VI- BOB. Strategik va taktik rejalashtirish, marketing nazorati




Download 1,13 Mb.
bet34/109
Sana21.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#125699
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

VI- BOB. Strategik va taktik rejalashtirish, marketing nazorati.


6.1.Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari

Korxonalar uchun rejalashtirish faoliyatining yuqori darajasini ifodalab, sotish va foyda olish ko’rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Rejalashtirishning asosiy qismi strategik rejalashtirishdan iboratdir.


Strategik rejalashtirish-bu korxonani istiqbolda ko’rish, korxonaning iqtisodiyotda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy xayotidagi o’rni, rolini bilish va yangi darajaga erishish yo’llari, vositalarini ishlab chiqishdir. Strategik rejalashtirishda aniq hisoblangan ko’rsatkichlar bo’lmaydi, balki turli bashoratlar asosida mo’ljallar, kelgusiga nazar tashlashdan iboratdir
F.Kotler firmaning strategik rejalashtirish haqida bunday deb yozadi: “Firmaning maqsadlari, uning marketing soxasidagi imkoniyatlari orasidagi strategik muvofiqlikni qo’llashni boshqaruv jarayonidir. Strategik rejalashtirish firmaning aniq ifodalangan dasturiy bayonotiga, yordamchi maqsadlar va vazifalarni mo’ljallashiga, sog’lom xo’jalik portfeli va o’sish strategiyasiga tayanadi”.1
Korxona dasturi o’z ichiga korxonaning bugungi holati haqida, uning mijozlari, mijozlar uchun qadrli bo’lgan tomonlari,korxona istikboli haqida ma’lumotlarni oladi. Korxona bunday dasturni doimo diqqat markazida saqlashi, muntazam ravishda unga tuzatishlar kiritib turish kerak. Korxona dasturi maqsad quyishga, uning ahamiyatini oshirishga ko’maklashadi va maqsadga erishishga yo’llaydi.
Korxona dasturida korxonaning faoliyat doirasi ko’rsatiladi. Bu doiraning chegarasi bo’lib, mahsulotlar, texnologiyalar, mijozlar guruxi, ular ehtiyoji yoki bir necha omilning aralashmasi xizmat qilishi mumkin. Masalan, korxonada avtomashinalar, radio-tele-apparatlari, boshqa tovarlar sotilishini ifodalash tovarlar doirasi chegarasini bildiradi. Savdo korxonasining imkoni boricha tovar assortimenti kengroq bo’lishi kerak.
Korxonaning vazifalari va maqsadi bosqichi har bir boshqaruvchi, rahbariyat hodimi oldiga maqsadga erishishga qaratilgan vazifalar qo’yadi. O’z vazifalarining bajarilishiga xar bir xodim javobgardir.
Korxonaning asosiy maqsadi foyda olish bo’lsa, unga erishish uchun foyda keltiradigan tovarlarni sotishni ko’paytirish, ular hissasini oshirish lozim. Bunday tovarlar sotilishini ko’paytirish esa,tovar manbalarini topishni, ular ichidagi eng samaralisini tanlashni talab etadi. Bulardan o’z navbatida qator vazifalar kelib chiqadi. Bu vazifalar marketing vazifalari bo’lib, marketing strategiyasini ishlab chiqishni talab etadi. Bunda bozorni o’rganish, taklif manbalarini o’rganish, korxonaga tegishli xar bir mol bo’yicha konyukturani o’rganish va xulosa chiqarish jarayoni bajariladi.
Korxona xo’jaligini rivojlantirish rejasi strategik rejalashtirishning muhim bosqichi hisoblanadi. Bunda xo’jalik faoliyatining bosh yo’nalishlari tahlili amalga oshiriladi va ayrim tovarlarning rentabelligi aniqlanadi. Rentabellik darajasiga ko’ra uni savdoda qoldirish yoki qoldirmaslik , jalb etish yoki jalb etmaslik qarorini qabul qilish kerak bo’ladi. Yuqori rentabellik tovarlarga ko’proq moliyaviy resurslarni safarbar etish, qam foydalilaridan chetlasha borishga qaratilgan ishlarni rejalashtiriladi.
Korxonani o’sish strategiyasi o’z ichiga korxonaning kelgusida yana qanday tovarlarni sotishni o’zlashtirishi , qaysi mahsulotlar bozoriga e’tiborni kuchaytirishi, kuch sarflashini oladi.
