|
Qaror qabul qilishni quvvatlovchi quyi tizim
|
bet | 22/109 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #125699 |
Bog'liq portal.guldu.uz-M A R K E T I N G Qaror qabul qilishni quvvatlovchi quyi tizim
Statistik tahliliy uslublar banki
Regression tahlil
Korrelyatsion tahlili
Omillar taxlil
Diskriminant tahlil
“Uyalar tahlili”
“Konjayt Mesurment”
Modellar banki
Tovarlar shakli modeli
Narxni aniqlash modeli
Manzilni tanlash modeli
Mediya-miks modeli
Reklama byudjeti modeli
Marketing axboroti
Natija va qarorlar
2-rasm. Marketing xususida qaror qabul qilinishni quvvatlovchi tizimning tarkibiy tuzilishi
Yuqoridagi rasmda aks ettirilgan statistik tahliliy uslublar banki matematik uslublar bilan boyitilishini va tegishli axboroti qayta ishlash jarayonida muqammalashgan modelga aylanishi nazarda tutiladi. Modellar banki tarkiibi ushbu rasmda umumiy jihatdan keltirilgan. Amaliy faoliyatda ular ko’lami juda keng bo’lib, tashkilotda marketing faoliyatining tashkil etilish darajasi, zarurati va salohiyatiga qarab ko’p yoki qam qo’llanilishi mumkin. Hozirgi paytda, ko’plab marketing xizmatlarini taklif etuvchi firmalar tayyor holdagi modellarnikompyuter dasturlari sifatida sotmokdalar. Shu jixatdan modellar banki doimiy kengayib borish xususiyatiga ega bo’lib bormoqda.
Marketing borasida qaror qabul qilishni quvvatlovchi quyi tizimga bo’lgan zaruratning kelgusida ham ortib borishi tabiiydir. Chunki, axborot ko’lami va mikdorning nixoyat ko’pligi va uni boshqarishga sarflanadigan vaqtni tejash muhim ahamiyatga ega. Modellar banki vositasida esa axborotni qayta ishlash va qaror qabul qilishda nisbatan qam xatoga yo’l qo’yiladi.
3.2.Axborot turlari va ularni turkumlash
Marketing tadqiqoti uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar va axborotlar ko’lami juda keng bo’lib, ularni tayinli tartibga solish va zarur paytlarda ulardan foydalanish talab etadi. Dastlabki tasavvo’rga ko’ra bozor, xaridor, raqobatchi va mahsulot xususidagi barcha axborotni kerakli shaklga jamlash va amaliy faoliyatda ularga tayanib ish kurish samarali hisoblanadi.
Marketing xususidagi to’plash manbalarini shartli ravishda birlamchi va ikkilamchi turlarga bo’lish mumkin. Birlamchi ma’lumotlarga tayinli maqsad uchun ilk bor yangidan tashkil etilgan ma’lumotlar, axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarga esa dastlabki boshqa maqsadlar uchun yig’ilgan, qayta ishlangan, turli manbalarda ( jurnal, hisobot, axborot byulletenlari va x.k.) mavjud bo’lgan axborotlar kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarni to’plash manbalari tegishli tashkilotlarga taa’luqli bo’lish yoki bulmasligiga ko’ra, o’z navbatida ichki va tashqi turlarga bo’linadi.
Ichki ikkilamchi ma’lumot manbalariga tashkilotda yuritilayotgan joriy buxgalteriya, moliya va statistik hisobotlarda aks ettiriladigan ko’rsatkichlar kiradi. Jumladan, foyda va zararlar, sotib olish va sotish, tovarlar zaxiralari, iste’molchilar qo’lami va joylashuvi, narxlar hisob-kitoblar va xokozolar.
Boshqacha qilib aytganda, tashkilot o’z imkoniyatidagi hisobotlar va ma’lumotlarga tayanib, mustaqil tarzda ichki ma’lumotlar tizimini ishlab chiqadi. Amaliy faoliyatda mahsulotlarni natural va qiymat o’lchov birliklarida sotuvchi hajmi, narxlarning yil davomida o’zgarishi, xaridorlarning joylashuv xaritasi, tovar zaxiralarining o’zgarishi va shu kabi muhim ma’lumotlarni tashkilot bevosita o’zining ichki hisobot tizimi asosida aniqlaydi.
Tashqi ikilamchi ma’lumotlar tashkilot faoliyat yuritayotgan yoki yuritishi kutilayotgan bozor, mahsulot xususidagi mavjud bo’lgan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Ularning tarkibi, amaliyotda qo’llanilishi turli davlatlar tajribasida turlicha ahamiyatga ega. Masalan, AQShda tashqi ikkilamchi ma’lumotlarni umumiy jihatdan quyidagi 4 ta guruxga ajratish mumkin.1
1.Ommaviy va iqtisodiy uyushmalarning hisobotlari va xabarnomalari. Ushbu manbalar o’z mohiyatiga ko’ra ikki kichik guruxga bo’linadi.
a). Davlat muassalarining rasmiy hisobotlari. Bo’lar jumlasiga statistik yilnomalar, sharxlar va xokozolar kiradi. “AQSh bo’yicha qisqacha statistik sharx”, “Shaxarlar va okruglar bo’yicha statistik yo’riqnoma”, “Amerika sanoati istiqbollari” sharxnomasi kabilar shular jumlasidandir. “Marketing axboroti yo’riqnomasi” oylik maxsus nashr bo’lib, unda marketingga oid barcha xabarlarning qisqacha mazmuni bayon etiladi.
