• V- BOB. Marketing dasturi 5.1. Marketing dasturi haqida tushuncha
  • 1-боб: маркетинг ва унинг ривожланишининг




    Download 1,13 Mb.
    bet30/109
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,13 Mb.
    #125699
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   109
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

    Asosiy adabiyotlar:

    1.Григорьев М.Н. Маркетинг: учеб пособие для студентов вузов/-М.: Гардарики, 2006.-366


    2.Ахунова Г.Н. Маркетинг. Учебное пособие. –Т.: 2005.
    3.Данченок. Л.А. Маркетинг. Учебно практическое пособие. - М.: 2004.
    4.Косимова М.С.,Эргашхўжаева Ш.Ж. Маркетинг. Ўқув қўлланма.– Т.: ТДИУ, 2004й.
    5.www.classis.ru/pages/classis/6/48/
    6.www.dis.ru.Маркетинг.Журнал в России и за рубежом. Merder, David.

    V- BOB. Marketing dasturi


    5.1. Marketing dasturi haqida tushuncha
    Tor ma’noda marketing dasturi (marketing-reja) xujjat bo’lib, korxonaning bozorda aniq faoliyat ko’rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengroq ma’noda esa, korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo’naltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (10 yilgacha va undan ko’proq) bo’ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga mo’ljallangan bo’lishi mumkin.
    Marketing dasturi bu korxonani umumxo’jalik faoliyatini direktiv rejasini tuzish uchun strategik tavsiyanomadir va yuqori boshqarish bo’g’ini uchun qaror qabul qilishni asosidir. Marketing dasturini asosiy mazmuni- bu korxonani o’tgan davrdagi faoliyat natijalari bo’lib, unda maqsadli bozorni rivojlanishini qisqa tahlili va bashorati, firmani rivojlanishini asosiy maqsadi, bozordagi xulq-atvorini strategik yo’li, tovar, narx, sotish va rag’batlantirish siyosatlarining chora-tadbirlarini, marketing tadqiqotlarini mazmuni, xarajatlar smetasi, marketing harakatlari samaradorligini oldindan baholash, marketing dasturini amalga oshirish bo’yicha nazorat chora-tadbirlari va harakatlari beriladi.
    Marketing dasturi marketing kompleksi tadqiqotlari va firmani o’z imkoniyatlarini baholash asosida tuziladi. Dastur tavsiyali xarakterga ega bo’lsada, kompaniyani strategik rejalashtirishda zarur bosqich sifatida quriladi. Firmalar faoliyatining zamonaviy sharoitda marketing dasturi kompaniyani yuqori boshqaruv bo’g’ini ( joriy rejalashtirish , direktiv rejalar, strategik dasturlar, strategiyani tanlash) darajasida asoslanib, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zarurdir.
    Marketing dasturini strategik yo’nalishi bozordagi mavqesidan va korxonani o’z holatini bog’liqligiga qarab o’z ichiga turli variantlarni oladi.
    Strategiyalar diversifiqatsiyasi, tadbirkorlik faoliyatini segmentatsiyalash, hujum va himoya strategiyalari bo’lishi mumkin.
    Marketing dasturini ishlab chiqarishda ko’p variantlilik tamoyillari ishlatiladi. Xizmatni tuzilishiga binoan marketing dasturini va rejasini bir necha varinatlari: ikki yoki uch, ya’ni minimal, optimal va maksimal turlari bo’ladi. Dasturni minimal varianti, dasturni og’ir (yomon) sharoitlarda rivojlantirishni, maksimal variantida esa yaxshi sharoitlarni rivojlantirishni ko’zda tutadi. Masalan, Yaponiya firmalari marketing dasturi va rejasini minimal variantini nazarda tutib, uni amalga oshirishda xaqiqiy muvaffaqiyatga iqtisodiy-ijtimoiy hamda psihologik samarani olishni maqsad qilib erishadi. Shuningdek dasturni o’rtacha yoki optimal variantlari keng tarqalgan.
    Firma turli marketing dasturlarini ishlab chiqadi, yo’nalishiga qarab marketing dasturi yuqori va pastki bo’g’in uchun bo’lishi mumkin. Agar dastur yuqori bo’g’in uchun bo’lsa, u qisqa va lo’nda tuzilgan bo’lishi lozim. Chunki unda muhim tomonlari ajratib ko’rsatiladi Pastki bugin uchun tuzilgan dasturlarda esa xar bir savollar yoritilib beriladi.
    Muddatiga qarab marketing dasturlari qisqa, o’rta va uzok muddatli turlarga bo’linadi. Ayrim firmalar esa, ikki yoqlama dastur tuzadilar, ya’ni uzoq mulddatli va qisqa muddatli dasturlar.
    Qamrab olayotgan vazifasiga qarab, oddiy yoki maqsadli dasturlarga bo’linadi.
    Oddiy marketing dasturlari firmani ishlab chiqarish, sotish faoliyati bilan barcha funktsiyalarni savollarini echishga yo’naltiriladi. Maqsadli dasturda esa, yangi mahsulot ishlab chiqarish yoki segmentni o’zlashtirish, firma siyosatini rag’batlantirish samaradorligini oshirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirishga qaratiladi.
    Ob’ektiga bog’liqligiga qarab marketing dasturlari mahsulotlar bo’yicha va ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha bo’lishi mumkin.1
    1. Ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha marketing dasturi quyidagi maqsadga ega:

