Marketingni boshqarish jarayoni




Download 1,13 Mb.
bet27/109
Sana21.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#125699
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

4.3.Marketingni boshqarish jarayoni

Marketingni boshqarish – marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan barcha moddiy , moliyaviy, me’yoriy va boshqa resurslarning majmui bo’lib, uni amalga oshirish jarayonida barcha xodimlar faoliyatini bir maqsadga yo’naltirish, uyushtirish va muvofiqlashtirishdan iboratdir. Bunda iqtisodiy, Tehnikaviy va boshqa qonunlardan ongli ravishda foydalaniladi. Bu faoliyat marketologlardan nihoyatda katta bilim, shijoat va tuganmas mehnat talab qiluvchi murakqab tizimdir.


Marketingni boshqarish tizimining tarkibiy qismlari: maqsad tamoyillari, vazifalari, tashkiliy tuzilishi, usullari, boshqarishning Tehnika va texnologiyasi, kadrlar va boshqalardan iborat. Marketingni boshqarishning maqsadi tizimning to’g’ri va murakqabligi darajasiga qarab o’zgaradi. Uning tashkiliy tuzilishini mezoni va maqsadi deganda marketingning tarkibiy tuzilishining dinamik barqarorligi, evolyutsiya o’zgarishlari va tashqi muhit bilan o’zaro ta’siri tushuniladi. Bu maqsad marketing faoliyat ko’rsatayotgan sohalarda belgilangan darajadagi foyda olishga yo’naltirilgan barcha faoliyatni boshqarishdir.
Marketingni boshqarish jarayoni quyidigilardan tashkil topgan:

  • bozor imkoniyalarini tahlili;

  • maqsadli bozorni tanlash;

  • marketing kompleksini ishlab chiqish;

  • marketing chora-tadbirlarini xaetga tadbik etish.

Bozor imkoniyatlari tahlilida marketing tadqiqotlari marketing axboroti, marketing muhiti, bozor tuzilishi, ulgurji va chaqana savdo tahlili olib boriladi.
Maqsadli bozor tanlashda esa: talab hajmini o’lchovi, bozorni segmentlash, jarayonlari ko’rib o’tiladi.
Marketing kompleksini ishlab chiqarishda esa tovar ishlab chiqarish, tovar narxni shakllantirish, tovarlarni tarqatish usullari va sotishni rag’batlantirish, ishlab chiqarishning kommuniqativ siyosati ustida ishlar olib boriladi.
So’nggi bosqichda rejalashtirish tizimi, shuningdek, strategik rejalashtirish va marketing faoliyatini nazorat turlari, korxonaning tashkiliy tizimi kabilar to’liq yoritib beriladi.



Download 1,13 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   109




Download 1,13 Mb.