Ushbu turkum manbalaridan aholining o’sishi, tarkibiy demografik siljishlari, daromadlar va narxlarning o’zgarishi, yalpi iste’moldagi holat, ayrim iste’mol tovarlari taklifi, sotuvchi, iste’molchiga oid xabarlar va boshqa axborotlarni olish mumkin. Ayrim shtatlar bo’yicha esa o’zgarishlar, qo’shni shtatlar bilan qiyosiy tahlil ma’lumotlari ham ushbu manbalarda aks ettiriladi.
b). Uyushmalar va tashkilotlarning hisobotlari va ma’lumotlari. Xar bir shtat o’zining mustaqil iqtisodiy uyushmalari (assotsiatsiyalari, ittifoqlariga) ega bo’lganligi sababli, ular ham mustaqil tarzda yillik hisobot va ma’lumotlar tayyorlaydilar. Masalan, sanoat-savdo palatalari, maxsus sohalar bo’yicha (elektroniqa, sotish yo’nalishlari bo’yicha o’z a’zolari uchun axborotlarni to’pladi va umumlashtirdi. “Amerika marketing assotsiatsiyasi”, “Tadbirkorlikni rivojlantirish byurosi”, “Chaqana savdo milliy assotsiatsiyasi ” kabi tashkilotlar va boshqalar shular jumlasidandir.
2.Marketing tadqiqotlari bo’yicha ihtisoslashgan institutlar va marketing xizmati ko’rsatuvchi muassasalarning axborotlari, hisobotlari.
Ko’pgina hollarda ushbu axborot manbai tijorat axborot manbai ham deb nomlanadi. Masalan, marketing tadqiqotlari bo’yicha ihtisoslashgan institutlar: GFK, “Marketing riserch korporeyshn of Amerika”, “Simmons market riserch byuro”, “A.S.Nilsen” kabi tashkilotlarning bashorotlari, o’z muammo yo’nalishlari bo’yicha amalga oshirgan tadqiqot yakunlari, hisobotlari. Bunday ma’lumotlarning ayrimlari ommaviy tarzda barcha qiziquvchilarga arzonroq ayirboshlanadi, ayrimlari esa tegishli to’lov evaziga mahsus bajariladi va taqdim etiladi.
Masalan, “Marketing riserch korporeyshn of Amerika” firmasi oilalarning xaftalik iste’mol mollari haridi, iste’moli, ayrim chaqana savdo korxonalari faoliyati xususida axborotlar tayyorlaydi. “Simmons market riserch byuro” firmasi esa xar yili televizorlar bozoridagi o’zgarishlar, sport tovaralari, dori-darmonlarning sotuvchi xususidagi axborotlarni aholining jinsi, daromadi, yoshi bo’yicha tabaqalanishini tahliliy ma’lumotlar shaklida keltiradi.
3.Iqtisodiy matbuot, tarmoq bo’yicha jurnallar, ro’znomalar va kitoblar. Ushbu turkum axborot manbai juda keng bo’lib, undagi tahliliy ma’lumotlar tegishli tashkilotga, tadqiqotchilar guruxiga yoki aloxida shaxsga taa’lluqli bo’lishi mumkin. AQShda mashxur “Tayms”, “Fayneshnl tayms” kabi ro’znomalar, “Biznes uik”, “Forchun”, “Forbs”, “Garvard biznes revyu”, “Jornal of marketing”, “Jornal of marketing riserch”, “Advertayzing eydj”, “Seylz end marketing menejment” va boshqa shu kabi jurnallar ommaviy matbuotda marketing tadqiqotiga oid maqolalar, hisobotlarni chop qiladi. Bundan tashqari, marketing tadqiqotlarining amaliy jihatlarini aks ettiruvchi risolalar, kitoblar ommaviy matbuot manbaidan olinadigan ma’lumotlarni yanada boyitadi.
4.Tashkilotlarning ommaviy tarzda chop etiladigan ma’lumotlariga yillik balans hisobotlari, narx varaqalari, reklama jurnallari, xaridorlar uchun yo’riqnomalar va shu kabilar kiradi. Bunday manbalardan o’zaro raqobatda bo’lgan firmalar ham ko’p foydalanadilar. Chunki, unda raqobatchi firmalarning sotish hajmi, mahsulot, xizmat ko’rsatish va narx siyosati xususida zarur ma’lumotlarni olish imkoni bo’ladi.
