Makromarketing va mikromarketing




Download 1,13 Mb.
bet26/109
Sana21.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#125699
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

4.2.Makromarketing va mikromarketing

Marketingning tarkibiy tuzilishi haqida fikr yuritilganda uning tarkibida makromarketing va mikromarketing turlari mavjudligini alohida ta’kidlash zarur.


Bu tushunchalarni fanga birinchi marta F.Kotler 1972 yilda kiritdi va ularni xujalik faoliyati bilan shugullanadigan tashkilotlar bilan bir qatorda foyda olish bilan bog’liq bo’lmagan madaniyat, ijtimoiy, siyosiy va shunga o’xshash tashkilotlarga nisbatan ham qo’lladi.
Mikromarketing - korxonaning ishlab chiqarishni shakllantirish, tovarlar va xizmatlarning tayyorlovchidan iste’molchi yoki foydalanuvchiga borish oqimini boshqarish bilan bog’lik bo’lgan faoliyatdir. Uning asosiy vazifasi talabni qondirish va ayni paytda korxona oldiga qo’ygan maqsadlarga erishishdir. Boshqacha aytganda, bu ijtimoiy iqtisodiy jarayon bo’lib, mahsulot yoki xizmatlarga bo’lajak talab tarkibini o’rganish, shuningdek bu talabni, taklifni shakllantirish iste’molchiga axborot berish yo’llari bilan qondirish maqsadini ko’zlaydi.
Shunday qilib, mikromarketing korxona darajasidagi bozor faoliyatidan iboratdir.
Makromarketing faoliyati korxona darajasidan chetga chiqadi va turli birlashmalar, kompaniyalar, uyushmalar va umuman tarmoq darajasida amalga oshiriladi.
Yanada kengroq ma’noda makromarketing tushunchasi mamlakat milliy iqtisodiyot miqyosida mahsulotlarni yaratish va uning pirovard iste’molchisi tomon ko’chish harakati xayotiy jarayonda qatnashadigan faoliyati va muassasalarni birlashtiradigan tizimdir. Bu tizim barcha ishlab chiqarish, savdo, transport, reklama axborot va boshqa marketing vazifalarini bajaradigan korxona va xizmatlarni qamrab oladi.
Makromarketingning vazifasi-butun mamlakat bo’yicha moddiy boyliklar va xizmatlar oqimini boshqarishni tartibga solishdan iborat.
Turli darajadagi boshqarish vositalari va usullari o’zaro farq qilinadi. Korxona darajasida asosan marketing-miks vositalaridan foydalaniladi. Undan yuqoriroq darajalarda investitsiya siyosati narxlarni boshqarish, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari va shunga o’xshash faoliyat ko’rsatiladi.
Marketingni qo’llash sohalari va ob’ektlariga muvofiq quyidagi holatlarga ko’ra guruxlash mumkin:

  • ichki marketing;

  • tovarlar bo’yicha marketing;

  • eksport marketingi;

  • import marketingi;

  • ilmiy texnik marketing;

  • to’g’ridan-to’g’ri mablag’ (investitsiya) kiritish marketingi;

  • halqaro marketing;

  • notijorat faoliyati sohasidagi marketing;

  • ijtimoiy g’oyalar marketingi;

Ichki marketing qoidaga ko’ra bir tomon doirasida tovar va xizmatlarni sotish masalalari bilan bog’liq. Amalda barcha korxonalar avval ichki bozorga keladi, yuqori natijalarga erishgandan keyin esa, ya’ni raqobatbardosh mahsulotlarini yaratgandan keyin tashqi bozorga chiqadi.
Tovarlar va xizmatlar marketingi (tovarlar bo’yicha marketing) samarali sotishni tadqiq qilish va tovarlar va xizmatlar turlari bo’yicha tadbirkorlik faoliyatining foydaliligini ta’minlashni ko’zda tutadi. Masalan, xorijda sanoat tovarlari marketingi, iste’mol tovarlari va xizmatlar marketingi ishlab chiqilgan.
Eksport marketingi yangi xorijiy sotish bozorlarini tadqiq qilish, firma mahsulotlarini sotish uchun xorijiy sotish xizmatlarini tashkil qilishni ko’zda tutadi.
Import marketingi yuqori samarali xaridorlarni ta’minlash uchun bozor tadqiqotlarining alohida shakllarini ko’zda tutadi.
Ilmiy-texnik marketing xaridning ilmiy-texnik faoliyat natijalari, patentlar va litsenziyalarni sotish va xarid qilish qismidagi marketing tadqiqotlari, fan-Tehnika taraqqiyoti yo’nalishlarini o’rganish, tegishli tomonlar patent xuqulari masalalari va boshqalar bilan bog’liq.
To’g’ridan-to’g’ri marketing kiritish marketingi o’z ichiga xorijiy faoliyatni tadqiq qilish, yangi korxona ishining imkoniyatlari (biznes-reja turlari), uning sotish faoliyatini chuqur va xar taraflama tahlil qilishni, hamda kompaniya manfaatlari va korxona qurilgan mamlakat qonunini hisobga olgan holda tashqi bozorda sotish tadqiqotlarini o’z ichiga oladi.
Halqaro marketing, tashyai iyatisodiyot, tashqi savdo marketingi deb ham ataydilar, mahsulotni xorijda qurilgan milliy korxonalarda sotishni ko’zda tutadi. U ishlab chiqarish, sotish vazifalarining juda kattaligi bilan farqlanadi, asosan ko’p sonli mamlakatlar xududlarini qamrab oluvchi transmilliy kompaniyalarga javob beradi.
Notijorat faoliyati soxasidagi marketing asosan alohida tashkilot yoki aloxida shaxsga nisbatan jamoaning ijobiy fikrini yaratish masalalari bilan bog’liq.
Ijtimoiy marketingni kqo’llashning eng muhim sohasi rivojlanadigan mamlakatlarda oilani rejalashtirish, qariyalar va qasallarga e’tiborni jalb qilish ayrim ijtimoiy zaruriyatlarga xayriya qilishga tayyorlikni rivojlantirishdan iborat.

Download 1,13 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   109




Download 1,13 Mb.