Korxonani o’sish strategiyasini 3 bosqichdagi tahlil asosida ishlab chiqish mumkin. Birinchi bosqichda, hozirgi faoliyat doirasidagi foydalanishi mumkin bo’lgan imkoniyatlari aniqlanadi. Bunda o’sishga jadallashtirish omili orqali erishiladi, tovar yoki bozorning mavjud holatida imkoniyatlarni topish va o’sishga intilish o’rin egallaydi. Imkoniyatlari turlicha bo’lishi mumkin. Jumladan, tovarni bozorga chuqurrok singdirish (xaridorning e’tiborini ko’proq qozonish maqsadida raqobatchsisiga nisbatan tovarni arzonroq sotish, sotilgan tovarlar ma’lum songa etganida xaridorga mukofot berish bilan rag’batlantirish, shu tovarning yangi iste’molchilarini topish) yo’li bilan sotishni ko’paytirish mumkin.
Boshqa imkoniyati bozor chegarasini kengaytirish, ya’ni yangi bozorlar topish va mavjud tovari bilan ularda savdo-sotik yuritishdan iboratdir. Navbatdagi imkoniyati tovarni takomillashtirish, ya’ni mavjud moldan keskin farq qiladigan, sifati, iste’mol qiymati yuqori bo’lgan molning yaratilishi bilan bog’liqdir.
Ikkinchi bosqichda korxona tarmoq doirasida boshqa korxonalar bilan hamkoorlikda (integratsiya) ishlashi mumkin. Bunda shu tarmoq doirasida taqsimot tizimi qattiq nazorat qilinadi. Bunda raqobatchi firmalar ustidan doimiy nazorat olib boriladi.
Korxonaning o’sish strategiyasining uchinchi bosqichda tarmoq doirasida o’sish imkoniyatlari qolmagan bo’lsa, korxonaning mavjud turiga yaqinroq yangi yo’nalishini tanlash, o’zlashtirishdan iborat jarayon amalga oshiriladi.
Strategik rejalashtirish korxona faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi, mahsulot ishlab chiqarish va sotish soxasidagi barcha harakatlarning maqsadga muvofiq yo’nalishini aks ettiradi. So’ngra xar bir yo’nalish bo’yicha batafsil rejalar tuziladi, chunki marketing kontseptsiyasini qo’llaydigan korxonalar faoliyat natijalari ko’proq savdo sohasi bilan belgilanadi, rejalar orasida tovar nusxasini yaratishdan boshlab to pirovard sotishga qadar tovar harakati jarayonlarini qamraydigan marketingni rejalashtirish alohida o’rinni egallaydi.
Asosiy ko’rsatkich ma’lumotlar yig’indisi, joriy marketingga oid vaziyat bayoni, xatarlar va imkoniyatlar tafsili, vazifa va muammolar tafsili, marketing strategiyasi, harakat dasturi, byudjet va nazorat.
Strategik rejalashtirishning asosiy xususiyati-umumdoimiy ravishda operativ va strategik nazoratga tayanishidir. Bu esa strategiyaga tayinli davr mobaynida turli o’zgarishlarni kiritish va tashqi muhit sharoitlariga moslashish imkonini beradi.
Strategik rejalashtirish jarayonida bevosita stretegiyani ishlab chiqish bosqichi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshirilishi lozim. Dastlabki harakat bosqichi bo’lib, firmaning istiqbolini tahlil qilish hisoblanadi. Ushbu bosqichda: asosiy tashqi xavf-xatarlar, imkoniyatlar, “favqulodda” holatlarni vujudga kelish tendentsiyalari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari hal etiladi.
Ikkinchi harakat bosqichida raqobatchilik ko’rashidagi mavqei tahlil qilinadi. Ushbu bosqichning asosiy vositasi bo’lib-firma faoliyatining qaysi yo’nalishida “raqobatchilik strategiyasini takomillashtirib, firmaning yalpi ish faoliyatining yaxshilash mumkin”degan savolga javob topiladi.
Uchinchi, eng muhim harakat bosqichi - strategiyani tanlash hisoblanadi. Bunda firmaning turli faoliyatlari bo’yicha istiqbolini qiyoslash, tanlangan strategiyani amalga oshirishda turli faoliyat yo’nalishlari bo’yicha resurslarni taqsimlash asosiy o’rin egallaydi.
Lekin ko’pgina hollarda firmaning mavdjud imkoniyatlari kelgusi istiqbol uchun ma’qul bo’lmaydi. Buning sabablari bo’lib, firmaning ichki faoliyati doirasida yalpi strategiyani ishlab bo’lmaslik, uzoq va qisqa istiqbolda ularning mos kelmasligi yoki boshqaruvchilarining rejalashtirish ishlarida tashqi muhit o’zgarishlariga moslashuvchanlik sharoitlarini ishlab chiqish zarurati hisoblanadi.
Keyingi harakat bosqichi - diversifiqatsiya yo’llarini tahlil qilish jarayoni sanaladi. Ushbu bosqichning asosiy maqsadi bo’lib , amaldagi faoliyatini ko’lami tanlovidagi qamchiliklarni va kelgusida firma uchun samarali bo’lgan yo’nalishlarni aniqlash hisoblanadi.

Download 1,13 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   109




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



VI- BOB. Strategik va taktik rejalashtirish, marketing nazorati

Download 1,13 Mb.