III- BOB. Marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash




Download 1,13 Mb.
bet21/109
Sana21.12.2023
Hajmi1,13 Mb.
#125699
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   109
Bog'liq
portal.guldu.uz-M A R K E T I N G

III- BOB. Marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash


3.1. Axborot - marketingning poydevoridir. Axborot tizimi
Zamonaviy tadbirkorlik davri o’zining bir qancha hususiyatlariga ko’ra dastlabki davrlardan ajralib turadi. Bu birinchi navbatda marketing faoliyatining nazariy va amaliy jihatdan asosiy ko’rash vositasi, rivojlanish uslubi va dasturi sifatida tobora namoyon bo’layotganligidan ko’rinmoqda.
Marketing faoliyatiga hos bo’lgan barcha axborotlar, ma’lumotlar, tadqiqotlar uchun muhim qurol sifatida shakllanadi. Ularni tashkil etish, muayyan tartibga solish va o’zluksizligini ta’minlash zarur bo’ladi. Marketing axboroti yaxlit tizim sifatida namoyon bo’ladi va rivojlanib boradi.
Marketing axborot tizimi - insonlar, texnik vositalar va amalga oshirish uslublaridan tashkil topib, muhim va to’g’ri axborotni to’plash, tartibga solish, tahlil qilish, uzatish natijasida marketing soxasida qaror qabul qiluvchiga samarali yordam ko’rsatish vazifasini bajaradi. Marketing axboroti tizimi o’zaro mushtarak bog’langan elementlar va munosabatlar majmuini tashkil etadi.
Axborotni to’plash va undan foydalanish jihatlariga ko’ra axborot tizimini to’rtta quyi tizimga ajratish mumkin. Bo’lar jumlasiga tashkilot ichki hisobot tizimi, marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi, qaror qabul qilishni quvvatlovchi tizim, marketing tadqiqotchi tizimi kiradi. Ushbu quyi tizimlarning shakllanishida axborotga bo’lgan ehtiyoj, zaruriy shakldagi va talabdagi axborotni taqdim etish tartibi va muddati muhim ahamiyat qasb etadi.
Tashkilot ichki hisoboti tizimi muayyan firma faoliyatining joriy xarajatlari, sotuv hajmi, ombordagi mahsulot qoldig’i, mavjud va kelishi kutilayotgan xaridorlar, ta’minlovchilar ko’lami va boshqa marketing faoliyatiga bog’lik bo’lgan axborotning o’z vaqtida jamlanishini, qayta ishlashini va undan foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, firma miqyosida ichki hisoboti tizimi quyidagi talablar asosida shakllanadi. Joriy yakunlanayotgan kun so’ngida firma do’konidagi savdo zalida xar bir tovar guruxi miqyosida qanday zaxiralar qoldi, bir kunda sotuv hajmi va qaysi turdagi (assortiment) tovarlar uchun ta’minlovchilarga buyurtma berish kerak va shunga o’xshash operativ axborot olish zaruriyati paydo bo’ladi. Bu erda muhim o’rinni, ushbu axborot qay tarzda, qancha vaqt mobaynida yig’ilishi, umumlashtirilishi egallaydi. Axborot olish tezligi, sifati esa qaror qabul qilishda samarali ahamiyat qasb etadi. Demak, axborotga bo’lgan ehtiyojni o’z o’rnida va aniq belgilash hamda firma faoliyatida undan foydalanish jihatlarini avvalroq belgilab olish lozim.
