratish bo’yicha izlanishlar;
-xaridorlarning shakllanayotgan talablarini o’rganish, tovarlar sifatini yaxshilash, xizmat ko’rsatish darajasini oshirish xususidagi izlanishlar;
-tovarlarni xarid qilish shakli, uslubi, manzili, sotuvdan keyingi xizmat muammolarini hal etishga yo’naltirilgan izlanishlar va boshqalar.
Anketa vositasida o’tqaziladigan tadqiqotlarga muayyan firma mahsulotlarini sotuvchi tashkilot xodimlari, maxsus tanlab olingan ekspertlar, muayyan manzil aholisi jalb qilinadi. Tadqiqotlar o’tqazilish davriga ko’ra, doimiy va doimiy bo’lmagan turlarga bo’linadi. Bu xususiyat marketing izlanishi bilan shug’ulanayotgan firmaning imkoniyatlari, tovar, narx, xizmat ko’rsatish siyosati va boshqa xususiyatlarga bog’liq.
Anketa savollarini imkoni boricha qisqa, oddiy, umumiy ma’lum bo’lgan so’zlar bilan tuzishga harakat qilish zarur. Xatto ayrim hollarda mahalliy shevalarni ham inobatga olish, ikki ma’noli so’zlarni ishlatmaslikqa urinish kerak. Boshqacha qilib aytganda, savol tug’diradigan savollarning anketada bo’lmasligi, jumlalarning qisqa va mazmunli bo’lishi respondentni ko’p o’ylantirmaslikni, charchamasligini ta’minlaydi.



Download 1,13 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109




Download 1,13 Mb.