1-боб: маркетинг ва унинг ривожланишининг




Download 1,13 Mb.
bet29/109
Sana21.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#125699
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

Qisqa xulosalar

Marketing tizimi - bu qo’yilgan maqsadlarga erishish va maqsadli bozor talabini qondirish uchun marketing qismlarining aniq birikuvidir. Tarkib o’zida to’rtta asosiy qism – mahsulot yoki xizmat, taqsimot (sotish), siljitish, narxlarni birlashtiradi.Marketing tizimi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar, sub’ektlar yig’indisidan iboratdir. Marketing tizimi o’z tarkibiga turli elementlarni qamrab oladi: ta’minotchilar, raqobatchilar, vositachilar, iste’molchilar (bozor), firma (kompaniya).


Marketingning tarkibiy tuzilishi haqida fikr yuritilganda uning tarkibida makromarketing va mikromarketing turlari mavjudligini alohida ta’kidlash zarur. Marketingni qo’llash sohalari va ob’ektlariga muvofiq quyidagi holatlarga ko’ra guruxlash mumkin: ichki marketing, tovarlar bo’yicha marketing, eksport marketingi, import marketingi, ilmiy texnik marketing, to’g’ridan-to’g’ri mablag’ (investitsiya) kiritish marketingi, halqaro marketing, notijorat faoliyati soxasidagi marketing, ijtimoiy g’oyalar marketingi.
Marketingni boshqarish – marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha moddiy , moliyaviy, me’yoriy va boshqa resurslarning majmui bo’lib, uni amalga oshirish jarayonida barcha xodimlar faoliyatini bir maqsadga yo’naltirish, uyushtirish va muvofiqlashtirishdan iboratdir.
Marketing muhiti, deganda firma korxona yoki uning yuqori tashkilotlar faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy iqtisodiy siyosiy va huquqiy omillar majmui tushuniladi, Marketing ichki va tashqi muhitlar farqlanadi.


Nazorat va muhokama uchun savollar


1.Marketing tizimi deganda nimani tushunasiz?


2.Korxonada marketingni tashkil etish jarayoni qanday amalga oshiriladi?
3.Marketingni boshqarish jarayoni necha bosqichdan iborat?
4.Marketing tashqi muhiti deganda nimani tushunasiz?
5.Ichki muhit omillariga nimalar kiradi?
6.Marketingni qanday turlarini bilasiz?
7.Makro va micromarketing deganda nima?
8.Bozor imkoniyatlarini tahlil etish jarayonini mazmunini tishuntirib bering.
9.Marketingni boshqarish deganda nimani tushunasiz?
10.Notijorat faoliyat sohasidagi marketing mazmunini izohlab bering.

Download 1,13 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   109




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-боб: маркетинг ва унинг ривожланишининг

Download 1,13 Mb.