Marketing tashqi xabarnoma - axborot tizimi, marketing va tijorat faoliyatiga xos bo’lgan barcha olinadigan xabarlar, uslubiy ishlanmalar natijalaridan tashkil topadi. Kundalik matbuot (ro’znoma va mahsus jurnallar), ta’minotchi va iste’molchilar bilan bo’lgan muloqat natijalari, reklama e’lonlari va boshqalar bevosita xabarnomani olish manbai bo’lishi mumkin. Ushbu soxaga oid xabarlar va tahliliy ma’lumotlarga bo’lgan talab ortib borishi natijasida ayrim firmalar xatto shu sohaga ihtisoslashdilar. Masalan, AQShda “Market riserch korporeyshn of Amerika” kompaniyasi xaftalik jurnalida tovarlar bo’yicha bozordagi ulushining o’zgarishi, tovarlarning narhi va qadoqlashdagi o’zgarishlar, shartnomalar hususida axborot beradi. “A.K.Nilson kompani” nafaqat AQShda, balki Germaniyada ham o’z bo’limiga ega bo’lib, antiqa tovarlar bo’yicha bozor ulushining holati, chaqana narxlar, savdo qilayotgan yirik tashkilotlar xususida xabarlar etqazadi. Germaniyadagi “CFH” tadqiqot markazi (“CFH” kompaniyasining shu’ba korxonasi) 5000 uy ho’jaliklari iste’molidagi o’zgarishlar bo’yicha axborot beradi.
Demak, marketing tashqi xabarnoma - axborot quyi tizimi - tashkilotning marketing muhitidagi o’zgarishlar va holatlar xususida to’plangan axborot manbai bo’lib, marketing boshqaruvchilari uchun qay yo’sinda ushbu muhitga ta’sir etish imkonini beradi.
Marketing tadqiqoti quyi tizimi - tartibga solingan va to’plangan ko’rsatkichlarni amaliyotda tatbiq etish va tayinli marketing holati hususida tashkilot uchun zaruriy axborotlar, ishlanmalar yig’indisi tashkil etadi. Ushbu quyi tizim marketing xabarnoma - axboroti quyi tizimdan muayyan tashkilot uchun maxsus ishlangan, zaruriy ko’rsatkichlari va natijalari bilan farqlanadi. Ko’pgina yirik chet el firmalarida marketing tadqiqoti uchun savdo aylanishining 0,1-2 foizi miqdorida mablag’ sarflanadi. Masalan, mashhur “Prokter end Gembel” kompaniyasi xar yili 1000dan ortiq marketing tadqiqotlarini jaxondagi barcha bo’linmalari bo’yicha o’tqazadi. Xar bir mahsulot guruhi bo’yicha mutaxassislarning kundalik faoliyatlari haridorlar talabini o’rganish, tashkilot sotuv hajmini oshirish, yangi mahsulotni rejalashtirish va shu kabi muammolarni hal etish bilan bohlik bo’ladi.
Odatda marketing tadqiqotlari 5 ta yo’nalish bo’yicha amalga oshiriladi:
1.Reklamani tashkil etish tadqiqotlari.
2.Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosati (qisqa va uzoq muddatli prognozlar o’tkazish, amaliy faollik, narx siyosatidagi o’zgarishlar va korxona natijalari, bozor manzilgoxlari, operativ yalpi tahlil, tashkilot ichki muhiti tahlili, eksport bozori kuzatuvlari va x.k.)
3.Tashkilot ma’suliyati bo’yicha izlanishlar.
4.Bozor tahlili.
5.Sotuv imkoniyatlari va marketing izlanishlari (saloxiyatli bozorlarni aniqlash, bozor tarkibi tahlili, sotuv hajmi o’zgarishlari tahlili, sinov marketingi o’tkazish, sotishni rag’batlantirish tadbirlarini o’rganish bo’yicha va x.k.)1
Marketing xususida to’plangan barcha axborot va xabarlar boshqarishda qaror qilishni quvvatlovchi quyi tizim sifatida, tahliliy uslublar, ishlanmalar, qaror qabul qilish modellari, kompyuter dasturlaridan tarkib topadi. Boshqarish doirasida qabul kilinayotgan qarorlar ma’lum manbalarga tahliliy natijalarga asoslangan bo’lishi tabiiydir.


Download 1,13 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   109




Download 1,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III- BOB. Marketing faoliyatini axborot bilan ta’minlash

Download 1,13 Mb.