|
To’plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash
|
bet | 24/109 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #125699 |
Bog'liq portal.guldu.uz-M A R K E T I N G 3.4.To’plangan axborotlarni tahlil qilish va qayta ishlash
Marketing tadqiqotlari jarayonida olingan ma’lumotlar qayta ishlanishi, umumlashtirilishi kerak. Bunda 3 soxa ajratiladi:1
tartibga solish;
masshtablashtirish;
umumlashtirish va tahlil qilish.
Ma’lumotlarni tartibga solish ma’lumotlarni qategoriya bo’yicha, ularni taxrirlash va natijalarni kodlashtirish, shuningdek ularni toifalashtirishdan iborat. Qategoriya bo’yicha ma’lumotlarni tartibga solish oldindan berilgan shartli sinf yoki zonalar bo’yicha amalga oshiriladi.
Taxrirlash deganda ishlash imkoniyati ko’rinishga ega bo’lgan ma’lumotlarni ko’rib chiqish tushuniladi. Ko’rib chiqilgan materiallar ma’lumotlarini jalval ko’rinishila ko’rsatish ularni tabullashtirishni bildiradi.
Shqalalashtirish aniq o’lchamlari orqali aniqlash asosida ma’lumotlarni klassifiqatsiyalashni bildiradi. Amaliyotda nominal shqala, tartibli shqala va son shqalalari qo’llaniladi.
Axborotlarni qayta ishlash uchun yozma va tahliliy uslublar ishlatiladi. Marketingda tahliliy uslublar ichida ko’proq, trend tizimi, regressiya va korrelyatsiya uslubi, diskriminant tahlil, klaster tahlili, omillar tahlili va boshqalar qo’llaniladi.
Axborotni qayta ishlash, hisoblash va boshqarish uchun tayyorlash mashina Tehnikasi vositasi yordamida amlaga oshiriladi. Bajariladigan hisoblarning aniq va operativligiga qo’yiladigan talablarga qarab, shuningdek, ularning xarakteriga ko’ra hisoblash jadvallari va monogrammalar, hisoblash asboblari, hisoblash mashinalari, kompyuterlar ishlatiladi.
Qisqa xulosalar
Marketing axborot tizimi - insonlar, texnik vositalar va amalga oshirish uslublaridan tashkil topib, muhim va to’g’ri axborotni to’plash, tartibga solish, tahlil qilish, uzatish natijasida marketing soxasida qaror qabul qiluvchiga samarali yordam ko’rsatish vazifasini bajaradi. Marketing axboroti tizimi o’zaro mushtarak bog’langan elementlar va munosabatlar majmuini tashkil etadi.
Axborotni to’plash va undan foydalanish jihatlariga ko’ra axborot tizimini to’rtta quyi tizimga ajratish mumkin. Bo’lar jumlasiga tashkilot ichki hisobot tizimi, marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi, qaror qabul qilishni quvvatlovchi tizim, marketing tadqiqoti tizimi kiradi.
Marketing axborotlari birlamchi va ikkilamchi axborot turlariga bo’linadi. Birlamchi ma’lumotlarga tayinli maqsad uchun ilk bor yangidan tashkil etilgan ma’lumotlar, axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarga esa dastlabki boshqa maqsadlar uchun yig’ilgan, qayta ishlangan, turli manbalarda mavjud bo’lgan axborotlar kiradi.
Axborotni toplash uslublariga kuzatish uslubi, tanlanma kuzatish exspriment uslubi, imitatsiya uslubi, so’roq uslubi kabilar kiradi.
Axborotlarni qayta ishlash uchun yozma va tahliliy uslublar ishlatiladi. Marketingda tahliliy uslublar ichida ko’proq, trend tizimi, regressiya va korrelyatsiya uslubi, diskriminant tahlil, klaster tahlili, omillar tahlili va boshqalar qo’llaniladi.
|
| |