Ma’lumki, xar bir yirik aktsionerlik jamiyati va o’ta yuqori savdo oborotiga ega bo’lgan ma’suliyati cheklangan shirqatlar yillik hisobotlarini, prospektlarini ommaviy nashr qiladilar. So’nggi yillarda ushbu tashkilotlarning umumiy falsafasi, sotish siyosati, marketing xizmatlari ma’lumotlari tabiyki, bunday hisobotlarda o’z aksini topmoqda. Shu sababli, raqobatchi tashkilot yoki firmaning aktsionerlari, xaridorlari, mijozlari uchun chiqargan prospektlari, yuriknomalari, hisobotlari bevosita tadqiqot uchun manba sifatida foydalaniladi.
Axborot olish manbalari xususida fikr yuritilganda faqatgina tegishli mamlakatda chop etiladigan axborotlargina emas, balki xorijiy matbuot, halqaro iqtisodiy-moliyaviy tashkilotlarning axborotlarini ham inobatga olmoq lozim. Masalan, AQShda nashr etiladigan Forchun, Forbs kabi jurnallarda Evropa mamlakatlari bozori xususida axborotlar, undagi o’zgarishlar, siljishlar haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Germaniyaning jaxonga mashhur bo’lgan “Xandelsblat”, “Virtshafsvoxe” iqtisodiy ro’znomalari Amerika kompaniyalari faoliyati to’g’risida hamda ularni qiziqtirayotgan bozorlar xususida ma’lumotlarni chop etiladi. Bu esa o’z navbatida, barcha qiziquvchi va tegishli bozorga ishtiyoqmand kompaniyalar uchun axborot manbai bo’lib hisoblanadi.
Jaxon iqtisodiyoti yanada shakllanayotgan va halqaro munosabatlar takomillashayotgan sharoitda halqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar: Halqaro savdo tashkiloti, Jaxon banki, Halqaro rivojlanish va rekonstruktsiya banki va shu kabilar o’zlarining yillik hisobotlarini nashr qiladilar. Bunday ma’lumotlardan halqaro bozorda faoliyat boshlayotgan va yuritayotgan kompaniyalar foydalanishlari mumkin. Masalan, tegishli bir davlatning tashqi savdo balansi, eksport-import tarkibi, sanoat, qishloq ho’jaligi ishlab chiqarish hajmi va xokozo ma’lumotlar ushbu manbalardan olinishi mumkin.
Hozirgi paytda mustaqil va yangi axborot manbai bo’lib - elektron ma’lumot banklari, “informatsion-broker” tarzidagi kompyuter vositasida yotqaziladigan ma’lumotlar tizimi shakllanmoqda. Bu ma’lumotlar kompyuter vositasida uzatilayotgan, to’planayotgan va saqlanayotganligi uchun yangi tur manbai deb sanaladi va yuqoridagilardan farq qiladi. Masalan, Germaniyada BLISS, FITT, PRODUKT kabi kompyuter uchun ma’lumotlar kabi banki “GBI” firmalar tomonidan, Buyuk Britaniyada PROMT, PTsMARS, FOREQAST, kabi ma’lumotalar banki “Informeyshn Aksel kompani” tomonidan taqdim etiladi. AQShda DIALOG, STN, ORBIT SAYRI SERVIS kabi firmalar kompyuterlar uchun ma’lumotlar bankini tuzadilar va o’z mijozlariga ayirboshlaydilar.
Kompyuterlar uchun ma’lumotlar banki ham hozirda mustaqil bozor sifatida ildam rivojlanmoqda. Hozirgi kunga kelib dunyoda 6000 dan ziyod ma’lumotlar bankining turlari yaratilgan bo’lib, so’nggi o’n yil davomida u qariyib 2 marotabaga ortdi. “Informatsion broker” tizimi marketing xususida barcha axborotlarni yig’ish, kompyuter ma’lumotlari bankiga kiritish va unga ehtiyoj sezgan tashkilotlarga yordam ko’rsatish vazifasini bajaradi. Ushbu tizimlar axborotlarni to’plash bo’yichagina emas, balki ular bankini yaratish, kompyuter dasturlariga kiritish bo’yicha ixtisoslashgan. Odatda ular kichik tashkilotlar, shaxslar uyushmasi bilan muntazam aloqada bo’lib, kompyuter dasturlarining imkoniyatlarini oshirish, ko’plab iste’molchi tashkilotlar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan.
Bizning mamlakatimizda axborot yig’ish manbalari bir muncha o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatning mavjudligi eng avvalo, marketing bo’yicha axborot olish manbalari va ushbu soha bo’yicha mutasadi tashkilotlarning tashkiliy bo’ysinish xususiyatlardan kelib chiqadi. O’zgacha jihatdan esa, ommaviy tadbirkorlikni rivojlanish darajasi, korxonalar uyushmalari, sanoat-savdo palatalari marketing xususida ma’lumotlarni yig’ish bo’yicha faoliyatlarning hozirgi holati, ularni guruxlarga ajratishda alohida yondoshishni talab qiladi.
|
| |