    • tovarlar siyosatini hisobga olgan holda chiqarilayotgan mahsulotni zaruriy nomenklaturasini aniqlash;

    • innovatsiya bo’yicha qarorni asoslash;

    • chiqarilayotgan mahsulot sifati va texnik darajasini oshirish bo’yicha qaror qabul qilish;

    • tovar ishlab chiqarish tuzilishida xar bir mahsulot ulushini o’rnatish;

    • ishlab chiqarishni ustivor yo’nalishlari bo’yicha xarajatlarni umumiy hajmi va ularni tuzilishini hisoblash;

    • moliyalashtirish manbalarini topish;

    • ishlab chiqarishni moddiy va mexnat resurslari bilan ta’minlash;

    • ishlab chiqarish va muomala xarajatlarini hisoblash;

    • ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash va foydani (prognoz) qilish.

    Ishlab chiqarish bo’limi bo’yicha marketing dasturi firmaning to’liq ichki rejalashtirish va ishlab chiqarish rejasini hisobga oluvchi optimallashtirilgan ko’rsatkichlarni o’z ichiga olishi lozim. Shunday qilib, ishlab chiqarish bo’yicha marketing dasturi ishlab chiqarish bo’limining xo’jalik faoliyatini ja’mi ko’rsatkichlari to’plamini tahlili asosida ishlab chiqilgan asosiy xujjat hisoblanadi.
    2.Mahsulot bo’yicha marketing dasturi quyidagi maqsadlarga ega:

    • mahsulotni optimal texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarini ishlab chiqish ;

    • mahsulotni ishlab chiqish va sotish samaradorligini ko’p variantli hisob-kitobini o’tkazish;

    • yangi (takomillashgan) tovar ishlab chiqarish rentabelligini va zarurligini asoslash;

    • chiqarilayotgan mahsulot hajmini natural va qiymat birligida belgilash;

    • iste’molchilarni maqsadli bozorda ko’zlagan maqsadlarini hisobga olgan holda xar bir tovar bo’yicha sifat ko’rsatkichlarini o’rnatish;

    • xar bir mahsulotni integral baholash (xarajatlari, narx va foydani solishtirish);

    • maqsadli bozorda raqiblarning mavjud o’xshash tovarlarini hisobga olgan holda, xar bir tovar bo’yicha raqobatbardoshlik darajasini hisoblash.




    Download 1,13 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   109




    Download 1,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-боб: маркетинг ва унинг ривожланишининг

    Download 1,13 Mb.